О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana07.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#753261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XOLMIRZAYEVA MARJONA kurs ishi

1. 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа 
оrаliq xоtirа.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq, 
ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Psi-xologiya fanida klassik (mumtoz) 
misolga aylanib qolgan ushbu holat-ni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir; bir 
musiqa ishqibozi mu-siqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin 
u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomima tarzidagina qayta tiklash 
imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchray-diki, ular o‘zlarida 
harakat xotirasining borligini umuman payqa-maydilar. Mazkur xotira turining 
g‘oyat katta ahamiyati shundan ibo-ratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari 
bilan bir qator-da har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining asosini tashkil 
qiladi. Agarda insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta harakatni amalga 
oshirish uchun o‘sha harakatning aynan o‘zini har galda «boshdan boshlar», 
o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopishdagi xatti-
harakatlar, badiiy gim-nastika bilan shug‘ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. 
Jis-moniy chaqqonlik, mehnatdagi mahorat, «oltin qo‘llar», ziyrak ko‘zlar, 
egiluvchanlik va qo‘zg‘atuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror hara-kat xotirasi 
mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi. His-tuyg‘u yoki hissiy xotira. Bu xotira 
his-tuyg‘ular, ruhiy ke-chinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va 
qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalar-
ning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshi-
rilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shu-ning uchun har bir 


12 
kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Voqelikdagi narsa va hodisalardan o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosa-batlarimizdan 
kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalar-ni esda qoldirish, esga 
tushirishdan iborat xotira turi hissiy xo-tira deb ataladi. Ular biz ruhiyatimizda 
kechirgan, ma’naviyatimizga ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his-
tuyg‘u, ehtiros, alam, armon kabilar jonlanishiga, harakatga undovchi yoki 
o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saklab turuvchi signal 
tarzi-da namoyon bo‘ladi. O‘zga kishilarning ruhiy holatiga hamdard (empa-tiya) 
bo‘lish, bevosita voqelik mohiyatiga oshnolik, kitob, san’at, kino, teatr qahramonlari 
bilan birgalikda qayg‘urish singari inson tuyg‘ulari hissiy yoki his-tuyg‘u xotirasiga 
asoslanadi. Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dina-mikasi, 
davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har 
qaysi odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha qachonlardir o‘qigan 
kitoblardan, tomosha qil-gan kinofilmlardan, spektakllardan faqat «taassurotlar» 
bog‘la-nishlari zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchun hissiy (xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan 
odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish 
yoki noxush ke-chinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuri-
tilayotganligi ayon bo‘lsa kerak) alomati ostida ijtimoiy, guruhiy, jamoaviy barqaror 
yoki beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Om-maviy kayfiyat (shodlik, g‘am-
g‘ussa, bezovtalanish kabilar) xuddi shu tarzdagi ehtiros, affekt, stress, shijoat 
singari kechinmalarni kel-tirib chiqaradi hamda ularni xotirada saqlanishga yordam 
beradi, zaruriyat tug‘ilganda jonlanishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Obrazli xotira. 
Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzara-lari, shuning bilan birga, tovushlar, 
ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, 
yaqqol maz-munni, binobarin narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning 
xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustah-kamlash hamda 
zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya 
fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajra-tib ko‘rsatiladi, biz ularning 
ayrimlariga tavsif beramiz.


13 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish