Matematik va kibernetik usullar – o’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashnalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, tabaqalashgan va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy tadqiqot usuli – anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba- yoshlarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi do’stlik munosabatlarini, o’quv yurtidagi shart-sharoitlarini bilish, yutuq va kamchiliklarni, dinga, xususan tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o’quv taqsimoti, o’qituvchilarning bilim berish darajasi, o’quv qo’llanmalarining sifati, kompyuterda mashg’ulot o’tkazish turlarini o’rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg’ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning qanchalik qoplashi, talabalarning haq to’lanadigan ishlarda qatnashishi, ota- onalarining yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalar qo’p boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etuvchi, mutaxasssi bo’lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarninng onglilik darajasi, komil inson bo’lish uchun kerak bo’lgan ma’naviy sifatlar, o’zlashtirganlik
darajasi haqida savollar anketaga kiritiladi. Savol-javolarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xuldosalar chiqariladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullardan tashqari kasb ta’limida maxsus usullardan ham foydalaniladi.
Kasb ta’limida tadqiqotning maxsus usullari keng tarqalib, unda hodisa va jarayonlarni o’rganishga yo’naltirilgan asbob-uskunalar va apparatlar ob’ektiv miqdoriy kattaliklarni olish maqsadida qo’llaniladi.
Tadqiqotning maxsus usullari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:
Ish-harakatlarining natijaviy tafsilotini o’rganish (harakatlarni aniq bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi) ga bog’liq bo’lgan usullar;
Biomexanik usullar;
Psixofiziologik usullar.
Ish-harakatlarining natijaviy ko’rsatkichlari bilan bog’liq tadqiqotlarda, shu jumladan, ularni o’zlashtirish jarayonida xronometraj kata rol o’ynaydi. Ish me’yori, maqbul vaqt, shu jumladan, ishlab chiqarish ta’limining turli davrlarida talabalar vaqt me’yori, tartibotini aniqlash maqsadida, shuningdek, harakatlarning vaqtinchalik tuzilmasini o’rganish talablari yoki ishchilarning tayyorgarlik darajasini baholash uchun xrometrajdan foydalaniladi.
Biomexanik usullar - bu ish-harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini o’rganishdir. Bunda ularning mukammalik darajasi, ishchining asbob, dastgoh va hokazolar bilan o’zaro kuch ta’sirida, asbob va qo’l harakatining kinematikasi va boshqalar aniqlanadi.
Psixologik usullar o’quv va mehnat faoliyati jarayonida inson organizmining turli a’zolarining funksional holatini o’rganishda foydalaniladi. Bulardan elektromiografiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |