O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti “maktabgacha ta’lim” fakulteti


-mavzu: Sifatni total (ommaviy) boshqaruv tizimi



Download 0,82 Mb.
bet28/81
Sana08.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#333187
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
МT ni boshqarish мажмуа-2020-2021 (3)

10-mavzu: Sifatni total (ommaviy) boshqaruv tizimi.

Reja:

  1. Ta’lim sifatini loyihalashning asosiy vazifalari

  2. Ta’lim sifati tizimida kafolat

  3. Boshqaruv xodimlarining sifatini shakllantirish.

  4. OTMlarida sifat kafolatini ta’minlash omillari.


Tayanch tushunchalar: test, loyixalash, sifat, kafolat, strategiya, DTS, ta’limni rejalashtirish, loyixalash, yangi usul.
Ta’lim sifatini loyihalash. U sifatni boshqarish jarayoniga asos bo’ladi. Bu funksiya iste’molchilarning malakali kadrlarga bo’lgan talabini muntazam o’rganish, mutaxassislar, standartlar modelini tahlil qilish negizida amalga oshiriladi. Buning uchun ta’lim sifatini tavsiflovchi muayyan ko’rsatkichlarning shakllantirilgan tizimi bo’lishi zarur. Barcha ish sifatni o’lchash va baholashning miqdoriy uslublariga asoslangan bo’lishi lozim.

Ta’lim sifatini monitoring qilish, ya’ni ta’lim tizimining amal qilish jarayonini muntazam kuzatish, uning ahvolini kuzatib borish. Bunday kuzatish natijalari ta’lim sifatini ob’yektiv baholash hamda pedagoglar jamoasi faoliyatining keyingi yo’nalishini bashorat qilish imkonini beradi.

Ta’lim sifati tizimini (sifat kafolatini) ta’minlash. Bunga boshqaruv xodimi tomonidan tashkiliy tuzilmani yaratish, majburiyatlar va mas’uliyatni taqsimlash, o’qitishning tegishli metodikalarini, texnologiyalarini tanlash, moddiy va moliyaviy zaxiralardan samarali foydalanish, pedagogik jarayonni amalga oshirish singari tadbirlar kiradi. Boshqaruv xodimining mas’uliyati va rahbarlik roli sifat tizimini ta’minlashning zaruriy shartidir.

Boshqaruv xodimlarining sifatni shakllantirish omillariga ta’sirini sifatni boshqarishning muhim funksional elementlariga kiritish mumkin.

Quyida kasb-hunar ta’limi sifatini boshqarishning yo davlat darajasida yoki idoralararo va tarmoq darajasida amalga oshiriladigan ayrim jihatlari keltiriladi.

Kasb-hunar ta’limi sifatini kafolatlash - TM bilan ta’lim oluvchi o’rtasidagi bitim (kelishuv) asosida rejalashtirilgan va erishilgan natijalarni ta’minlash. Bu qabul qilingan DTS, shuningdek, natijalar va normativlarga yo’naltirilgan yondashuvlarga bog’liq.

Sifatni kafolatlash barqaror natijalarga erishishga qaratilgan siyosatga xizmat qiladi. U ta’lim oluvchi natijalarini baholash xususiyatiga ta’sir ko’rsatadi.

Sifatni kafolatlash ta’lim jarayonini shakllantiruvchi sifatlar parametri negizida yotadi.

Bugungi kunda sifatni kafolatlashga bitiruvchilarning malaka standarti talablariga muvofiqligini nazorat qilishdan ko’ra ko’proq baholash strategiyasi orqali erishiladi.

Sifatni kafolatlash TM xodimlarini ixtisoslashtirish va yuqori malakali o’qituvchilar hamda boshqaruv xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan yaxlit ta’lim jarayoni sifatini oshirish muammosini oldingi qatorga chiqaradi.

Sifatni kafolatlash sifatni boshqarishga qo’yiladigan muhim talabga aylanadi. Biroq sifatni boshqarish og’ishlarni aniqlashdan ko’ra ko’proq ularni bartaraf etishga taalluqlidir.

Sifatni boshqarish maqsadi - sifatni kafolatlash talablarini bajarish, shuningdek, ta’lim parametrlarini o’zgartirish foydasiga xalqaro va davlat, ichki hamda tashqi darajalarda miqdoriy va sifatiy baholashga ta’sir ko’rsatish vositasida faoliyat barqarorligini oshirish.

Sifatni kafolatlashda bu sohadagi xalqaro tajriba hisobga olinadi hamda milliy darajadagi ta’lim muassasalarini, shuningdek, davlat amaldorlari va boshqa manfaatdor ishtirokchilarni o’z faoliyatini xalqaro standartlar bilan qiyoslash yo’li bilan baholashga undaydi. U ishga joylashish sifatini aniqlash, ochiq-oydinlikni ta’minlash va faoliyatning xilma-xil turlarini qiyoslash uchun muhim. Shu bois, u ayni mahalda maqsad, jarayon hamda natija sifatida voqe bo’ladi.

Sifatni kafolatlash talablari ta’lim jarayonini o’zgartirishni yuksak darajada rag’batlantiradi. Sifatni kafolatlash bilimlarning faqat o’qituvchilar tomonidan berilishi strategiyasi o’rniga innovatsion ta’lim sohasidagi kashfiyotlar strategiyasiga afzallik bergan holda ta’lim jarayonini qo’llab-quvvatlaydi.

Sifatni kafolatlash sohasidagi hozirgi siyosat yangi bilim olish jarayoniga asoslanadi, bunda ushbu jarayonni belgilovchi o’quvchining pozitsiyasi faol bo’ladi. O’qitish ko’proq tadqiqotchilik faoliyati va uni yangi texnologiyaga tayangan holda qo’llanish bilan bog’liq.

Sifatni kafolatlash ta’lim olayotganlar, o’qituvchilar, shuning­dek, ta’lim sohasidagi mas’ul hokimiyat tuzilmalariga ta’limning konkret natijalarini umumiy va ochiq mehnat bozori doirasida olingan natijalar bilan qiyoslash imkonini beradi.

Davlat tomonidan tizimning manfaatdor ishtirokchilari bilan birgalikda kasb-hunar ta’limida sifatni kafolatlash tizimi joriy etilishi bilan sifatni ta’minlashning malaka standartlari asosida yangicha markazlashuvni TM darajasida markazlashuvdan chiqish talablari bilan qo’shib olib boruvchi tizim yaratildi.

Ta’lim sifatini kafolatlashni ta’minlashga institutsional yondashuv. Ta’lim sifatini kafolatlashni ta’minlashga bunday yondashuv ta’lim muassasasining tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyatini takomillashtirishga asoslangan.

O’quv rejalari va ta’limga tegishli xarajatlarni; ta’lim olayotganlarni baholash vositalari va sertifikatsiyalashni; o’qituvchilar, kuratorlarning mosligini baholashni; uskunalar va xonalarning muvofiqligini baholashni me’yoriy hujjatlar va standartlar belgilab beradi.

Butun institutsional jarayonni (ta’lim berishni rejalashtirishdan tortib uni amalga oshirishgacha) baholash uchun qator mezonlar mavjud bo’lib, konkret ta’lim muassasasining ta’lim xizmatlari bozoriga muvofiqligini ular bilan qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi:


  • o’quv rejalari, DTSda sanab o’tilgan sohalarga o’qitish nuqtai nazaridan;

  • o’qituvchilar, ma’muriy va yordamchi tarkibning yuqori kasb mahorati;

  • ta’lim jarayonining mazmunini muvofiqlashtirish va ta’lim oluvchilarni korxonalarga ishlab chiqarish amaliyotiga yo’llash uchun TMning ish beruvchilar bilan o’zaro munosabati;

  • kasb-hunar tayyorgarligi maqsadlari yo’lida uskunalarning yaroqliligini tekshirish;

  • ta’lim oluvchilarni tanlash jarayoni;

  • malaka imtihonlarini o’tkazishni tashkil qilish - bitiruvchilarni olgan ixtisosi bo’yicha ishga joylashtirish.

Institutsional yondashuvda sifatni baholash ta’lim berish tugab, bitiruvchi ishga joylashgandan keyingina (yoki ishga joylashish imkonsiz bo’lsa) to’la o’tkazilishi mumkin. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish an’anaviy metodlar bilan, ya’ni erishilgan natija rejalashtirilgan talablarga muvofiqligini yakuniy tekshirish orqali amalga oshiriladi (bunda institutsional tayyorlashda jarayonni 9000 me’yorga yo’naltirgan holda ISO standartlaridan ko’proq foydalanilishigina yangilikdir).

Natijalar sifatiga asoslangan yondashuv. Bizning davrimizda rivojlangan mamlakatlarda sifatni kafolatlash bilim asosida yondashuv orqali amalga oshiriladi.

Diqqat markazida ta’lim jarayoni emas, balki ta’lim oluvchilar namoyish etgan kasb-hunar bilimida ifodalangan natijalarni baholash turadi.

Bilimni, u qayerda egallanganidan qat’iy nazar, namoyish etish mumkin. Ushbu konsepsiyaning mohiyati bilimni baholash maqsadida uni namoyish etishdadir.

Yondashuv bilimni namoyish etishni o’quv dasturi tarkibidan ajratib turadiki, bilim ushbu dastur jarayonida egallangandir. Yondashuv:


  • individ biron-bir ishni bajarish yoki ishlab chiqarish jarayonidagi real vaziyatda natijaga erishish mahoratini namoyish etishini;

  • ta’lim berish istalgan joyda (korxonada, o’quv yurtida, jamoat tashkilotida) o’tkazilishini;

  • baholash ta’lim beriladigan joy bilan bog’liq bo’lmagan uchinchi tomondan (imtihon qiluvchi organ) bajarilishini;

  • sertifikat beruvchi tashkilot hech kimga afzallik bermagan holda barcha tomonlarning manfaatlarini teng darajada ifodalashini nazarda tutadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash.

Baholashni ta’lim tizimi strategiyasi muvofiqligining, samaradorligining va uni ro’yobga chiqarishning keyingi tahlilini maqsad qilib qo’ygan jarayon deb belgilash mumkin.

Baholashning muhimligi u yuz berayotgan o’zgarishlarni monitoring qilish, tizimning hamda uning tarkibiy qismlarining kuchli va zaif tomonlarini imkon qadar ilk bosqichda aniqlash uchun hamda ushbu tizimning samarali (samarasiz) amal qilishini, sabablari bilan birga, tavsiflash uchun xizmat qiladigan vosita ekanligidan kelib chiqadi.

Muvaqqat ko’rsatgichlar nuqtai nazaridan qaraganda, baholashdan maqsad — o’tgan faoliyatnigina emas, balki joriy faoliyatni ham baholash, shuningdek, istiqbol uchun tavsiyalar ishlab chiqishdir. Ustiga ustak, baholash turli vaqtlarda va turli mintaqalarda amal qilib turgan xilma-xil tizimlar hamda ularning tarkibiy qismlarini qiyoslash uchun muhim vositadir.

Baholash protsedurasi boshqarish hamda rejalashtirishning qudratli mexanizmidir, chunki u strategik qarorlar qabul qilayotgan shaxslarga o’zlari tanlagan narsani tashkiliy va ta’lim darajalarida tekshirishga ko’maklashadi. Baholash ta’lim tizimining umumiy rivojlanishi uchun hayotiy zarurat. Baholash auditoriya, alohida o’quvchining faoliyatini baholash doirasidan ancha tashqari chiqadi va umuman butun tizimni qamrab oladi.

Baholashdan maqsad - ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlari DTS asosida tavsiflanishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichlarning umumiy shkalasini ta’minlash. Shu ma’noda baholash jarayoni ta’lim tizimlarini qiyoslash va ularning tarkibiy qismlarini vaqt, mintaqa yoki konseptual ko’rsatgichlar bo’yicha baholash uchun zarur ma’lumotlar taqdim etadi.

Sifatni kafolatlashning yana bir jihati ta’lim oluvchilar uchun ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlashdir. Masalan, ISO standartlari va ta’lim natijalarini baholashning o’zgarib borayotgan tizimlari yordamida individual o’quv faoliyati natijalarini sifatni kafolatlashga urg’u bergan holda baholashning yangi tizimi rivojlanmoqda. Ta’lim xizmatlarining standartlarga muvofiqligini nazorat qilish va baholash bilan birga, tayyorlash ishini amalga oshirayotgan pedagog xodimlar yuqori malakali va yaxshi shakl­langanligiga ishonch ham bo’lishi zarur. Bunda sifatni boshqarish faoliyati og’ishlarni aniqlashga qaratilganidan ko’ra ko’proq sharoit yaratishga (standartlardan og’ishning oldini olishga) qaratiladi. Bu strategiya TIMSS, PISA singari va hokazo yangi milliy hamda xalqaro test tizimlarini joriy etish bilan olib boriladi.

Umumiy va kasb-hunar ta’limida markazlashtirilgan umumiy test­larni yaratish bilan birga tashqi, ichki va markazlashtirilgan baholash tizimi vujudga keladi, shuningdek, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish tizimi ta’lim berish tugaganidan keyin emas, balki ta’lim berish davrida baholashning ular uchun qulay bo’lgan doimiy tartibini joriy etish vositasida o’zgaradi. Yevropada ta’lim oluvchini rag’batlantiruvchi, shakllantiruvchi baholash tizimi deb ataluvchi eng muvaffaqiyatli baholash tizimi shotlandiyalik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Baholash tizimining diqqat markazida «musbat» yoki «manfiy» kategoriyalari orqali baholanadigan yakuniy testdan o’tkazishning pirovard natijasini nazorat qilish va baholash emas, balki ta’lim sifatini oshirish jarayoni turadi.

Monitoringga asoslangan shakllantiruvchi baholash tizimi baholashning ilmiy konsepsiyasidagi, ko’nikmalari va jarayonidagi, shuningdek, o’quv dasturlaridagi o’zgarishlarni aks ettiradi hamda o’quv jarayonini ta’limning ichki tizimida (ichki sifat) va undan tashqarida (tashqi sifat) takomillashtirish uchun foydalaniladi.

Ta’lim sifati me’yorlari - ta’lim sifatiga qo’yiladigan, jamiyat va shaxsning muayyan tuzilma va darajadagi ta’lim sifatiga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq keluvchi, aniqlangan, tan olingan va hujjatlarda qayd etilgan talablar tizimlari.

Ta’lim sifati mezonlari - ta’lim sifatining o’rnatilgan me’yorlar, talablar, etalonlar, standartlarga mosligi darajasini belgilovchi ko’rsatkichlar.

Ta’lim sifatini baholash - xususiyatlar (yo’l qo’yishlar, tavsiflar, parametrlar, munosabatlar) o’zgarishining sifatning etalon darajasini, me’yorini qayd etuvchi asos bilan nisbatini ifodalovchi o’lchov.

Ta’lim sifati monitoringi - ta’lim sifati holatini va o’zgarishlarini, uni baholash va bashoratlashni kuzatishga yo’naltirilgan majmuaviy tizim.

Ta’lim sifatini ta’minlash - ta’lim sifatini belgilangan me’yorlardan, talablardan, standartlardan past bo’lmagan darajada tutib turish; ta’lim tizimlarining hayotiy siklida amal qilishi bo’yicha belgilangan maqsadlarni ko’zlab ta’lim tizimlarida amal qilish sifatini boshqarish.

Ta’lim sifatini boshqarish - «boshqaruv sub’yekti» tomonidan ta’limdagi barcha ob’yektlar va jarayonlarga nisbatan sifatning qaror topishi, ta’minlanishi, rivojlanishi (yaxshilanishi)ni qo’llab-quvvatlash jarayonlariga ta’sir ko’rsatish hamda ular tomonidan ta’riflangan maqsadlar, me’yorlar, standartlarga muvofiq teskari aloqa (nazorat, baholash, tahlil)ni uyushtirish.

Ijtimoiy institut bo’lgan ta’limning sifat ijtimoiy me’yorlariga muvofiqligiga munosabatini boshqarish.

Baholash standartlaridan foydalanishning yana bir jihati me’yor, bu mutaxassislarni baholash bo’yicha tayyorlashdir. Bunda boshqa masalalar tug’iladi. Masalan: baholashning vazifasi nimadan iborat? Baholash maqsadlari va mazmuni bo’yicha yozma bitimlar mavjudmi? Maqsadlar aniq belgilanganmi? Baholash dasturi bosqichlarini qanday qilib aniqlash mumkin? Mezonlar to’g’ri tanlanganmi? Dastur puxta asoslanganmi? Baholashda kim ishtirok etadi? Baholash jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari bormi? Baholash natijalari zarur darajada to’liq va asoslimi? Baholash bo’yicha hisobotning «musbat» va «manfiy» tomonlari nimalardan iborat? Baholash natijalaridan foydalanuvchilarga yordam ko’rsatish rejalashtirilmoqdami? Baho ta’lim sifatini oshiradimi?

Ta’lim sifati - ta’limning rang-barang ehtiyojlarga, maqsadlarga, talablarga, me’yorlarga (standartlarga) muvozanatli muvofiqligi. Ta’limning iyerarxik uyushgan, ijtimoiy ahamiyatli muhim xususiyatlari (tavsifi, o’lchovlari)ning tizimli yig’indisi.

Mutaxassislarni tayyorlash sifati muammolari - mutaxassislar tayyorlashning (ham natija, ham jarayon sifatida) rang-barang ehtiyojlar, maqsadlar, talablar, me’yorlar, standartlarga muvozanatli muvofiqligini (muayyan ma’noda) ta’minlash maqsadida xilma-xil tabiatga ega bo’lgan hamda tadqiq qilinishini va hal etilishini talab etayotgan mutaxassislar tayyorlash sifati sohasidagi dolzarb nazariy va amaliy masalalar yig’indisi.

Ta’lim sifatini tizimli tadqiq etish - tadqiqot ob’yekti bo’lish ta’lim sifatini tarkiblashtirishning zarur darajadagi chuqurligini (ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishning konkret bosqichi uchun) ta’minlovchi tadqiqot va uning tadqiqot predmeti sifatidagi barcha jiddiy (ta’limni samarali tashkil qilish va boshqarish uchun) o’zaro aloqalarini hisobga olish.

Kadrlarni tayyorlash va raqobatbardoshligi sifatini oshirish yo’nalishlari majmui orasida mutaxassis tayyorlash sifatini to’g’ri yo’naltirish, o’lchash va baholashni tanlash alohida o’rin tutadi.

Shu maqsadda:

birinchidan, fan, texnika, texnologiya, ijtimoiy soha rivojlanishining u yoki boshqa tendensiyalarini ta’minlash uchun mutaxassislarning qanday sifat ko’rsatkichlari eng muhim;

ikkinchidan, mutaxassis tayyorlashda ham, ularning kasbiy faoliyati jarayonida ham talab etilayotgan sifat ko’rsatkichlarini qanday metodlar bilan ob’yektiv, aniq va ishonchli o’lchash hamda baholash mumkin, - degan kamida ikki savolga javob berish zarur.

Bunda mutaxassisning kasbiy sifatlarini «bilim», «malaka» va «ko’nikma» tushunchalari bilangina tasavvur qilish yetarli emasligini nazarda tutish zarur. Rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tayyorlash sifatini baholash mezonlari jumlasiga, kasbiy bilimlar bilan bir qatorda, intellektual rivojlanish, shaxsiy xususiyatlar, qobiliyatlar tavsifi ham kiritiladi. Ayni shu sifatlar mutaxassisning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda o’zini namoyon etishini ancha keng aks ettiradi.

Testlar yuqorida keltirilgan mezonlar bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashning sifat ko’rsatkichlarini o’lchash vositalaridan biri bo’lib xizmat qilishi mumkin, ular bilan o’lchash natijalari reyting orqali baholanadi.

Zamonaviy mutaxassisning sifatini o’lchash mezonlarini tanlash va shakllantirish uchun O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga ta’lim oluvchilarning tayyorlik sifatini baholash va nazorat qilish bo’yicha tegishli tartibot va mexanizmlarni joriy etish tavsiya qilinadi. Pedagogik testdan o’tkazish va reyting-nazorat shunday metodlar bo’lishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ushbu yo’nalishda 1992 yildan buyon muayyan maqsadni ko’zlab ish olib borilmoqda. Davlat test markazi tashkil qilingan, u abituriyentlarni yagona test sinovlaridan o’tkazadi, o’quvchilarning bilimi sifatini baholash hamda nazorat qilishni ishlab chiqish va takomillashtirish, ta’lim sifatini aniqlashning ishonchli va ob’yektiv mexanizmlarini ta’minlash bo’yicha tadqiqot olib boradi.

Bu jihatdan quyidagilar eng dolzarb vazifalar hisoblanadi:


  • o’lchash va baholash metodologiyasining birligini, bir darajadagi har xil ta’lim muassasalarida baholarning qiyoslanuvchanligini, ularni teng darajada talqin qilishni, shuningdek, bu baholarning chet el ta’lim muassasalari baholari bilan qiyoslanuvchanligini ta’minlovchi ta’lim sifati reyting-nazorati me­xa­nizmini ishlab chiqish;

  • o’qituvchilarni test o’tkazish va reyting-nazorat nazariyasi hamda amaliyoti masalalari bo’yicha maxsus tayyorlash;

  • ta’lim jarayoniga reyting-nazoratni samarali joriy etish uchun barcha ta’lim muassasalarini tegishli kompьyuter majmuasi va dasturiy ta’minot bilan ta’minlash;

  • reyting-nazoratga o’tish mumkin bo’lgan Davlat ta’lim standartlarini, o’quv rejalarini va dasturlarini ishlab chiqish.

Abituriyentlarni ob’yektiv tanlash oliy ta’lim sifatini oshirishning ta’sirchan mexanizmi hamda omilidir. Bu nafaqat oliy ta’lim sifatining, balki uzluksiz va uzviy jarayon bo’lgan butun ta’lim tizimining ham muammosidir. Shu sababli unga batafsil to’xtalamiz.

Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy: «Har bir avlod to’plangan tajribani keyingi avlodga qoldiradi, u esa bu tajribani yanada rivojlantiradi va boyitadi», - deb yozgandi. Anchadan buyon yetilib kelayotgan va vaqti-vaqti bilan keskinlashayotgan ta’lim tizimiga, jumladan, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda test o’tkazish metodini joriy etish, shuningdek, uni takomillashtirishga yondashish imkoniyatlari to’g’risida gap ayni shu nuqtai nazardan boradi.

Bu muammo sof ilmiy yoki utilitar (amaliy) ahamiyatga ega bo’libgina qolmay, mubolag’asiz aytish mumkinki, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat ham kasb etadi va amalda mamlakatning barcha fuqarolariga taalluqlidir. Chunki ushbu sohada ish qanday yo’lga qo’yilganligi kadrlar tayyorlash sifatida, pirovard natijada esa, shaxsni shakllantirish, o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda jiddiy aks etadi.

Nazarimizda, hozirgi paytda test o’tkazishni tashkil qilish va uning tartibining o’zida, ayniqsa, test sinovlari mazmunida (ham ichki, ham tashqi xususiyatlarga ega) ko’plab savollar yig’ilib qolganki, ushbu ta’limiy-ijtimoiy hodisani takomillashtirish uchun ularni tahlil qilish hamda maqbul qaror qabul qilish zarur.

Mualliflarning ushbu muammo bo’yicha ko’pgina pozitsiyalari, tabiiyki, munozarali bo’lib, keng ravishda asoslanishi hamda faktik ma’lumotlar bilan tasdiqlanishi darkor. Biroq Amir Temur faoliya­tining, uning hayotiy pozitsiyasining «Kuch - adolatdadir» degan shiorini oliy o’quv muassasalariga abituriyentlarni testdan foydalanib tanlash amaliyotiga to’liq ravishda tatbiq etish mumkin.

Gapni Oliy ta’lim muassasalariga test orqali tanlash yoshlarning o’qishga munosabatini tubdan o’zgartirdi, katta ijtimoiy adolatni ta’minladi va umuman olganda, respublikada ta’limni isloh qilish jarayonlariga, umuman kadr tayyorlashga ijobiy ta’sir qildi, degan umumiy ta’kidlashdan boshlamoq darkor.

Aynan islohotlarning keng ko’lamliligi, teranligi, Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturi ilmiy asoslanganligi hamda prognoz qilinuvchanligi, uni bajarish choralari jamiyatda zamonaviy ta’limning komil shaxsni shakllantirishga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan yuksak qadriyatlarini yuksak darajada tushunishni yuzaga keltirdi.

Jamiyatda o’z siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lini ro’yobga chiqarish bilan bog’liq strategik o’zgarishlar Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturini amalga oshirish choralari respublikada yoshlar, kadrlar buyurtmachisi - davlat tuzilmalari hamda

Mualliflar O’zbekistonda test o’tkazish metodining qaror topishi va rivojlanishi tarixi bo’yicha materialni tayyorlashda Davlat test markazi (DTM)ning rasmiy axborotidan hamda «Axborotnoma», «Vestnik» va «Xabarnoma» jurnallarida chop etilgan maqolalardan foydalanishgan.

Oliy ta’lim muassasalarida o’qish uchun berilgan arizalar keskin ko’payganligi jamiyat, yoshlar tomonidan izchil, maqsadga yo’naltirilgan davlat siyosati shakllantirgan yangi yuksak qadriyatlarning anglanishi natijasidir. Ushbu siyosatni amalga oshirish mexanizm­lari qatorida abituriyentlarni adolatli tanlashni ta’minlovchi, ob’yektiv test sinovlari tartibidan foydalanish ham bor.

Tanlashning ayni mazkur tartibi poraxo’rlik, tanish-bilishchilik, «telefon huquqi» va boshqa salbiy hodisalarni bartaraf etishni ta’minladi, qabul jarayoni va natijalarining ota-onalar, abituriyentlar, ta’lim sohasi xodimlarining o’zlari tomonidan idrok etilishi uchun qulay psixologik iqlimni yaratdi.

Oliy ta’lim muassasalariga test yordamida tanlash tizimining asosiy xususiyatlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Test tizimini ishlab chiqishga 1993 yilda kirishgandik. Dastlab qabul qilingan ikki variantli, 1995 yildan esa uch variantli testdan o’tkazish, ijobiy xususiyatlar bilan birga, bir qator jiddiy kamchiliklarga ham ega ekanligini hamma tan olgandi. Ulardan yaqqol ko’rinib turgani va sezilgani maxfiylik talablariga javob bermasligi bo’ldi. Test topshiriqlari bankini boshqaruv tizimining qudratli vositalaridan foydalanmay saqlash ishni murakkablashtiradi hamda variantlarni avtomatik tarzda jamg’arish imkoniyatini to’liq istisno etadi.

Variantlarni avtomatlashtirilmagan taqqoslash savolnoma-daftarlar tuzish jarayonini murakkablashtirar va ko’p variantli tizim bo’yicha test o’tkazish imkonini amalda istisno etardi. Bunda har bir variantning ham murakkablik darajasi bo’yicha, ham har bir o’quv fanining bo’limlarini qamrab olish bo’yicha teng qimmatliligiga erishish favqulodda murakkab va mashaqqatli edi.

Ayni shu kamchilikni tez tugatishning uddasidan chiqildi, chunki u DTMni va uning filiallarini texnika bilan yuqori darajada jihozlash, shuningdek, fanlar bo’yicha mutaxassislarni keng jalb etish bilan bog’liq edi. Bu davrda test tizimi tuzilmasi yangicha ko’rinish kasb etish, bir necha kichik tizimlarni: test topshiriqlari bazasi bilan ishlash va variantlarni chop etish; fanlarni joriy etish; variantlarni avtomatik ishlab chiqish; javob varaqlarini test bo’yicha ishlagandan so’ng elektron axborot almashish tizimi bo’yicha belgilangan shakllarda axborot to’plash; test natijalarini statistik tahlil qilish va hokazolarni o’z ichiga olgandi.

Shunday qilib, 1998 yilga kelib test texnologiyasining alohida bo’g’inlari (o’qitiladigan ixtisoslar va tillar bo’yicha variantlardan tortib test natijalarini ishlashgacha) avtomatlashtirildi.

Maxsus kompьyuter dasturlari DTMni avtomatlashtirishning integratsiyalashgan tizimi bazasini yaratish imkonini berdi. Jumladan, har bir oliy ta’lim muassasasida mavjud bo’lgan va DTM bilan modem orqali bog’langan ABS - abitur uchun tizim va kompьyuter dasturlari joriy etildi.

Amalga oshirilgan ishlar qabul komissiyalari faoliyati hamda abituriyentlarning asosiy miqdoriy parametrlari to’g’risida tizimli ravishda va operativ axborot olish imkonini berdi. ABS - abitur yordamida abituriyentlar guruhini biron-bir belgisiga ko’ra shakllantirish, rahbarlar va kuzatuvchilarni auditoriyalar bo’yicha taqsimlash imkoniyati paydo bo’ldi.

Test varaqlari (abituriyentlar javoblari) hisoblab chiqish uchun avtomatlashtirilgan tizimga kelib tushardi, unda axborot maxsus dastur bo’yicha, ma’lumotlar bazasi va ochqichlar asosida ko’p variant­li tizim bo’yicha ob’yektiv ishlanardi. Bundan tashqari test topshiriqlari sifat ko’rsatkichlarini hisoblash uchun maxsus dasturlar ham ishlab chiqilgandi.

Fanni (uning bo’limlari va boblarini) bilish, uning mustaqilligi mezonlari asosida variantlar sintezi tuzilmasi hamda algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu tuzilma negizida ko’p variantli tizim bo’yicha test o’tkazish uchun variantlarni avtomatik ishlab chiqish kompleks dasturi yaratildi. Bunda ma’lumotlar bazasida har bir test topshirig’i pasportlashtirildi hamda fanlar bo’limlari (boblari) va testlarning murakkablik darajasiga muvofiq kodlandi.

Shunday qilib, ko’p variantli tizimda yuqori darajada maxfiylik variantlarni sintezlash bo’yicha kompyuter texnologiyasi, har bir abituriyent uchun variantni ta’lim yo’nalishi, o’qitish tili, shuningdek, javob varaqlarini boshdan oxirigacha shifrlash va kodlash maxsus dasturlariga muvofiq individuallashtirish ta’minlandi.

Ko’p variantli test tizimini amalga oshirishning asosiy komponenti va zarur sharti yoshlarning bilim darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini va intellektual rivojlanishini ob’yektiv baholashni ta’minlaydigan yuqori sifatli test topshiriqlari hajmiy bankini yaratish ekanligi aniq.

Olimlar, tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladigan bunday ma’lumotlar bazasi yildan-yilga ortib va takomillashib bordi. Masalan, 2000 yilda bankni shakllantirishda ma’lumotlar bazasida yuz mingdan ziyod test topshiriqlari bor edi. Test topshiriqlarining «Axborotnoma», «Vestnik» va «Xabarnoma» jurnallarida e’lon qilinishi (test topshiriqlarining e’lon qilinishini ko’pchilik mutaxassislar ma’qullashmaydi, bu haqda quyida gapiramiz) ular keng ravishda sinovdan o’tkazilishiga ko’maklashdi.

O’quvchilarning bilimini baholashning aniqligi va ob’yektivligini oshirish maqsadida test topshiriqlari banki qayta ishlandi, yangilanib, yangi topshiriq bilan to’ldirib borildi. Test topshiriqlari bankini shakllantirishda an’anaga aylangan «eng yaxshi pedagogik testlar muallifi» tanlovi katta rol o’ynaydi. 2002 yilda 350 dan ziyod pedagog tanlovda qatnashdi, unda talabalar ham, o’quvchilar ham ishtirok etishadi.

Tanlash mexanizmini takomillashtirishdagi navbatdagi qadam — test topshiriqlarining e’lon qilinmagan qismidan foydalanish bo’lib, bu test tizimining filьtrlash qobiliyatini oshiradi. Barcha variantlar va barcha fanlar bo’yicha bunday topshiriqlarni berish amaliyotidan foydalaniladi.

TM bitiruvchilarini avvalgi yillar savollar kitobi va javob varaqlari asosida testdan o’tishga tayyorlash maqsadida mashq tariqasida test o’tkazildi. Buning natijasida ko’plab bitiruvchilar test texnologiyasini o’zlashtirishdi. Urganch, Buxoro, Farg’ona, Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida Toshkent aloqa elektrotexnika instituti va «Iste’dod» jamg’armasining kompьyuter sinflari negizida joriy etilgan olisdan turib test o’tkazish tizimi ish boshlagani ham ushbu masalani hal etishda ko’maklashdi.

Masofadan turib test o’tkazish tizimi variantlar ishlab chiqiladigan hamda ochqichlar turadigan DTMdagi asosiy server bilan bog’langan.

Viloyatlar va oliy o’quv yurtlaridagi kompьyuter sinflari bosh server bilan bog’langan, unda robot-avtomat kompьyuter dasturi test topshiriqlari variantlarini ishlab chiqadi va aloqa yo’li orqali jo’natadi, so’ng test natijalarini olib, ularga ishlov beradi va 2-3 daqiqadan so’ng har bir bitiruvchi test o’tkazilgan fanlardan olingan ballar bo’yicha ko’chirma oladi.

Amalda test seansi va uning natijasi o’quvchilarning ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bilimlari darajasini operativ baholash imkonini beradi hamda abituriyentlarga o’tgan yillardagi o’tish ballarini hisobga olgan holda ixtisos va oliy o’quv yurtini tanlash imkoniyatini yaratadi.

Test natijalari e’lon qilinganidan so’ng DTM oliy o’quv yurtlariga kirolmagan abituriyentlarga javob varag’i, savollar kitobi bilan hamda har bir test bloki bo’yicha test topshiriqlarini bajarishdagi xatolar bilan tanishish imkoniyatini berib, ular bilan katta ish olib boradi.

Yuqorida bayon etilganlardan ko’rinishicha, test joriy etilgandan buyon o’tgan davr ichida DTMning asosiy e’tibori testning maxfiyligini ta’minlashga, test topshiriqlarining variativligini oshirishga va mazmunini takomillashtirishga, butun test jarayonining tashkiliy tartibga keltirilishini, texnika va zaxiralar bilan ta’minlanishini yaxshilashga yo’naltirildi. DTMning o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalariga abituriyent tanlashda test metodidan foydalanishi tegishli bosqichda to’g’ri bo’lgan va o’zini oqlagandi.

Biroq, kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modeliga muvofiq isloh qilishning hozirgi bosqichi test sinovlaridan foydalanish metodologiyasi, metodikasi va amaliyotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish uni takomillashtirishni qat’iyan zarurligini taqozo etmoqda.

Test texnologiyasidan foydalanishda oliy ta’lim muassasasiga abituriyentlarni tanlash jarayonini takomillashtirish yo’llari, bizningcha, qanday?

Birinchidan, test sinovlaridan ta’lim jarayonida o’quvchilar bilimini baholashning ob’yektiv mezoni va abituriyentlarni tanlash metodi sifatida so’zsiz foydalanish darkor. Biroq, testlarning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish zarurati yetildi. Test topshiriqlarining bir, xildaligi tor yo’nalishdaliligi savol tug’diradi, ularning ko’pi respondentlarning xabardorligiga, xotirasiga mo’ljallangan. Mantiqiy fikrlash, umumiy intellektual qobiliyatlar orqali javob topishga erishish bo’yicha topshiriqlar salmog’i ko’payishi darkor.

Bundan kelib chiqadiki, test sinovlarini takomillashtirish yo’llaridan biri — ularning mazmunini tubdan qayta ishlash, materialni taqdim qilishni yangi metodologiya va mantiq bilan to’ldirish, xotirani baholashga emas, balki mustaqil fikrlashga, individiumning umumta’lim tayyorgarligini baholashga, o’z nuqtai nazarini ifodalash va himoya qilish imkoniyatiga yo’naltirilganligi va h.k.

Ikkinchidan, abituriyentlar hozirgi tanlash tartibida jarayonlar va hodisalarga o’z qarashlarini, ular borasidagi fikrlarini (yozma yoki og’zaki) izhor etish imkoniyatidan mahrumdirlar, bu hol yozma va og’zaki nutqning, o’z nuqtai nazarini himoya qilish qobiliya­tining, fikrlarini bayon qilish ko’nikmalarini shakllantirishning, mustaqil ijodiy fikrlashning rivojlanishini jiddiy pasaytiradi.

Shuning uchun (abituriyentlarni tanlashning asosiy, biroq yagona bo’lmagan mezoni bo’lmish) test sinovlaridan tashqari, ulardan keyin majburiy yozma imtihonni (bayon, insho, diktant tarzida - bu muhokama qilinadigan masala) joriy etish zarur, deb hisoblaymiz.

Bu, bir tomondan, muayyan oliy o’quv yurtiga abituriyentlarni kasbiy yo’naltirilgan holda tanlashni amalga oshirish, boshqa tomondan esa - ularning tegishli bilim sohalaridagi qobiliyatlarini (bilimlari, malakalari, ko’nikmalarini) to’liq ochish imkonini yaratbdi.

Uchinchidan, abituriyentlarni faqat test sinovlari natijalari bo’yicha tanlashning cheklanganligi va TM, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarining «o’zlashtirish reytingi» hisobga olinmasligi umumta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o’quvchilarni umumta’lim, yaxlit tayyorlashning ahamiya­tini pasaytiradi.

Shu munosabat bilan umumta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish to’g’risidagi masalani qo’yish qonuniy bo’ladi. O’quvchilarning bilimlarini «soha fanlari bo’yicha» takomillashtirishga yo’naltirilganlik umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modelida belgilangan hamda Davlat ta’lim standartlari bilan qat’iy tartibga solingan «Fanlar asoslari bo’yicha tizimli bilim olish, bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish, tayanch o’quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar, mehnat ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, atrof olamga va kasb tanlashga anglab munosabatda bo’lishni shakllantirish» to’g’risidagi bosh maqsadli ko’rsatmasini amalda susaytiradi.

Shuning uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda o’quvchilarning reytingini hisobga olish amaliyotini qo’llashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu muayyan darajada va tegishli shart­larga rioya qilinganda, o’quvchilar ta’lim dasturlarining yaxlit mazmunini o’zlashtirishini, Davlat ta’lim standarti bajarilishini ta’minlash imkonini yaratishini alohida ta’kidlaymiz.

To’rtinchidan, test o’tkazishni TM, kollej va litseylarga ko’chirish, ularni yakuniy attestatsiya sinovlari tartibiga kiritish, natijalari bo’yicha bitiruvchilarga ularning umumta’lim reytingini ko’rsatgan holda sertifikat berish masalasini muhokama qilish maqsadga muvofiq. Bu oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda test o’tkazish, uni tashkil qilish tartibini, reyting mazmuni va uning natijalarini hisobga olish istiqbolini batafsil ishlab chiqishni talab etishi mutlaqo tabiiydir.

Quyidagilarni reytingdan foydalanish va uni hisobga olishning mumkin bo’lgan varianti, deb hisoblash mumkin. Oliy ta’lim muassasalari marketing tadqiqotlari, attestatsiya natijalari, o’tgan qabul kampaniyasi tajribalari hamda davlat va jamiyatning istiqbol ehtiyojlarini o’rganish asosida muayyan oliy o’quv yurtiga (bakalavriat va magistratura ixtisoslari yo’nalishlari bo’yicha) qabul reytinglarini e’lon qiladiki, reytingi bundan past bo’lganlarning hujjatlarini ushbu oliy o’quv yurtiga qabul qilish imkoni bo’lmay qolishi mumkin. Abituriyentlar o’zlarining (sertifikatlarda qayd etilgan) reytinglarini hisobga olgan holda bundan buyongi ta’lim yo’lini maqsadni ko’zlab tanlaydilar va tanlashning qolgan tartibotlarini bevosita oliy ta’lim muassasalarida o’taydilar.

Shunday qilib, test sinovlarini takomillashtirib hamda ularning natijalarini oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun asos deb hisoblab, TM, kasb-hunar kollejlari yoki akademik litseylar bitiruvchisining yozma (og’zaki) imtihoni va DTS o’zlashtirilishi natijalarining reytingini ham hisobga olish maqsadga muvofiq. Mutaxassislar tomonidan abituriyentlar tanlash jarayoni va tartibini takomillashtirishga doir yondashuvlar, ularning mexanizmlari taklif qilinishi mumkin va lozim.

Xususan, yuqorida keltirilgan takliflar, bundan keyin ham shu kabi taklif va tavsiyalarning bildirilishi tabiiy holdir. Maqsad, barcha harakatlarning pirovard natijasi TMga eng loyiq, bilimli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish hamda shu orqali yetuk mutaxassis, barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat bo’lishi lozim.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish