O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev


Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari



Download 7,09 Mb.
bet188/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag‘larni tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog‘liq faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida guruhlash mumkin.

Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum ko‘rinishida mavjud bo‘lgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin.

Ma’lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk bilan bog‘liq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ularning daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori bo‘ladi va aksincha.

Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablag‘lari, asosiy vositalar va shunga o‘xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir.

Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bo‘lsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshirishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag‘larni daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida ta’kidlash mumkin.

Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo‘yilgan muddatli jamg‘armalarni kiritish mumkin.





Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish