1
|
2
|
3
|
1
|
808
|
34,3
|
2
|
706
|
25,4
|
3
|
663
|
32,2
|
4
|
854
|
31,1
|
5
|
882
|
37,4
|
6
|
916
|
38,6
|
7
|
563
|
24,2
|
8
|
256
|
9,0
|
9
|
940
|
35,4
|
10
|
965
|
37,8
|
11
|
544
|
16,1
|
12
|
318
|
16,0
|
13
|
324
|
10,9
|
14
|
301
|
9,3
|
15
|
352
|
12,1
|
16
|
406
|
17,1
|
17
|
602
|
28,3
|
18
|
748
|
31,0
|
19
|
980
|
37,0
|
20
|
641
|
21,3
|
21
|
452
|
20,1
|
22
|
240
|
16,1
|
Savdo hajmi va muomala harajatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni o‘rganish maqsadida do‘konlarni savdo hajmi bo‘yicha teng oraliqqa ega bo‘lgan 4 ta Guruhga ajrating.
Har bir Guruh bo‘yicha hisoblang:
a) do‘konlar sonini;
b) savdo hajmini - jami va o‘rtacha bir do‘konga nisbatan;
v) muomala harajatlari - jami va o‘rtacha bir do‘konga nisbatan:
Natijalarni Guruh jadvali ko‘rinishda ifodalang. Jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qiling.
8 - Masala. 2.7 - masala ma’lumotlari asosida muomila harajatlari va savdo hajmi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganish maqsadida do‘konlarni muomila harajatlari bo‘yicha teng oraliqqa ega bo‘lgan Guruhlarga ajrating. Natijalarni yakuniy jadval ko‘rinishida ifodalang. Xulosalar qiling.
“Statictik ko‘rsatkichlar” mavzu bo‘yicha savol va masalalar.
Munozara uchun savollar va xulosalarni shakllantirish
-Hodisaning sifati va miqdori deganda nimalar tushuniladi?
-Statistik ko‘rsatkich nima, ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda u qanday ahamiyatga ega?
-Statistik ko‘rsatkich bilan hodisa belgisi o‘rtasida qanday munosabat mavjud?
-Statistik ko‘rsatkich qanday unsurlarga ega,uning sifat tomoni nima,miqdor tomoni-chi?
-Ko‘rsatkich tegishli makon va zamonda qanday maqsad uchun xizmat qiladi?
-Statistik ko‘rsatkichlarning qanday turlari bor?
-Mutlaq miqdor deganda nima tushuniladi?
-Mutlaq miqdorlarning qanday turlarini bilasiz?
-Mutlaq miqdorlar qanday shakllarda (o‘lchov birliklarida) ifodalanadi?
-SHartli o‘lchov birliklari nima va qachon qo‘llanadi?
-Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko‘rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash kerak ?
-Nima uchun ishlab chiqilgan chit va boshqa gazmol turlari pogonometr va jismoniy metrda o‘lchanadi?
-Qaysi holda mashinasozlik mahsulotlari jismoniy birliklarda va qaysi paytda og‘irlik birligida o‘lchanadi?
-Qanday maqsad ko‘zlanganda barcha buyumlar og‘irlik birliklarida o‘lchanadi va nima uchun turli o‘lchov birliklarida hisoblanadi?
-Aholi ro‘yxatida Sizning yoshingiz qaysi o‘lchov birligida qayd qilinadi?
-Nisbiy miqdorlar nima va ular qanday ifodalanadi? Foiz bilan koeffitsient, foiz bilan promille o‘rtasida qancha farq bor?
-Taqqoslash deganda nima tushuniladi, uning qanday turlari mavjud?
-Nisbiy miqdorlarning qanday turlarini bilasiz?
-O‘rtacha iste’molga moyillik nima? Qanday nisbiy miqdor turiga misol bo‘la oladi?
-CHegaraviy iste’molga moyillik nima? U qanday hisoblanadi
-Iste’mol bilan daromad orasida qanday elastiklik mavjud ? Bu ko‘rsatkich qanday hisoblanadi?
-Nisbiy ko‘rsatkich turlari orasida qanday o‘zaro bog‘lanishlar bor?
-Taklif egri chizig‘i asosida qanday nisbiy miqdor yotadi va u qanday tartibda hisoblanadi?
-Universitet talabalari soni 5% oshgan holda prezident stipendiatlari 20% ko‘paygan. Ularning salmog‘i necha foizga oshgan ?
-Asosiy fondlar 5% oshgani holda ishlab chiqarilgan mahsulot 4% kamaygan. Fond qaytimi qanday o‘zgargan?
1-Masala: Korxonada 2008 yili 503,1 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa 2009 yili bu ko‘rsatkich 609,0 mln. so‘mni tashkil qildi. SHu davr mobaynida korxonadagi ishchilar soni 2008 yili 1157 kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yili esa 1169 kishini tashkil qildi. Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |