O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev



Download 7,09 Mb.
bet144/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

Ochiq bozordagi siyosati. Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati – bu davlatning obligatsiyalari, xazina veksellari va boshqa qimmatli qog‘ozlarini yuridik va jismoniy shaxslarga sotishi va sotib olishi bilan bog‘liq operatsiyalaridir. Markaziy bank davlatning va o‘zining qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini pasaytiradi. Bu o‘z navbatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamlash va inflyatsiya darajasining pasayishiga olib keladi.

Markaziy bank sotilgan qimmmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish orqali muomaladagi pul massasining oshishiga va tijorat banklarining qo‘shimcha pul resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga zamin yaratadi.

Markaziy bank hozirgi kunda Davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini va o‘zining obligatsiyalarini muomalaga chiqarish orqali ochiq bozordagi operatsiyalarini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu operatsiya orqali tijorat banklarining likvidliligiga va qimmatli qog‘ozlarning foiz stavkasiga ta’sir qiladi. Markaziy bank obligatsiyalari va davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish iqtisodiyotda pul massasini kamaytiradi, ularni muomaladan qaytarib sotib olish esa teskari natijani beradi.

Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari orqali pul – kredit siyosatini amalga oshirishning samarali usullaridan biri hisoblanib, mamlakatning pul va fond bozoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, milliy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi.

Markaziy bank va hukumat tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar eng avvalo ta’minlanganligi va foizining nisbatan yuqoriligi ularning jozibadorligini oshiradi va yuridik hamda jismoniy shaxslarni sotib olishga undaydi.

Shuningdek, ushbu qimmatli qog‘ozlarga fond bozorlarida talabning yuqoriligini ta’minlashga erishish, ularni sotib oluvchilarning likvidli aktivlarining hajmini ortishiga xizmat qiladi. Shu bois, investorlarda qo‘shimcha mablag‘larga zaruriyat tug‘ilganda ularni fond bozorlarida qiyinchiliklarsiz sotish orqali talabini qondirish imkoniyatiga egadirlar.

Shu bilan birga, ochiq bozordagi operatsiyalar o‘zining zaif jihatlariga ham ega. Birinchidan, iqtisodiyotda inflyatsiyaning mavjudligi yuridik va jismoniy shaxslarda davlatning va Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga bo‘lgan manfaatdorligini tushirib yuboradi. Ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlarning qaytarish muddati yetib kelganda ularga to‘lanadigan foizlar bilan qaytarib sotib olinishi mamlakatda dastlabki pul massasini ortishiga olib keladi, qimmatli qog‘ozlarga to‘lanayotgan foizlarning hajmi tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘lsa iqtisodiyotda baho va inflyatsiya darajasining oshishiga zamin yaratadi.

Hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlardan tushgan mablag‘lar asosan davlatning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarini bajarishga va budjet taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi. Davlat budjetining taqchilligini noinflyatsion qoplash manbasi bo‘lgan qisqa muddatli obligatsiyalar (DQMO) 1996 yil mart oyidan muomalaga chiqarildi.

Markaziy bank 1998 yil yanvardan boshlab ikkilamchi bozorda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotish va sotib olish operatsiyalarini o‘tkaza boshladi71.

Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish to‘g‘risida» muvaqqat Nizom, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslar uchun obligatsiyalarini chiqarish va ular muomalasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalarni chiqarish va ular muomalasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi to‘g‘risida nizom» va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.




Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish