O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI ”OLMALIQ FILIALI” MUSTAQIL ISH - TEKSHIRDI: Toshtemirov U .
- BAJARDI: Hasanova Zebiniso.
- GURUH: 3f-20 FQB .
Mavzu: Foydali qazilmalarni boyitish bosqichlari. Reja: 1 Foydali qazilmalarni boyitish 2 Foydali qazilmalarni boyitish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar - Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi hisoblanadi. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh elementlarning miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
- Qimmatbaxo komponent deb shu qimmatbaxo komponentni ajratib olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. Masalan, mis, qo‘rq’oshin, temir, asbest misli, q’o‘rq’oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar foydali va zararl bo‘lishi mumkin.
- Foydali qo‘shimcha deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. Zararli qo‘shimchalar deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi. Yo‘ldosh elementlar deb foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni er qa’ridan asosiy qimmatbaxo komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofik bo‘lgan qimmatbaxo komponentlarga aytiladi.
- Masalan, polimetal rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga kiradi. Boyitishda yo‘ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratilishi mumkin. Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho komponentning miqdori qancha ko‘p va zararli qo‘shimchalarning miqdori qancha kam bo‘lsa shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaxo komponent saqlaydi. Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot – boyitma olish 6 maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish deyiladi.
- Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaho komponent ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam hollarda qimmatbaho komponent toza (tug‘ma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafit va h.k. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar puch tog‘ jinslari deyiladi. Bu erda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim.
- Masalan, kvarts keramika sanoati uchun foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metal rudalarida esa puch tog‘ jinsi va xatto zararli qo‘shimcha hisoblanadi.
- Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi mineralarning kimyoviy o‘zgartirishlarga uchratish natijasida sodir bo‘ladi: minerallardan metallar qo‘yiladi, apatit super-fosfatga aylanadi va h.k. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta ishlanishi metallurgik, kimyo, keramika, shisha, tsement, lak – bo‘yoq va boshqa sanoat korxonalarida amalga oshiriladi. Foydali qazilmalarni boyitish – minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi boyitishgacha va boyitishdan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi.
- Boyitma deb ataluvchi mahsulotlarga foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi, chiqindi deb ataluvchi mahsulotlarga esa puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishiga puch tog‘ jinslarini ajratish va foydali minerallarni kamroq hajmga yig‘ish orqali erishiladi. Bunda 8 qimmatbaxo komponentning miqdori ortadi, chunki uning deyarli barcha miqdori boyitmada jamlanadi. Boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq ishlatiladi. 1- jadvalda minerallarning boyitishda ishlatiladigan xossalari va ularga muvofik boyitish usullari keltirilgan.
- Boyitish fabrikasida foydali qazilma bir qator qayta ishlash jarayonlaridan o‘tib, ularning texnologik tsikldagi vazifalariga qarab tayyorlash, boyitish va yordamchi jarayonlarga bo‘lish mumkin. Tayyorlash jarayonlariga maydalash, yanchish, elashl hamda klassifikatsiya jarayonlari kiradi va ularda mineral zarrachalarning yuzasi ochiladi, foydali 9 qazilmani boyitish muvaffiqiyatli o‘tishi uchun lozim bo‘lgan yiriklikdagi sinflarga ajratiladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |