O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlig farg`ona davlat universiteti ijtimoiy – iqtisodiy fakulteti



Download 0,53 Mb.
bet13/14
Sana26.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#471597
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ahliddin to‘liq

2.1. Transaksion xarajatlar:
Tranzaktsiya xarajatlari institutsional iqtisodiyotning asosiy tushunchaidir. Institutlar, shartnomalar va biznes amaliyotlari tranzaksiya xarajatlariga reaktsiya bo'lib turadi. Institutsional iqtisodiyot qiyosiy yondashuvdan foydalanadi, turli institutsional echimlarni qo'llaydi, ular tranzaksiya xarajatlarini tejashning nuqtai nazaridan turli institutsional echimlarni taqqoslaydi. Bo'limda bozor bitimi bo'yicha asosiy turar joylar muhokama qilinadi va ularning iqtisodiyotining iqtisodiy amaliyotida batafsil tushuntiriladi. Shartnomani, xususiy va hukumat shartnomasini himoya qilish mexanizmlarini, ularning imkoniyatlari va iqtisodiyotda almashishni davom ettirish xarajatlarini himoya qilish xarajatlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Kapital - nemischa Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.). Kapitalning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul Kapitalga aylanadi. Kapital ko'p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul Kapital i (sarmoya) — ashyoviy Kapital sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul Kapitalga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada Kapital ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. Kapital sanoat Kapitali, savdo Kapitali, ssuda Kapitali, sudxoʻrlik Kapitali (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida K.ning korxona, firma, banklar. Kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik Kapitali, zahira Kapitali, ustav Kapital singari ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli K.dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi.
Naflilik chegarasi- moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflilik darajasi — subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning Naflilik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. Mac, buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2-marta ortsa, uning nafliligi 2-marta ortib, oldingisiga nisbatan 2-marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning Naflilik darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy Naflilik — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy Naflilik tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil boʻlganda Naflilik pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni haridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi Naflilik uni tutib turadi.
Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng, harid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, harid narxining cheklanganligi tufayli haridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu Naflilikning yuqori nuqtasi (maksimizatsiyasi) deyiladi.
Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki Naflilikning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan (hisobga olingan) meʼyoriy Naflilik deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning Naflilik juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obʼyektiv va subʼyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha Naflilik nazariyalari paydo boʻldi. Naflilik muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni Naflilikga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obʼyektiv Naflilikni yoki subʼyektiv Naflilikni (uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni) hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obʼyektiv Naflilik va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida kadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obʼyektiv qadr-qimmatining, obʼyektiv Naflilik va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subʼyektiv ahamiyatidir.
Xulosa
Jamiyat o’z rivojlanish jarayonida bir necha xil ishlab chiqarish usullarini bosib o’tdi. Lekin birortasi bozor iqtisodiyotini chetlab o’ta olmadi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti kabi samarali usulning muqobil turi kashf etilgan emas. Uning mohiyati, vazifalari haqida iqtisodchilar ko’plab asarlar yaratganlar. 

Buyuk ingliz iqtisodchisi, «Siyosiy iqtisod» fanining «otasi» Adam Smit «Tabiat va aholining boyligini tahlil qilish» L.Valrans «Sof siyosiy iqtisodning elementlari» asarlarida bozor iqtisodiyotining mohiyati va vazifalarini ma’lum darajada ochib berganlar. Adam Smit bozor iqtisodiyotining vujudga kelish sabalaridan biri sub’ektiv omil deb, bu omil kishilarning almashishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqadi, deb hisoblagan. 


Ob’ektiv sabab esa resurslarning cheklanganligi va kishilar ehtiyojning cheksizligidir deb hisoblagan.
Sobiq Ittifoqda uzoq vaqt mobaynida ishlab chiqarish vositalarining harakati moddiy texnika ta’minoti shaklida yuz berib keldi. Moddiy texnika ta’minoti bu ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni bir-biriga biriktirib qo’yish asosida resurslarni markazlashgan tartibda rejali sur’atda taqsimlashdir. Bunday sharoitda erkin raqobat, resurslarni tejash uchun hech qanday shart-sharoit bo’lmagan. Xo’jaliklarni rag’batlantirish sust bo’lgan. Boqimandalik kayfiyatining kuchayishi natijasida xo’jalik izdan chiqqan. Bunday hol esa, sobiq ittifoq respublikalaridagi kishilar turmush darajasining bozor iqtisodiy sharoitida yashayotgan davlatlardagiga nisbatan ancha orqada qolishiga sabab bo’lgan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish O’zbekiston uchun ham muhim ahamiyatga ega. Buni Prezidentimiz I.A.Кarimov ham o’zining «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li» asarida ta’kidlab o’tgan: «Respublikaning bozor munosabatlariga o’tishida, o’z yo’lidan izchillik bilan borishi demokratik o’zgarishlar, respublikani, rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish uning xalqaro obro’-e’tiborini mustahkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi», - degan edi19. Demak, bozor iqtisodiyotiga o’tish tarixiy zaruriyat tufayli muqarrar bo’lib qolgan.
Respublika iqtisodiyotining bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi asosida rivojlanishi tufayli 2007-2008 yillar ichida aholining daromadlari 30,2 foizga ko’payib, 16872,7 mlrd so’mni tashkil etadi. Shu davr ichida aholining pul harajatlari va jamg’armalari ham 30,7 foizga ko’payib 16572,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. Shu davr ichida pul harajatlari va jamg’armalari jon boshiga 30,1 foizga, korxonalardan olinayotgan o’rtacha ish haqi va boshqa daromadlar 40,5 foizga20 ko’paygan.
Bozor nima? – bozor tushunchasi, jamiyatning rivojlanishi bilan har xil ta’riflangan. Dastlab bozor deganda chakana savdo amalga oshadigan joy tushunilgan. So’ngra bozor deganda ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni uchratadigan joy tushunila boshlandi. Hozirgi kunda bozorni quyidagicha ta’riflash mumkin: Bozor tovar ishlab chiqarish va muomala qonuni asosida tashkil etilgan ayirboshlash, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida tovar-pul munosabatlari asosida amalga oshadigan murakkab mexanizmdir. Bozor iqtisodiyotining mohiyatini anglash uchun uning asosiy belgilarini ko’rib chiqamiz. 
Bozor iqtisodiyotiga erkinlik xos bo’lib, uni mulkchilik shakli ta’minlaydi. Bunda iqtisodiyotda xususiy mulk, jamoalar mulki va davlat mulki mavjud bo’lib, u yoki bu mulkning monopoliyasi bo’lmaydi.
Barcha mulklar teng, ular cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulkchilikning asosini xususiy mulk tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat erkin amalga oshadi, bir-birlari bilan olib boriladigan iqtisodiy aloqalar ham erkin bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagina raqobat kurashi amal qiladi. Bozor iqtisodiyotida faqat raqobat emas, manfaatlar uyg’unlashgan sharoitda hamkorlik ham yuz beradi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish