O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim


II BOB. O’ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI O’RTASIDAGI SAVDO-IQTISODIY ALOQALARNING ASOSIY YO’NALISHLARI



Download 419,15 Kb.
bet11/19
Sana03.07.2022
Hajmi419,15 Kb.
#735164
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim 1

II BOB. O’ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI O’RTASIDAGI SAVDO-IQTISODIY ALOQALARNING ASOSIY YO’NALISHLARI





    1. O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi savdo-iqtisodiy aloqalarining tashkiliy huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasining mamlakatda demokratik jamiyat asoslarini mustahkamlash va xalqaro maydondagi mavqeini yanada kuchaytirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda,ayniqsa, ichki va tashqi siyosat doirasida xorijiy davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalari tobora kengayib bormoqda.


Ana shunday hamkor tashkilotlar sirasiga Yevropa Ittifoqini ham kiritish mumkin. Zero, mamlakatimiz bilan mazkur tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-insonparvarlik aloqalari hamda mintaqaviy va ekologik xavfsizlikni ta'minlash kabi masalalar ustuvor yo‘nalishlardandir.
1991-yil 31-dekabrda ―O‗n ikkilarning qo‗shma deklaratsiyasi‖ bilan Yevropa hamjamiyatlari va ularning o‗sha paytdagi 12 ta a‘zo davlati O‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e‘tirof etdi. O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarining asosi 1992-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevropa hamjamiyatlari komissiyasi (YeHK) o‘rtasida O‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi orqali yaratildi. 1994-yil 16-noyabrda tomonlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi30.
1994- yil 24-yanvarda O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida YI Qo‘mitasining O‘zbеkistondagi tехnik aloqa hamkorligi bo‘yicha byuro tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu organlarning maqsadi O‘zbеkistonda iqtisodiy islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o‘tishda tехnik yordam ko‘rsatish, shuningdеk,O‘zbеkiston Rеspublikasi hukumati va YI Qo‘mitasining hamkorligini kuchaytirishdir.

O‗zbekiston Respublikasining Yevropa hamjamiyatlari qoshidagi Missiyasi 1995-yil 6-maydan e‘tiboran Bryussel shahrida o‗z faoliyatini boshladi. 2002-yil
30www.jahonnews.com O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi huzuridagi ―Jahon‖ axborot agentligi.
oktyabrda esa Yevropa Ittifoqi Komissiyasining mamlakatimizdagi faoliyatini amalga oshirish va boshqarishni qo‗llab-quvvatlash maqsadida Yevropa hamjamiyatlarining O‗zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi ―Yevropa Uyi‖ Toshkentda o‗z faoliyatini boshladi.
O‗zbekiston bilan keng jabhali hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗yish Yevropa Ittifoqi va uning a‘zo davlatlari uchun ham samarali va manfaatlidir. Xususan, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi o‗zining 1995-yilda qabul qilgan
―Markaziy Osiyoning yangi mustaqil davlatlari bilan aloqalar to‗g‗risida Kommunikatsiya‖sida bu haqda alohida to‗xtalib o‗tgan. Kommunikatsiyada
―Ittifoq Markaziy Osiyoda muhim manfaatlarga egaligi va bu manfaatlar ham iqtisodiy, ham geosiyosiy ahamiyat kasb etishi, ayniqsa, mazkur mintaqani xizmatlar, turli jihozlar va sarmoya bilan ta‘minlab turuvchi Yevropa Ittifoqi, ayni vaqtda, mintaqadan chiquvchi energetika mahsulotlarining sezilarli imkoniyatlarga ega bo‗lgan iste‘molchisi ham ekanligidan kelib chiqib, bu hududda energetika sektorining rivojlanishidan alohida manfaatdorligi‖ qayd etilgan. Keyinchalik Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan 2007-yilning 30-mayida qabul qilingan
―Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo: Yangi sherikchilik uchun strategiya‖ deb nomlangan hujjatda Yevropa Ittifoqining mintaqadagi strategik manfaatlari yanada yaqqol ifoda etilgan31.
Yevropa Ittifoqi hamda uning a‘zo davlatlari bilan O‗zbekiston Respublikasi o‗rtasida ko‗p tomonlama diplomatik aloqalarning o‗rnatilishi tomonlar o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalardagi hamkorlikning rivojlanishi uchun zamin yaratdi.
O‗tgan yillar davomida o‗zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asoslari ham shakllanib, mustahkamlanib bordi.
1996-yil 21-iyunda Florensiyaning (Italiya) ―Fortezza de Basso‖ qal‘asida bo‗lib o‗tgan Yevropa Ittifoqi a‘zo davlatlarining davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi navbatdagi oliy sammitida Yevropa hamjamiyatlari va ularning a‘zo



31 www.jahonnews.com O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi huzuridagi ―Jahon‖ axborot agentligi. 2011.
davlatlari bilan O‗zbekiston Respublikasi o‗rtasida ―O‗zbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a‘zo davlatlar, ikkinchi tomondan, o‗rtasida sherikchilik ta‘sis etuvchi Sheriklik va hamkorlik to‗g‗risidagi bitim‖ imzolandi. Bitimni imzolash chog‗ida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu shartnoma Yevropa Ittifoqi va mustaqil O‗zbekiston munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo‗lib xizmat qilishini hamda yosh davlatimizning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochishini ta‘kidladi: ―O‗zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‗rtasida Sheriklik va Hamkorlik to‗g‗risidagi bitimning imzolanishi — shubhasiz, munosabatlarimizning yangi, hal qiluvchi bosqichga chiqqanini isbotlovchi muhim voqeadir‖32.
O‘zbеkiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan kеyin bunday bitim imzolagan ikkinchi davlatdir. O‘zbеkistonning YI va YIga a‘zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy asosini tashkil qiladi, shuningdеk, siyosiy, iqtisodiy, fan-tехnikaviy va madaniy aloqalar uchun kеng imkoniyat ochadi.
Hozirgi kunda Sheriklik va hamkorlik bitimi Yevropa Ittifoqi va O‗zbekiston o‗rtasida imzolangan o‗nga yaqin boshqa bitimlar bilan birgalikda amal qilib kelmoqda.
1999 -yil mayda Yevroparlamеnt va Yevropa Ittifoqiga a‘zo davlatlar bilan shеrikchilik va hamkorlik haqida bitim ratifikatsiyasi bo‘yicha barcha muhim tadbirlar nihoyasiga yetdi. 1999- yil 1-iyulda ―Shеrikchilik va hamkorlik haqidagi bitim‖ kuchga kirdi va ―YI-O‘zbеkiston‖ qo‘shma qo‘mitasi o‘rniga
―O‘zbеkiston-YI hamkorlik‖ qo‘mitasi tuzildi.
2010-yilning 15-16-noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining tarqqiyot bo‘yicha komissari A.Piyebalgs rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif asnosida u Prezident Islom Karimov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, u 2010-yil 12-noyabrda Prezident Islom Karimov tomonidan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida bayon etilgan
32 Prezident I.A.Karimovning 1996-yil 21-iyunda Florensiyada Yevropa Ittifoqiga a‘zo davlatlarning hukumat rahbarlari bilan bo‘lgan sammitdagi nutqi. / ―Xalq so‘zi‖ 1996-yil 54-son.
―Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖ Yevropada katta qiziqish bilan qarshi olinganini qayd etdi. Yevropa Ittifoqi O‘rta Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv manbalaridan foydalanish borasida pragmatik yondashuv tarafdori bo‘lib, manfaatdor tomonlarning suv va energetika masalalarida o‘zaro hamjihatlikda hamkorlik qilish bo‘yicha ekologik muvozanatni saqlash hamda transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanishga doir barqaror va oshkora mexanizmlarni ishlab chiqishini qo‘llab-quvvatlaydi.
2011-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Bryusselga amalga oshirgan rasmiy tashrifi tomonlar o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Tashrif chog‘ida Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasi bilan turli sohalarda teng va o‘zaro sheriklikka asoslangan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini namoyish etdi. Tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti J.M.Barrozo va Yevropa Ittifoqining energetika bo‘yicha komissari G.Ettinger bilan muzokaralar o‘tkazilgan edi. Muzokaralar chog‘ida Yevropa Hamjamiyatlari komissiyasi rahbari O‘zbekistonning dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallagan iqtisodiy o‘sish sur'atlariga alohida urg‘u berdi. Tashrif davomida ―O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasini ta'sis etish to‘g‘risida‖gi bitim, ―O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida‖gi memorandum hamda ―Yevropa Ittifoqi Komissiyasining 2011-2013-yillarga mo‘ljallangan texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha indikativ loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida‖gi memorandum imzolandi. Tashrif yakunlariga ko‘ra aytish mumkinki, u O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarning ulkan salohiyatini ochishda keng imkoniyatlar yaratdi hamda ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun yuqori texnologiyalarni yetkazib berish, infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnikaviy aloqalarni kengaytirish orqali
Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi iqtisodiy islohatlar va tizimli o‘zgarishlar jarayonida ishtirok etishga tayyor ekanini ko‘rsatdi33.
O‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi, yuqorida ta'kidlangan ikki tomonlama hujjatlar bilan bir qatorda Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi hamda Atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni ham o‘z ichiga oladi.
Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi beshta qo‘shma muassasa faoliyat yuritib kelmoqda. Ya'ni, Hamkorlik kegashi, Hamkorlik qo‘mitasi, Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi, Savdo va investitsiyalar bo‘yicha yordamchi qo‘mita, Adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va boshqa masalalar bo‘yicha yordamchi qo‘mita shular jumlasidandir. Mazkur muassasalarning vazifalari tegishli sohalar bo‘yicha munosabatlarning amaldagi holatini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ularni yanada rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar va Yevropa Ittifoqidagi ichki siyosiy vaziyat bilan bog‘liq masalalar, O‘rta Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va hamkorlik qilish, shuningdek, har ikkala tomonning manfaatlariga mos keladigan xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashishdan iboratdir.
2016-2020-yillar mobaynida Yevropa Hamjamiyatlari komissiyasi yurtimiz hamda butun mintaqaga qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarni, ikki tomonlama savdo-sotiq, kichik va o‘rta biznes, energetika, atrof-muhit, fan va ta'lim kabi sohalarni rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, chegaralar va bojxona xavsizligini ta'minlash masalalarini hal etishda ko‘mak berishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martda e‘lon qilingan ―O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi va unga a‘zo davlatlar bilan hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Qarori asosida



33 www.jahonnews.com O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi huzuridagi ―Jahon‖ axborot agentligi. 2011.
tashkiliy-huquqiy tadbirlar, siyosiy sohadagi hamkorlik,demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha hamkorlik,huquqqa zid faoliyatning oldini olish,noqonuniy immigratsiyaning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha hamkorlik, iqtisodiy sohadagi hamkorlik, savdo masalalari bo‘yicha hamkorlik,investitsiya sohasida va moliyaviy hamkorlik, TACIS dasturi doirasidagi hamkorlik, intellektual, sanoat va tijorat mulkini muhofaza qilish borasida, fan,texnika,ta‘lim,ekologiya,sog‘liqni saqlash va madaniyat masalalari bo‘yicha hamkorlik, ijtimoiy sohadagi hamkorlik kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, savdo masalalari bo‘yicha hamkorlik davom ettirilmoqda:

  • Yevropa Ittifoqiga yangi mamlakatlarning a‘zo bo‘lib kirishini va jahondagi eng yirik bozorlardan birining barpo etilishini hisobga olgan holda YI bilan tashqi savdoni rivojlantirish tendensiyalarini hamda eksportni ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish istiqbollarini kompleks tahlil qilish;

  • YIga eksport qilinadigan tovarlar uchun qo‘shimcha tarif preferensiyalarini berish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

  • standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalalari bo‘yicha YIning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

  • O‘zbekistonning eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishda, shu jumladan: rivojlanayotgan mamlakatlardan importni qo‘llab-quvvatlash markazi (Niderlandiya) bilan; rivojlantirish masalalari yuzasidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha Shvetsiya agentligi bilan; Germaniya texnikaviy ko‘maklashish jamiyati bilan; Italiya tashqi savdo instituti bilan ishlab chiqishda Tashqi savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Yevropa milliy tashkilotlari ko‘magini kengaytirish masalalarini ishlab chiqish;

  • O‘zbekiston tovarlari va xizmatlarining YI bozoriga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta‘minlash hamda ularning kamsitilishi elementlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha faoliyatni faollashtirish. Notarif (texnik) to‘siqlarni bartaraf etish, ISO standartlarini joriy etish;

  • xususiy sektor rahbarlarini kasbiy tayyorlash va tajriba orttirishi bo‘yicha xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni, xususiy sektor korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni Yevropa bozorlariga chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirish jarayoniga ko‘maklashish maqsadida YI mamlakatlari savdo-sanoat palatalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

  • tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, Yevropa mamlakatlariga eksportni rivojlantirish maqsadida Yevropa mamlakatlarida O‘zbekiston respublikasi korxonalari tomonidan savdo uylari va savdo vakolatxonalari tashkil etish;

  • YI ga yangi a‘zo mamlakatlar hududlari va portlaridan foydalangan holda O‘zbekiston va Yevropa davlatlari o‘rtasida multimodal yuk tashishlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish.




    1. Download 419,15 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish