Ta’lim dasturi - o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro’yxati.
Ta’lim menejeri — ta’lim muassasasini zamonaviy menejment qonunlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta’lim metodi — o’qituvchining ta’lim oluvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, ta’lim oluvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |