O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlig farg`ona davlat universiteti ijtimoiy – iqtisodiy fakulteti



Download 0,53 Mb.
bet12/14
Sana26.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#471597
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ahliddin to‘liq

Mehnat unumdorligi: ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.
Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir.
Natural xo’jalik: Oʻz ehtiyojlarini oʻzi yaratgan mahsulot va xizmatlar bilan qondiradigan xoʻjalik. Natural xoʻjalik qoʻl mehnatiga asoslanadi, mehnat unumdorligi past boʻlgan koʻhna mehnat qurollari ishlatiladi. Natural xoʻjalikning kengayishi yangi resurslarni jalb etish, Mas, yangi yerlarni ochib, ekin maydonlarini kengaytirish, mollar sonini koʻpaytirish, ishlovchilar sonini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Natural xoʻjalik sharoitidagi iqtisodiy munosabatlar ham sodda boʻladi, ular uzok, vaqt, hatto asrlar davomida, hech bir oʻzgarishsiz saqlanib qoladi. Mac, Oʻrta Osiyoda yerlarni ogʻzaki kelishuv asosida ija-raga berish, ijara haqini hosilning bir qismidan olish, hosildan kafsan tarqatish kabi munosabatlar uzoq saqlangan. Natural xoʻjalikning eng muhim belgisi uning bozordan ajralgan boʻlishidir.
Bu xoʻjaliqda pul munosabati boʻlmaydi, yaratilgan mahsulotni xoʻjalikning oʻzi xonaki qayta ishlaydi. Mas, natural chorvador xoʻjaligida jundan matolar, gilam, palos va kigizlar, teridan esa oyoq kiyimlari, poʻstin tayyorlanadi. Natural xoʻjalik ibtidoiy davr va oʻrta asrlarda rivoj topgan. Tovar xoʻjaligiga asoslangan bozor munosabatlariga oʻtilgach, u oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Natural xoʻjalik miqyosini qisqartiradi, soʻngra amalda toʻliq siqib chiqa-radi. Lekin uning ayrim unsurlari jahon iqtisodiyotida saqlanib kelmoq-da. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda uning ahamiyati katta emas Aholi turmush darajasi past, ilmiy-texnika potensiali yuqori boʻlmagan, ij-timoiyiqtisodiy munosabatlar rivojlanmagan mamlakatlarda Natural xoʻjalik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, uy-joy qurilishi, hunarmandchilik va boshqalarda ham muayyan rol oʻynab kelmoqda.
Natural xoʻjalikning ayrim koʻrinishlari 21-asr boshlarida ham Osiyoning togʻli hududlarida, Afrika va Lotin Amerikasining (Amazonka) oʻrmonzor va chakalakzorlarida ovchilik va terimchilik bilan shugʻullanadigan qabilalarda saqlanib qolgan.
Barter: muoʼvaza — valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash; muayyan tovar (tovarlar) miqdorining qiymati boʻyicha muqobil boʻlgan boshqa tovar miqdoriga almashtirish shartnomasi. Koʻproq rivojlanmagan tovar munosabatlari, oʻtish davri uchun xos boʻlgan kelishuv. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi erkin konvertirlanadigan (almashtiriladigan) valyuta kursi barqaror boʻlmagan, valyuta zaxiralari chegaralangan sharoitda jahonning koʻpgina mamlakatlarida qoʻllanildi va u xalqaro savdo hamda boshqa iqtisodiy munosabatlarda keng tarqaldi. Barterning bevosita ayirboshlash, kompensatsiyali kelishuvlar, kliring kabi shakllari mavjud. Tashqi savdoda Barter bitimi koʻproq qoʻllanadi. 90-yillar boshidan mamlakat ichkarisida ham korxonalar oʻrtasida ancha keng tarqaldi. Barter bitimiga binoan kelishgan tomonlar oʻz tovarlarini maʼlum narxda baholaydilar. Bu narx ayirboshlashning teng boʻlishini, tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha sarf-harajatlarni oʻz ichiga oladi. Bir tomon ikkinchisiga qarzdor boʻlib qolsa, u oʻz qarzini valyuta bilan emas, balki tovarlar bilan uzadi. Tovar qiymatlarining tengligi jahon bozori narxlari orqali taʼminlanadi. Barter bitimlari ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama boʻlishi mumkin.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish