O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/30
Sana31.05.2021
Hajmi0,83 Mb.
#65532
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
ozbekiston va yevropa ittifoqi savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy yonalishlari

XULOSA 

 

 ―O‘zbekiston  va  Yevropa  Ittifoqi  savdo-iqtisodiy  aloqalarining  asosiy 

yo‘nalishlari‖  mavzusiga  bag‘ishlangan  bitiruv  malakaviy  ishi  orqali  o‘zaro 

integratsiyalashayotgan  davrda  O‘zbekistonning    jahon  hamjamiyatida  savdo-

iqtisodiy  aloqalarda  tutgan  o‘rnini,  shuningdek  Yevropa  Ittifoqi  bilan  o‘zaro 

savdo-iqtisodiy  munosabatlarini  yanada  kengaytirish  va  rivojlantirish  yo‘llarining 

asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 

1.  O‘tish  iqtisodiyoti  davridagi  mamlakatlarning  jahon  xo‘jaligiga 

integratsiyalashuvi tashqi bozorga chiqish zaruriyati, ilg‘or texnologiya va xorijiy 

sarmoyalarga ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq. Respublikaning jahon iqtisodiyotiga 

integratsiyalashuvi  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  erkin  iqtisodiyotni  barpo  qilish  va 

islohatlarni chuqurlashtirish jarayonida amalga oshirilmoqda. Jahon hamjamiyatiga 

iqtisodiy integratsiyalashuvning mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. 

2.  Хalqaro    iqtisodiy    munosabatlarning    an‘anaviy    va    eng    rivojlangan 

ko‘rinishlaridan    biri    tashqi    savdo    hisoblanadi.    Jahon    iqtisodiyotida    ro‘y 

bеrayotgan    хalqaro    iqtisodiy    munosabatlar    umumiy    hajmining    75-80  foizi 

tashqi savdoning ulushiga to‘g‘ri kеladi. 

3.  Jahonda    mavjud    bo‘lgan    har    qanday      mamlakat    uchun    tashqi 

savdoning  roli  kattadir.  Iqtisodchi  olim  J.Saksning  fikricha:  ―Dunyodagi  har 

qanday   davlatning  iqtisodiy  muvaffaqiyati  tashqi  savdoda  ko‘rinadi. Hozirgi 

kunga  qadar  hеch  bir  mamlakat  jahon  iqtisodiy  tizimidan  ajralgan  holda  sog‘lom 

iqtisodiyotni hosil qila olgani yo‘q‖. 

4.  Mamlakatlar    o‘zlari    eng    kam  хarajatlar    bilan    ishlab    chiqaradigan  

(ishlab  chiqarishda  mutlaq ustunlikka  ega  bo‘lgan)  tovarlarni  eksport  qiladi  va  

boshqa mamlakatlarda  eng  kam   хarajatlar  bilan  ishlab  chiqariladigan  (ishlab 

chiqarishda  savdo  hamkorlari  mutlaq  ustunlikka  ega  bo‘lgan)  tovarlarni  import 

qiladi.Agar    ikki    mamlakat    savdo    hamkoriga    nisbatan    kam    хarajatlar    bilan 

ishlab    chiqaradigan    (ya‘ni    mamlakat    ishlab    chiqarish    хarajatlari    bo‘yicha 




60 

 

mutlaq  ustunlikka  ega  bo‘lgan)  tovarlar  bilan  o‘zaro  savdo  qilganda хalqaro  



savdo  foydali  bo‘ladi.  

 

  5.  Tashqi  savdo  siyosati  –  ichki  bozorni  himoyalashga,  tashqi  savdo 



hajmining  o‗sishini  rag‗batlantirishga,  uning  tuzilishini  va  tovar  oqimlarining 

yo‗nalishlarini maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.  

6.  Jahonda  tashqi  savdo  siyosati  erkin,  bojsiz  savdo  darajasi  hamda 

proteksionizm,  ya‘ni  o‗z  bozorini  importdan  himoya  qilish  darajasi  bilan  ajralib 

turadi.  Hozirgi  tashqi  savdo  siyosati  tashqi  savdo  almashuvining  cheklovlari 

susaytirilgani,  uning  yo‗lidagi  to‗siqlarni  bartaraf  etishga  intilish,  ya‘ni  savdoni 

liberallashtirish bilan ajralib turadi 

 

  7. O‗zbekistonning  eksportni  rivojlantirish borasidagi tashqi  savdo siyosati, 



respublikaning  xalqaro  mehnat  taqsimotidagi  ishtirokining  samarali  modelini 

shakllantirish  borasida  sezilarli ishlar  amalga  oshirildi. Uning  asosiy  yo‗nalishlari 

nafaqat  eksportni  kengaytirishni,  balki  raqobatdagi  ustunliklar  va  jahon 

konyunkturasidan  maqbul  tarzda  foydalanish  asosida  uning  barqaror  yuqori 

hajmlarini qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi.  

8.  O‗zbekiston  eksportini,  jumladan  tashqi  bozorlarga  tayyor  mahsulotni, 

avvalo,  fan  yutuqlari  va  yuksak  texnologiyalarga  asoslangan  mahsulotlarni  keng 

miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo‗lidan bormoqda. 

9.  Mamlakatlarning  texnologik  jihatdan  chuqur  qayta  ishlangan  va  tayyor 

raqobatdosh  tovarlar  eksportini  jadallashtirish  va  bu  mahsulotlar  yetkazib 

berilayotgan  mamlakatlar  geografiyasini  izchil  ravishda  kengaytirib  borish  uning 

tashqi savdo  va  eksport hajmini  barqaror rivojlantirishga, jahon  bozoridagi salbiy 

o‗zgarishlar  ta‘siri  va  xavfxatarlardan  himoyalashga  sharoit  yaratadi.  Qolaversa, 

tashqi  bozorlarga  taklif  qilinayotgan  tovarlar  tarkibini  diversifikatsiyalash,  ularni 

xarid  qiluvchi  davlatlar  geografiyasini  kengaytirish,  bu  mamlakatlardan  biri  yoki 

bir  nechtasining  iqtisodiyotida  sodir  bo‗lgan  muammolar  tufayli  eksport  hajmi 

keskin kamayib ketishining oldini olish imkoniyatini ta‘minlaydi. 

10.  1991-yil  31-dekabrda  ―O‗n  ikkilarning  qo‗shma  deklaratsiyasi‖  bilan 

Yevropa hamjamiyatlari va ularning o‗sha paytdagi 12 ta a‘zo davlati O‗zbekiston 



61 

 

Respublikasi  davlat  mustaqilligini  e‘tirof  etdi.  O‘zbekiston  Respublikasining 



Yevropa  Ittifoqi  bilan  munosabatlarining  asosi  1992-yil  15-aprelda  O‘zbekiston 

Respublikasi Hukumati va Yevropa hamjamiyatlari komissiyasi (YeHK) o‘rtasida 

O‘zaro  anglashuv  to‘g‘risidagi  memorandumning  imzolanishi  orqali  yaratildi. 

1994-yil 16-noyabrda tomonlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi 

 

11.  2016-2020-yillar  mobaynida  Yevropa  Hamjamiyatlari  komissiyasi 



yurtimiz  hamda  butun  mintaqaga  qishloq  xo‘jaligi  va  qishloq  joylarni,  ikki 

tomonlama  savdo-sotiq,  kichik  va  o‘rta  biznes,  energetika,  atrof-muhit,  fan  va 

ta'lim  kabi  sohalarni  rivojlantirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini  takomillashtirish, 

sud-huquq  tizimini  isloh  qilish,  chegaralar  va  bojxona  xavsizligini  ta'minlash 

masalalarini hal etishda ko‘mak berishni rejalashtirmoqda. 

12.  Mustaqillik  yillarida  O‗zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarini  erkinlashtirish  borasida  chuqur  islohotlar  amalga  oshirilishi  natijasida 

tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‗zgarishlar yuz berdi. 

O‗zbekiston bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo 

aloqalariga ega. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi 1990-yildagi 0,8 mlrd dollardan 

2013-yilda 28,9 mlrd dollar hajmiga yetdi, ya‘ni 36,1 martaga oshdi. Ayni vaqtda 

tovarlar  va  xizmatlar  eksporti  24,3  martaga,  import  38,3  martaga  ortib,  tashqi 

savdo  balansida  0,07  mlrd  dollarlik  saldodan  1,3  mlrd  dollarlik  ijobiy  saldoga 

erishildi. 

13.  2014-yil  1-yanvar  holatiga  ko‘ra,  O‘zbekistonda  Yevropa  Ittifoqi 

davlatlarining 821 ta korxonasi, jumladan, 612 ta qo‗shma korxona va 100 foizlik 

Yevropa mablag‗i asosida tashkil etilgan 209 korxona faoliyat yuritmoqdi. Ittifoq 

mamlakatlari  275  ta  kompaniyasining  vakolatxonalari  yurtimizda  tegishli  tartibda 

akkreditatsiyadan o‗tgan. 

14.  O‗zbekiston  —  Yevropa  Ittifoqi  iqtisodiy  va  savdo  munosabatlari  bir 

maromda rivojlanib kelmoqda. Tomonlar orasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan 

23  yil  ichida  salkam  to‗rt  barobarga  ko‗paydi.  Biroq  ikki  tomonlama  savdo 

aloqalarining imkoniyatlari cheksizdir.  



62 

 

15.  O‘zbеkiston    turli    darajadagi    –    global    va    mintaqaviy    intеgratsion 



jarayonlarda  qatnashish  bilan  bir  paytda  bir  muhim  tamoyilga  rioya  qiladi:  bir 

davlat    bilan    yaqinlashish    boshqa    bir  davlat    bilan    uzoqlashish    evaziga 

bo‘lmasligi  kеrak.  O‘zbеkistonning  jahon  hamjamiyati  bilan intеgratsiyasining  

tarkibiy    qismi    turli    davlat    va    хalqaro    tashkilotlar    bilan  ko‘p  tarmoqli 

aloqalardir.  

16.  O‘zbеkiston    Rеspublikasi    uchun    YI    bilan    iqtisodiy    va    siyosiy 

hamkorlikni   kеngaytirish    mamlakat   uchun   nafaqat   iqtisodiy    afzalliklar, balki  

shu    bilan    bir    qatorda    O‘zbеkistonni    jahondagi    mavqеini  mustahkamlash  

imkoniyatlarini    ham    yuzaga    kеltiradi.    Jahonning    nufuzli  intеgratsion    guruhi  

bilan  tеng  huquqli  hamkorlik  o‘rnatish  O‘zbеkiston uchun  dunyoning  boshqa  

mamlakat  va  hududlari  bilan  tеng  huquqli hamkorlik  o‘rnatish  kafolati  bo‘lib  

хizmat    qiladi.    Shu    bilan    bir    qatorda,  O‘zbеkiston    uchun    YIga    a‘zo-

mamlakatlar    bilan    alohida-alohida  munosabatlar  o‘rnatish  va  kеngaytirish  ham 

muhim ahamiyat kasb etadi.   

Xulosa  o‘rnida  shuni  ta‘kidlash  lozimki,  milliy  iqtisodiyotning  jahon 

xo‘jaligiga  integratsiyalashuv  asoslari  va  Yevropa  Ittifoqi  bilan  o‘zaro  savdo-

iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  aniqlash,  bu 

jarayonning rivojlanish tendensiyalarining tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi. 

Shuning  uchun  respublikaning  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarini  kengaytirish  va  jahon 

xo‘jaligiga  chuqurroq  integratsiyalashuvini  mustahkamlash  bo‘yicha  amalga 

oshirilayotgan tadbirlar milliy manfaatlardan kelib chiqishi va shu vazifaga xizmat 

qilishi zarur.   

 

 

 




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish