16.3.4.Forfeyting operatsiyalari
Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar va kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatga, juda katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni to‘lashda qo‘llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi.
Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagi kabi uch tomon ishtirok etadi. Birinchisi, mol yetkazib beruvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi, vositachi – bank yoki moliyaviy muassasa.
Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalaridan asosiy farqi sifatida ushbu operatsiyalar uzoq muddatga (6 oydan 5 – 6 yilgacha) va yirik summalarga tuzilishini ta’kidlash mumkin.
Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotib olish ma’nosida qo‘llaniladi, uni so‘ndirish tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida kelgusida yuz beradi. “a forfait” so‘zi fransuzchadan vujudga kelgan bo‘lib, “huquqdan voz kechish” ma’nosini anglatadi. Forfeytingda pul mablag‘ini olishga talabgor bo‘lgan sotuvchi o‘tkaziladigan veksel inodassamentiga81 “to‘lovni qaytarish shartisiz” so‘zini qayd etish orqali to‘lov regressidan82 o‘zini himoya qiladi. Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirik eksporterlar hisoblanib, ular vekselni to‘lov hujjati sifatida akseptlab sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning summasini diskont asosida zudlik bilan to‘lash hisobiga barcha risk va majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga (ya’ni vekseldagi summani to‘lab beruvchi va o‘zida qayd etib boruvchi bankka) o‘tkazadi.
Agar importer birinchi darajali to‘lov qobiliyatiga va yuqori moliyaviy mavqiega ega bo‘lmasa, har qanday forfetterlangan qarz summa aval83 shaklida kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bo‘lishi lozim.
Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfet krediti berilayotgan to‘liq muddatga diskont asosida forfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi. Eksporter forfet krediti bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘ziga olmaydi, faqatgina u jo‘natayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tuzilayotgan hujjatlarning qonuniyligi hamda haqoniyligini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQShning Boing samolyotini ishlab chiqaradigan kompaniya bilan yirik avikompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro oldi – sotdilarni keltirish mumkin. Chunki, boeng samolyotlarining bahosi juda yuqori bo‘lishi aviakompaniyalarga ushbu mablag‘larni birdan to‘lash imkoniyatini bermaydi, biroq o‘z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‘lovni ololmagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda muammolar vujudga keladi. Aynan shu muammo banklarning ishtirokida forfeyting operatsiyalari orqali hal etiladi. Bundan bank samolyotni sotib olgan aviakompaniyaning boeng kompaniyasi oldidagi majburiyatlarini sotib oladi (savdo trattasi, o‘tkazma yoki oddiy veksel shaklida) va to‘lovni bir yo‘la amalga oshiradi, kelgusida esa bank va aviakompaniya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga bo‘yicha asosiy summa tegishli jadval asosida, qo‘shimcha foiz to‘lovlari bilan birgalikda undirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |