Sinash-tekshirish darsi. Bu darslarda mavzu, bo‘lim yoki butun kurs yuzasidan batafsil og‘zaki savol-javob,test sinovi, yozma yoki grafik nazorat ishlari o‘tkaziladi, nazorat qurilmalari, kartochka-topshiriqlar, sharhlash-takrorlash jadvallari yordamida ta’lim oluvchilar bilimi tekshiriladi, amaliy xarakterdagi topshiriqlar bajariladi. Bunday darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir ta’lim oluvchining tayyorganlik darajasini asosli baholash uchun ma’lumotlar olish, bilimlarni qanchalik ongli va chuqur o‘zlashtirilganligini, olingan uquv hamda malakalarning qanchalik puxta ekanligini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari, bunday darslarni o‘tkazishda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilimi hamda uquvidagi kamchiliklarni to‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |