O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev



Download 7,09 Mb.
bet105/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

9.3. Kreditning shakllari va turlari
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin etiladi. Masalan, O‘zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditning shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo‘lsada, uning turlarini “qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq muddatli kreditlash”dan iborat ekanligini ta’kidlaydilar50, xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar ham kredit shakllari bo‘yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu bois, ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha to‘xtalishga qaror qildik.

Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat turlari va shakllari o‘rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo‘yicha (1), kreditni taqdim etish muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.

Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asosan bunday tasniflanish kredit sub’ektlari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uning e’tiborli jihati material qiymatni o‘zida aks ettirganligi bo‘lib, amaliyotda taqdim etish bilan bog‘liq holatlarni o‘zida namoyon etishi hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini ta’kidlash mumkin.

Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan bog‘liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u asosan buyum ko‘rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko‘ra, kreditning ushbu shakli antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga kelgan va rivojlangan51.

Hattoki, o‘sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” iqtisodiy kategoriyalari o‘rtasidagi bir – biriga o‘xshashlik va farqlar xususidagi ayrim fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala hozirgi kunda ham iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o‘rtasidagi munozarali holatlardan hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va “kredit” o‘rtasida jiddiy farqlar mavjud emasligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh olimlari buni inkor etishadi.

E’tiborli jihati shundaki, Rimda o‘sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” (qarz) o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlab berishga urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar shaklida kredit oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni kreditorga taqdim etishi zarur bo‘ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan bo‘lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur bo‘ladi.

Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o‘rniga shunga o‘xshash turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof etishadi. Masalan, tovar shaklida olingan bug‘doyning o‘rniga shu navdagi va miqdordagi bug‘doy yoki boshqa mahsulot bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo‘yicha ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo‘lish mumkin. Yuqorida kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o‘laroq, professor V.A.Щegorsova tahriri ostida nashrdan chiqqan darslikda52, kreditning tovar shaklida mashina, stanok va boshqa jihozlarga to‘lovni kechiktirish, ularni ijraga va hatto lizinga berish ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.

Fikrimizcha, bu yerda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o‘rtasida pul munosabatlari vujudga kelib, to‘liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo‘llanilgan, keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko‘rinishida qo‘llanilgan.

Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining tobora takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida uning pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo‘ldi. Kreditning pul shaklini vujudga kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik jihatlari xususida batafsil to‘xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. Chunki, kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. O‘z o‘rnida qarzdor ham ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda tegishli to‘lovlar asosida kreditorga pul ko‘rinishida qaytaradi.

Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo‘lganligi tufayli kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida kreditining tovar shakli o‘z o‘rnini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo‘shatib berdi.

Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning aralash shakli ham amal qiladi. Kreditning ushbu shakli uning tovar va pul shaklini o‘zida mujassam etadi. Bunda kredit tovar yoki pul shaklida berilishi mumkin, uni qaytarishda ham qarzdor olgan kreditini pul yoki tovar ko‘rinishida kreditorga qaytarishi mumkin. Aynan mana shu teskari bog‘liqlik kreditning aralash shaklini o‘zida ifoda etadi. Kreditning ayirboshlash shakliga misol sifatida tijorat kreditini keltirishimiz mumkin. Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot sotib oluvchining moliyaviy muammolari mavjud hollarda sotilgan tovarlar va xizmatlarga to‘lovni kechiktiradi, kechiktirilgan to‘lov keyinchalik qo‘shimcha to‘lov asosida amalga oshiriladi. Mazkur masala keyingi paragraflarda batafsil ko‘riladi.

Umuman olganda, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kreditning shakllari xususidagi turli fikrlarning mavjudligi mazkur masalalar ustida qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirishni davom ettirish zarurligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, kreditning shakllari uning turlarida yanayam aniqroq namoyon bo‘ladi.

Xususan, kreditning turlari bo‘yicha ham turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar o‘rtasida (xo‘jalik) krediti (1), bank krediti (2), fuqarolik (shaxslar o‘rtasidagi) kredit (3), davlat krediti (4), xalqaro kredit (5) va iste’mol kreditlari (6) mavjudligini ta’kidlaydi53.

Rossiyalik boshqa iqtisodchi olimlar bank krediti (1), xo‘jalik (tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), fuqarolar (xususiy, shaxsiy) kreditlari (5) mavjudligini e’tirof etishadi54. Yana bir taniqli iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin tahriri ostida tayyorlangan darslikda kreditning bank krediti (1), xo‘jalik (tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), ishlab chiqarish va iste’mol kreditlari (5) amal qilishi hamda bulardan tashqari kreditning bevosita va bilvosita, namoyon bo‘luvchi va yopiq, eski va yangi, asosiy va qo‘shimcha, rivojlangan va rivojlanmagan turlari mavjudligi ta’kidlanadi55. Ayrim iqtisodchilar kreditning bank, tijorat, iste’mol, davlat, xalqaro va sudxo‘rlik turlari mavjudligi xususidagi fikrlarni bayon etadi56.

Bizning fikrimizcha, kreditning turlarini aniqlashda uning sub’ektlari, ob’ekti va maqsadiga e’tibor qaratilmog‘i lozim.




Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish