Нisbiy miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga taqqoslanadi, ya’ni taqqoslashlar turli miqdorlarni bir-biri bilan ayirma (delta = K1-Ko) yoki nisbat shaklida (T=K1/Ko) solishtirishni bildiradi.
Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor (K1), mahrajda - esa taqqoslovchi miqdor (Ko) bo‘ladi. Nisbiy miqdorlardan milliy iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi.
Ayirmalar shaklidagi taqqoslash natijasi delta nomli ko‘rsatkich bo‘lib, o‘rganilayotgan hodisa o‘lchov birligida ifodalanadi. U bir hodisa ikkinchisiga nisbatan mutloq o‘lchamda qanchaga katta-kichikligini belgilaydi.
Nisbiy taqqoslash natijasi (T) hodisaning sifat mohiyatini nazardan soqit qiladi. U jarayon tezligini, intensivligini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |