Xurshid Davron she’riyatida qôshimcha affikslarning qo’llanilishi
Mundarija
KIRISH………………………………………………………………….….
I.BOB. POETIK OBRAZ VA UNING O‘ZIGA XOSLIGI……….... … .
I.1 X. Davron she’riyatida poetik obrazlar tizimi………. ………..............
I.2 Shoir she’riyatida rang – tasvir poetikasi…………………………….. ..
II.BOB. X. DAVRON SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON TALQINI
II.1. Lirik qahramon va shoir “men”ining poetikligi…………………. …..
II.2. Shoir she’riyatida tabiat poetikasi……………………………..… ….
XULOSA……………………………………………………… … ………
FOYDALANILGAN АDABIYOTLAR…………………… ….. ……….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijodkorning ta’sirchan qalbida tevarak-atrofdagi barcha narsa aks sado beradi. Kimningdir bexosdan aytgan so‘zi, notanish kishining ovozi, nigohi, daraxt tanasida ko‘rina boshlagan kurtak, havoda uchib yurgan birgina barg, ko‘lmakda ko‘ringan nur, osmondagi olis yulduzlar shu’lasi, hayotda yuz beradigan turli voqealar, o‘tmishdan qolgan xarobalar, osori aqtiqalar ijodkor qalbida turfa xil fikr uyg‘otadi. U o‘zi ko‘rgan, eshitgan har bir hodisadan ta’sirlanadi. Xurshid Davronning she’rlari ham shundan dalolat beradi.
Ularda shoirning ko‘rgan, kuzatganlari ifodalanadi. Shoir she’rlarida ifodalangan fikrni, ulardagi obrazli ifodalarni yillar davomida zarralab to‘plagani seziladi. Chunki u she’rlarida turli tushunchalar, hodisalarni yaxlit birlashtiradi. Masalan, “Erib ketar xira tumanlar” she’rida tuman, yalpiz, osmon, ko‘z, qayrag‘och guli, tush, oqshom, maysa, adir, shamol, tomdagi to‘sin, olcha, deraza, yurak, sabza o‘t, shabnam, Vatan, yer osti, jangchisingari poetik obrazlar haqida so‘z ketadi. Shoir o‘z holida bir-biriga aloqasiz bu tushunchalar o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik borligini juda ishonarli ifodalab beradi. Mutolaa qilayotganda, tinglayotganda kishi she’rdagi tushunchalar bir-biriga mutlaqo yaqin emasligi xususida o‘ylab o‘tirmaydi. Bu uning xayoliga ham kelmaydi. Chunki shoir she’rda har biri o‘zicha bir dunyo hodisalarni bir butun qilib, tasavvurda g‘aroyib yaxlit manzara hosil qiladi.
Xurshid Davron ona, vatan, yoshlik, bahor haqida yozadimi, To‘maris, Spitamen, Mashrab kabi buyuk ajdodlarimiz obrazini yaratadimi, inson umrining eng gullagan, beg‘ubor va betakror davri bo‘lgan, oppoq orzular, nurli dunyosiga boy bo‘lgan bolalikni qalamga oladimi, ishq–vafo, ilk muhabbat armonlari-yu iztiroblari haqida yonib kuylaydimi, ularda Xurshid Davronga xos bo‘lgan o‘zgacha uslub sezilib turadi. Shoir she’rlarida inson ruhiyatining ko‘z ilg‘amas sezimlari ham alohida, bo‘rtib ko‘zga tashlanadi.
Shu nuqtai nazardan biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda Xurshid Davronning she’riyatidagi poetik obrazlarni yaratishda shoir mahoratining o‘ziga xosligini tahlil qilishga urindik. Ana shu jihati ishimiznig dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |