Boshlang’ich bosqich – o’quvchilar bilan ularning yoshiga mos, tushunarli, ijodiy yo’sindagi tayyorgarlik ishlarini olib borishdir. Ana shu ishlar orqali oyinlar o’quvchilarda o’z xalqining tarixiga, an'analariga: xalq ijodiga, shu jumladan, oyinlariga, o’zbek xalqining qahramonona, inqilobiy o’tmishiga qiziqish hamda mehnatga hurmat va muhabbat uyg’otishi lozim. Shuningdek, ularda respublikamizning mehnatdagi yutuqlari bilan faxrlanish hissini; xalq yaratgan go’zal narsalarga muhabbat tuyg’usini, tabiatdagi boyliklarni qo’riqlash ehtiyojini tarkib toptirish zarur.
Asosiy bosqich – bolalarni bevosita oyinga tayyorlash, oyin jarayonida bolalarning har xil oyin faoliyatini boshqarishi, uyga vazifa berish va hokazolardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |