Baholash tizimlari. Hozirda Respublikamizning oliy ta`lim muassasalarida quyidagi ikkita baholash tizimi qo’llanilib kelinmoqda:
Baholashning “besh ballik” tizimi.
Baholashning reyting tizimi.
Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar qo’yiladi:
tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta`sir qiladi. Ta`lim oluvchilar darsga har kuni tayyorlanib borishlari kerak (ta`lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib turishi shunga majbur etadi);
bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta`lim oluvchi uning bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini tushunishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |