Umrbek Sotimov
Rajabov Avazbek
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AL – XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT
UNIVERSITETI
FAKULTETLARARO XORIJIY TILLAR KAFEDRASI
INGLIZ TILI
bo’yicha o’quv - uslubiy
majmua
(Maxsus sirtqi bo’lim
1-2 bosqich talabalari uchun)
Urganch - 2008
Chet tili oliy ta’lim tizimida baqalavrlar tayyorlash o’quv rejasidagi umumta’lim fanlar qatoridan o’rin olgan. Shu bois ushbu fan bo’yicha dars o’tish metodikasi ixtisosligi chet tili bo’lgan fakultetlaridan tubdan farq qiladi. Yani fakultetlararo chet tillarni o’qitishdagi jarayon talabalarda og’zaki va yozma nutq malaka va ko’nikmalarini shakillantirish maqsadida o’quv materiali mazmun-mundarijasiga yaxlit (kompleks) tarzda yondashuv taqozo etiladi. Shuning uchun ushbu ishchi dasturda chet tillarning fonetika, grammatika va leksika kabi bo’limlariga oid mavzularni alohida-alohida mashg’ulotlar tarzida emas, balki kompleks shaklda o’qitish tavsiya etilgan. Ishchi dasturda muvofiqlashtirilgan mavzular shu qoidaga muvofiq og’zaki va yozma nutqni rivojlantirishga yo’naltirilgan.
Dasturni tuzishda, tabiiyki оliy ta’lim yonalishlari va mutaхassisliklari bo’yicha amaldagi namunaviy dastur mazmuniga, оliy ta’limning standartlari, shuningdеk, umumta’lim va o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi nеgizida оlingan malaka va qоbiliyatlar, bilimlarga bo’lgan umumiy talablar inоbatga оlindi.
Dastur amaldagi bakalavriart o’quv rejalariga muvofiq 38-soatlik amaliy xarakterdagi mashg’ulotlarga mo’ljallab tuzuldi.
Taqrizchi: UrDU Jahon tillari fakulteti ”Fakultetlararo xorijiy tillar”
kafedrasi o’qituvchisi M. Yaqubov
“Nemis tili” kafedrasi dostenti f.f.n. R. Allayarova
DTS bo’yicha dasturning mazmuni
Chet (ingliz) tili bo’yicha mazkur o’quv - uslubiy majmua” Хorijiy tillar” fanlaridan (nofilologik bakalavr yonalishlari uchun) universitet ta’lim tizimiga moslab joriy etilgan Na’munaviy dastur (Toshkent 2004 yil O’zROUTM tasdiqlagan) asosida tuzildi.
O’quv - uslubiy majmua chet (ingliz) tilini o’qitishning maqsad va vazifalarini hamda bakalavriat akademik darajasini oluvchilar uchun chet (ingliz) tili bo’yicha og’zaki va yozma nutqni o’zlashtirishga mo’ljallangan fonetika, yozuv, o’qish, leksika va grammatikaga oid bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan minimumni hamda chet (ingliz) tili ta’limi mazmuniga qo’yilgan malakaviy talablarni o’z ichiga oladi.
Mazkur o’quv - uslubiy majmua UrDU, xorijiy tillar kafedrasi 28.08.2008 (bayonnoma №1) yig’ilishida muhokama qilinib tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |