O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim



Download 419,15 Kb.
bet15/19
Sana03.07.2022
Hajmi419,15 Kb.
#735164
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim 1

2.2.4-rasm.






Manba: http://www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi
2013- yil davomida tovar ayirboshlash hajmi bo‘yicha YI mamlakatlari ichida O‘zbekistonning eng yirik savdo shеriklari: Buyuk Britaniya (130,7 million dollari), Germaniya (591,2 mln. AQSh dollari), Italiya (123,8 mln. AQSh dollari), Bеlgiya (95,5 mln. AQSh dollari), Fransiya (91,5 mln. AQSh dollari), Nidеrlandiya (68,5 mln. AQSh dollari) bo‘ldi.
1995-2012-yillar davomida YI firma va kompaniyalari, shuningdеk bank tuzilmalari O‘zbеkistonda umumiy qiymati 8 mlrd. AQSh dollari atrofida bo‘lgan yirik invеstitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. Undagi Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya kabi yirik davlatlarning salmoqli ulushi saqlanib qolayotgan bo‗lsa-da, Kipr, Chexiya, Sloveniya, Estoniya, Polsha kabi Yevropa Ittifoqi yangi a‘zo davlatlarining ulushi ortib borayotganligi ijobiy holatdir. Yevropa eksporti mahsulotlarining asosiy qismini elektr jihozlari va mashinalar, qishloq xo‗jaligi va plastik materiallar tashkil etsa, O‗zbekiston eksportining katta ulushi to‗qimachilik mahsulotlari va qimmatbaho metallardan iborat. Shu bilan birga, ikki tomonlama savdo-sotiqni kengaytirish uchun hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjud.
Shu bilan birga oхirgi yillarda Gеrmaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Bеlgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, Chехiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa qator davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama aloqalar izchil va barqaror rivojlanmoqda.
Yuqoridagilaridan хulosa qilib shuni aytish mumkinki, YI O‘zbеkiston uchun hozirgi kundagi asosiy hamkordir. YI bilan iqtisodiy munosabatlarni qay tarzda amalga oshishi O‘zbеkistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini bеlgilaydi. Shunday ekan, O‘zbеkiston Rеspublikasining YI davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlarini chuqurlashuvi o‘z-o‘zidan siyosiy, madaniy hamkorlikni rivojlanishiga olib kеladi
O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabrida Ơzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ushbu mamlakatga tashrifi orqali yo‘lga qo‘yilgan.
Savdo va sanoat bo‘yicha Ơzbekiston-Britaniya kengashi savdo-iqtisodiy munosabatlarning samarali mexanizmi bo‘lib, uning 20-yubiley majlisi Londonda 2013 -yil 20-22 noyabrda bo‘lib o‘tdi.
2013-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 130,7 million dollarni tashkil etib, shundan eksport 39,8 million dollar, import 90,9 million dollarga teng bo‘ldi. 2014-yil yanvar-may oylarida o‘zaro savdo hajmi 50,4 million dollarni tashkil etib, eksport 8,5 million dollarga, import 41,9 million dollarga teng bo‘ldi.38
Germaniya bilan ikki tomonlama aloqalar an'anaviy keng ko'lamli xarakterga ega bo‘lib, keng turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.
Ikki mamlakat o‘rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Germaniyaga rasmiy (1993, 1995 va 2001yy.), GFR Prezidenti R.Gerzogning O‘zbekistonga davlat (1995y.) va Kanzleri G.Shryoderning rasmiy (2002y.) tashriflari amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 11 raundi o‘tkazilgan. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda mudofaa vazirliklari yo‘nalishida hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Germaniya O‘zbekistonning Yevropadagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2013-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zbek-german tovar aylanmasi hajmi 591,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport - 45,8 mln.AQSH dollarini, import- 545,4mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2014-yilning
5 oyi davomida ushbu ko‘rsatkich 253,2 mln. dollarga yetdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 313,9 mln. yevrodan oshgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 99 ta korxona germaniya sarmoyasi ishtirokida o‘z faoliyatini yuritmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar,



38 www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar,Investitsiya va Savdo Vazirligi
investitsiyalar va savdo vazirligida 39 ta Germaniya kompaniyalari ro‘yhatdan o‘tkazilgan39.
O‗zbekiston bilan Latviya o‗rtasidagi munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega. 1992-yilda O‗zbekiston va Latviya o‗rtasida diplomatik aloqalar o‗rnatilganidan buyon o‗zaro hamkorlikning deyarli barcha sohalariga oid qirqdan ortiq davlatlararo shartnoma va hukumatlararo bitimlar imzolangan.
Latviya – O‗zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi yirik savdo hamkorlaridan biridir. Eng ko‗p qulaylik yaratish tizimi samarasida o‗zaro tovar ayirboshlash hajmi 2012-yilda qariyb 20 foiz o‗sib, 246 mln. AQSh dollardan oshdi.
2013-yilning yakunlariga ko‗ra, bu ko‗rsatkich 250 mln.AQSH dollarni tashkil etdi.
O‗zbekiston Latviyaga yuqori sifatli paxta tolasi, motor moylari, farmatsevtika mahsulotlari va boshqa tovarlar yetkazib beradi. Latviya mamlakatimizga uskunalar, transport vositalari, plastmassa eksport qiladi, shuningdek, logistika xizmati ko‗rsatadi.
2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‗zbekistonda Latviya sarmoyasi ishtirokidagi 22 korxona faoliyat yuritmoqda. Latviyada esa mamlakatimiz kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qirqdan ortiq korxona ishlab turibdi.
O‘zbekiston-Shveysariya davlatlararo munosabatlarining jadallashuvi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ochiqlik, o‘suvchan islohotlar va keng konstruktiv sheriklik siyosati samaradorligining yorqin dalillaridan biridir. Bunday siyosat mamlakatimizning yuksak xalqaro nufuzga ega bo‘lishini ta'minlagani barobarida butun jahon hamjamiyati tomonidan o‘z e'tirofini topdi va qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida ikki tomonlama rasmiy hamkorlikka mamlakatlarimizaro diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan kuni – 1992-yil 7-mayda asos solingan edi. Hozirgi vaqtda davlatlarimiz o‘zaro hamkorligining shartnoma-huquq asosini tashkil etadigan 25 ta qo‘shma hujjat imzolangan.
Savdo-iqtisodiy sohada mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘ta qulay shart-sharoit muhitini yaratib berish tartibi o‘rnatilgan. 2013-yili o‘zaro tovar aylanmasi 141,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2014-yilning 9 oyi mobaynida ikki tomonlama savdo-sotiq hajmi 92,3 million AQSh dollariga yetdi. O‘zbekistondan Shveysariyaga paxta tolasi, yog‘och-qog‘oz massasi va dori-darmonlar, xizmatlar eksport qilinadi. Import qilinadigan tovarlar orasida esa to‘qimachilik jihozlari, turli asbob-uskunalar, farmatsevtika va kimyoviy dori-darmonlar, optika uskunalari, plastmassalar va boshqalar mavjud.
Hozirgi vaqtda respublikamizda shveysariyalik sarmoyadorlar ishtirokida 77 ta kompaniya faoliyat olib borayotgani ham amaliy sheriklikdan o‘zaro manfaatdorlik mavjud ekanligidan dalolat beradi. Ushbu kompaniyalarning 55 tasi qo‘shma korxonalar bo‘lsa, 22 tasi esa yuz foizlik xorij kapitali asosida tashkil etilgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida 29 ta Shveysariya kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, ular faoliyati farmatsevtika, kimyo, oziq-ovqat va mashinasozlik sohalari, savdo-sotiq va xizmatlar yo‘nalishlarini qamrab oladi.
O‗zbekiston — Yevropa Ittifoqi iqtisodiy va savdo munosabatlari bir maromda rivojlanib kelmoqda. Tomonlar orasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan
23 yil ichida salkam to‗rt barobarga ko‗paydi. Biroq ikki tomonlama savdo aloqalarining imkoniyatlari cheksizdir.



    1. Download 419,15 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish