O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti “maktabgacha ta’lim” fakulteti



Download 0,82 Mb.
bet42/81
Sana08.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#333187
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
МT ni boshqarish мажмуа-2020-2021 (3)

Nazorat savollari

1. Maktbgacha ta’limda pedagogik jarayonni rejalashtirishni o‘rganish


2. Maktbgacha ta’limda boshqaruv jarayoni mohiyatini yoritib bering?


3. Ta’lim sifatini boshqarish davlat tizimi.

4. Ta’limni standartlashtirish-yuqori ta’lim sifatini ta’minlash kafolati va shartini yoritib bering?


14-mavzu: Maktabgacha talim sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish.

REJA:



        1. Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari.

        2. Maktabgacha ta’limni boshqarishda turli usullardan foydalanish


Tayanch tushunchalar: har tomonlama rivojlangan, zamonaviy mexanizmlarini, yuqori malakali mutaxassislar, davlat-xususiy sheriklik, malakali pedagog


1. Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari.

«O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi va shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda», - deyilgan qaror matnida va kamchiliklar birma bir sanab berilgan.

Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. Qarorga ko‘ra belgilab qo‘yilmoqdaki, 2018 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holdayangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi:

  • zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan, faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini beg‘araz ajratish;

  • investorlarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, ayniqsa shunday muassasalarga yuqori ehtiyoj mavjud va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni, shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati;

  • investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish;

  • investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha talim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qatiy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha talim tashkilotlari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini taminlash;

  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish mexanizmlari.

2. Maktabgacha ta’limni boshqarishda turli usullardan foydalanish

Maktabgacha ta’lim tashkiloti murakkab sohalardan biri bo‘lib, uni samarali boshqarishda mudiraning o‘rni beqiyosdir.

Muassasa tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog - mudiraning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifasini to‘laqonli hal etishga qaratilgan. U mazkur muassasalardagi ta’lim-tarbiya, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Mudira jamoaga umumiy rahbarlikni amalga oshirib, muassasa zimmasidagi maqsad hamda vazifalarni e’tiborga olgan holda, unda ishchanlik, uyushqoqlik, o‘zaro hamjihatlik va hurmat muhitining qaror topishiga intiladi.

Mudira o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlar, buyruq va ko‘rsatmalarga amal qiladi, u o‘z ustida tinimsiz ishlab, rahbarlik faoliyatini, muassasadagi ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga intiladi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, o‘ziga va qo‘l ostidagi xodimlarga talabchanlik va qat’iyat mudiraga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik sub’yektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilsin. Qarorga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etilmoqda va quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  • maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo’shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish va tahlil etish;

  • maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirishga, pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, maktabgacha talimning xususiy sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o‘rganish;

  • mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘quv-tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini tahlil qilish;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini o‘rganish hamda sifat talablariga va sanitariya- gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish