O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziligi


  2.2 Ta’lim sifati haqida



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana12.02.2023
Hajmi0,81 Mb.
#910397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSTAFAYEVNA Dunyo mamlakatlarining siyosiy hayotida kechayotgan demokratik o\'zgarishlar

 


29 
2.2 Ta’lim sifati haqida 
Mamlakatimizda xususiy taʼlim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois 
kelgusi yildan eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni 
tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish taklifi 
bildirildi.
 
Maktablarda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. 
Endi maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan 
kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi. Har bir nomzod maktabning 
koʻrsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish boʻyicha oʻz dasturi 
bilan tanlovda ishtirok etadi va har yili kengashlar oldida hisobot beradi. 
Bundan asosiy maqsad – maktablarning samarali faoliyatini tashkil etish, 
direktorlar ishiga noqonuniy aralashuvlar va kadrlar qoʻnimsizligiga barham 
berish. 
Maktablar bilim bilan birga tarbiya, maʼnaviyat maskani hamdir. Davlatimiz 
rahbari bu ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni keng 
jalb qilish, maktablarning direktor jamgʻarmasidan va mahalliy byudjet 
mablagʻlaridan ularga oylik maosh toʻlash lozimligini taʼkidladi. 
Oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, 
har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti tashkil qilish muhimligi 
qayd etildi. 
– Bugun koʻrib chiqilgan masalalar hammadan, maktab direktoridan boshlab Bosh 
vazirgacha boʻlgan barcha boʻgʻindagi rahbarlardan yuksak masʼuliyat va yuqori 
darajadagi javobgarlikni talab qiladi. Bu – yillar davomida koʻrinmaydigan, ammo 
natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan oʻzgartirishga asos 
boʻladigan qudratli manba, – dedi Prezident. 


30 
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi 
kunimizning munosib davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida 
qabul qilingan sohaga oid qonunlar, farmonlar, davlat dasturlariga binoan ko‘plab 
ta’lim muassasalari yangidan qurildi, ta’mirlandi, eng zamonaviy o‘quv anjomlari 
bilan ta’minlandi.
Mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar, 
umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning zamonaviy 
usullari, kelgusidagi rejalar xususida O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi xalq 
ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Doniyorov bilan suhbatlashdi. 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori ota-onalar, pedagoglar, butun xalqimizni mamnun etdi. 
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida qanday ishlar 
amalga oshirilmoqda? 
– 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga 
oshirishni ko‘zda tutadigan mazkur qaror hech kimdan kam bo‘lmagan navqiron 
avlodning har tomonlama sog‘lom, yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishi 
yo‘lidagi muhim hujjatdir. Unda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan 
yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, 
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. 2200 maktabgacha ta’lim 
muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda yangi 
maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, ularni zamonaviy talablarga javob 
beradigan inventar, jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanma va multimediali vositalar 
bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Yangi loyiha asosida bunyod etiladigan 
muassasalarda qulay sharoitga ega yozgi ayvonchalar, suzish basseynlarini qurish 
ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2,2 trillion so‘m 
ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. 


31 
Dastur doirasida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 
muqobil shakllarni yaratish va rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar 
amalga oshiriladi. Mamlakatimiz maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 ming 100 
qisqa muddatli guruh tashkil etiladi. Ularni, birinchi navbatda, qishloq joylarda 
tashkil etishga e’tibor qaratiladi. Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalar 
uchun turli rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Shu asosda har yili 
305 mingdan ortiq 5-6 yoshdagi bolani maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyati 
yaratiladi. 
Bundan tashqari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 3-6 yoshli bolalarning 
ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash va ular bilan tushuntirish 
ishlarini olib borish orqali maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil tizimi ham 
joriy etiladi. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi 
natijasida bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 1,5 barobarga oshadi. 2021-
yilga kelib mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari 1 million 109 
mingdan ortiq bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
2017-yilda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda maktabgacha 
ta’lim-tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq 
qilinadi. Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, 
ularning intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga
oldingidan farqli ravishda yozish va o‘qishni yanada yaxshiroq o‘rganishiga xizmat 
qiladi. 
– Prezidentimiz mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan 
majlisidagi ma’ruzasida o‘quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish 
masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash 
yuzasidan rejalashtirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalsangiz. 


32 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish