9.Kurs ishini baholashning reyting mezonlari
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kurs ishi talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar kurs ishi talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kurs ishi kafedra professor- o’qituvchilaridan tashkil topgan komissiya oldida himoyadan o’tkaziladi. Kurs ishi natijasi 100 ballik tizimi bo’yicha baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |