14. Barcha darajadagi kadrlarni maqsadli tayyorlashni rivojlantirish hamda takomillashtirish.
15. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilishning yagona tizimini shakllantirish.
Quyidagilarni ta’lim sifatini boshqarishning umumiy funksiyalari sifatida ko’rib chiqamiz:
1. TMni rivojlantirish strategiyasini O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda rasman ta’riflangan ta’lim sifatining asosiy yo’nalishlari hamda maqsadlariga va tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilash.
2. Ta’lim sifatini loyihalash. U sifatni boshqarish jarayoniga asos bo’ladi. Bu funksiya iste’molchilarning malakali kadrlarga bo’lgan talabini muntazam o’rganish, mutaxassislar, standartlar modelini tahlil qilish negizida amalga oshiriladi. Buning uchun ta’lim sifatini tavsiflovchi muayyan ko’rsatkichlarning shakllantirilgan tizimi bo’lishi zarur. Barcha ish sifatni o’lchash va baholashning miqdoriy uslublariga asoslangan bo’lishi lozim.
3. Ta’lim sifatini monitoring qilish, ya’ni ta’lim tizimining amal qilish jarayonini muntazam kuzatish, uning ahvolini kuzatib borish. Bunday kuzatish natijalari ta’lim sifatini ob’yektiv baholash hamda pedagoglar jamoasi faoliyatining keyingi yo’nalishini prognoz qilish imkonini beradi.
4. Ta’lim sifati tizimini (sifat kafolatini) ta’minlash. Bunga boshqaruv xodimi tomonidan tashkiliy tuzilmani yaratish, majburiyatlar va mas’uliyatni taqsimlash, o’qitishning tegishli metodikalarini, texnologiyalarini tanlash, moddiy va moliyaviy zaxiralardan samarali foydalanish, pedagogik jarayonni amalga oshirish singari tadbirlar kiradi.
Shuningdek, ushbu ko’rsatkichlarning elementlar bo’yicha tarkibi ham muhim. Ayni mahalda ta’lim muassasasi boshqaruv xodimlari boshqaruv faoliyatiga xos bo’lgan ko’rsatkichlarni ham hisobga olishlari kerak. Ulardan quyidagilarni ajratib ko’rsatamiz:
«Tasniflash» blokida - boshqaruv kadrlarining:
- pedagogika, psixologiya, fiziologiya va gigiyenani (umumiy, kasbiy, yoshga oid, ijtimoiy va boshqalar);
- ta’lim jarayonini tashkil etishni;
- xodimlar va ta’lim oluvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini;
- umumta’lim, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka, kasbga, ixtisosga, bo’lg’usi mutaxassis malakasiga oid ijtimoiy me’yorlar va talablarni;
- ishlab chiqarish ta’limi va ishlab chiqarish amaliyoti talablari mazmunini;
- ta’lim muassasalarida va umuman ta’lim tizimida boshqaruvning nazariy asoslarini bilishi.
«Kasb mahorati» blokida - quyidagi sohalarda ijtimoiy-psixologik mahorat va ko’nikmalarni:
- pedagoglar, tarbiyachilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, umumkasbiy, maxsus va umumta’lim fanlari o’qituvchilarining Yagona jamoasini ularga yagona pedagogik talablar qo’yish, individual imkoniyatlarini hisobga olish va o’rganish, jamoa oldida turgan vazifalarni hal qilishda har birining rolini ko’rsatish asosida shakllantirish;
- ta’lim muassasasining jamoatchilik organlarini tuzish hamda boshqarishga ularni jalb qilish;
- muhandis-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyatini, o’zaro munosabatlarini tartibga solish, tanqid va o’zini o’zi tanqid, tartib, intizom va uyushqoqlikka qat’iy rioya etish muhimligini hisobga olgan holda ularning harakatini moslashtirish asosida tashkil qilish;
- ta’lim sifatini boshqarish maqsadlari va vazifalarini ta’riflash;
- ta’lim sifatini oshirish dasturlari va jarayonini rejalashtirish;
- ko’rsatkichlar nomenklaturasini, ta’lim sifatini o’lchash va baholash mezonlarini ishlab chiqish sohalaridagi ijtimoiy-psixologik mahorat va ko’nikmalar.
«Faoliyat unumdorligi» blokida - ta’lim oluvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlari, konkret kasbni o’zlashtirish ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi.
Rahbar malakasining yuqori darajasi-faoliyat dasturini sifatli loyihalashtirishning zarur sharti.
Keyingi yillardagi ilmiy adabiyotlarda «istiqbolni qat’iy qilib, yuqori darajada ehtimollik bilan rejalashtirib bo’lmaydi» degan fikr ko’p uchramoqda (L.Fatkin). Shu bois ta’lim muassasasi boshqaruv xodimi loyihalashtirishda taxmin qilinayotgan jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq o’rganishi va idrok etishi, ularning ko’rsatkichlar nomenklaturasini asoslashi va ishlab chiqishi kerak bo’ladi. Bu ob’yekt ko’rsatkichlarining muntazam takomillashtirilishi mahsulot va xizmatlar sifatini loyihalashtirish va ta’minlashning zarur shartlaridan biri sifatida ko’rib chiqilishi bilan bog’liq. Bunda barcha ishlar ob’yekt sifatini o’lchash va baholashning miqdoriy metodlariga tayanadi. Shu tariqa aniqlangan ta’lim muassasasi faoliyati holatining ob’yektiv ko’rsatkichlari boshqarishning tegishli tartibini tanlashda asos qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |