Elektr tokining bajargan ishi yoki energiya. Elektr
tokining bajargan ishi, yoki egnergiyasi deb quvvatning vaqtga ko’paytmasiga aytiladi:
A = R • t = I • U • t .
Energiyaning, yoki ishning o’lchov birligi sifatida Joul (qisqacha J yoziladi) qabul qilingan. 1 Vt quvvatli iste’molchidan 1 s da 1 J energiya ajralib chiqadi, yoki 1 J ish bajaradi. Masalan 11 rasmdagi R qarshilikli lampaning quvvati 0,6 Vt, demak bu lampa 1 s da 0,6 J, 10 s da 6 J, 1 soatda 2160 J va hokazo, ish bajaradi, yoki energiya sarflaydi. Ish va energiya fizik jihatdan bitta manoni bildiradi. Odatda manbaga nisbatan aytilganda energiya, iste’molchiga nisbatan aytilsa ish tushunchalari qo’llaniladi. Masalan 11- rasmdagi sxemaga nisbatan qo’llasak: akkumulyatordan 1 soatda 2160 J energiya ajralib chiqmoqda, yoki boshqacha aytganda, sxemadagi R qarshilik 1 soatda 2160 J ish bajaradi.