5. Aholi daromadlarini (bydjetini) boshqarish.
Oilalarda daromadlarni, ayniqsa pul daromadlarini boshqarish har xil. Bir xil oilalarda oila a’zolarining barcha daromadlari8 odatda (erkakda) to‘planadi va harajat qilinadi. Bunday oilalarda asosiy do‘kon va bozordan sotib olinadigan narsalarni (tovarlar, mahsulotlar, kiyim-kechaklar va boshqalar) erkak kishi bajaradi. Ayrim oilalar borki, oilaning barcha daromadlari ayol kishida to‘planadi. Lekin u kishi faqat saqlovchi vazifasini bajaradi. Oila uchun bo‘ladigan barcha savdo ishlarini erkak bajaradi. Shunday oilalar borki, oilaning barcha daromadlari ayol (onada) kishida to‘planadi. Oilaning bozor va boshqa savdo ishlarini ayol kishining o‘zi bajaradi.
Oilalar borki, oila a’zolari daromadlari to‘planmaydi, o‘zlarida saqlanadi. Oila a’zolaridan kim qancha daromad olsa, shunga qarab harajat qiladi.
Bizlar oila a’zolarining daromadlari qanday tarzda ishlatilishini ko‘rib chiqdik. Yuqorida yozilgan variantlardan boshqacha usulda daromadlarni boshqaruvchi oilalar ham bordur. Xo‘p oila daromadlari qanday boshqarilgani ma’qul.
Sizlarga ma’lumki bozor munosabatlari sharoitida barcha faoliyat yurituvchi xo‘jaliklar (zavodlar, fabrikalar, korxonalar, firmalar va shu kabilar) erkin raqobat sharoitida ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarini (xizmatlarini) sotib, daromad oladigan va qilgan harajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishlari lozim. Agarda ular faoliyatlari davomida harajatlarini qoplamasdan, zarar ko‘rsalar ya’ni harajatlari olgan daromadlaridan ko‘p bo‘lsa, raqobatda sinib (yengilib), faoliyatini to‘xtatishga, oxir-oqibat xo‘jalikni (korxonani) tugatishga majbur bo‘ladilar.
Oila ham bitta kichkina xo‘jalik. Ayniqsa mahalliy millat vakillari oilalarida oila a’zolari ko‘p bo‘ladi. O‘g‘illarini uylantirib, nabiralari bor, lekin bir oilada yashayotganlar kammi? Bunday oilalarda 5-10 kishi, hatto 15 kishi va unda ko‘proq oila a’zolari bo‘lishi mumkin. Xo‘sh bunday oilalarda iqtisodiy masalalar bo‘yicha janjallar bo‘lmaydi deb kim kafolat beradi. Hammaga mashhur «Kelinlar qo‘zg‘oloni» asaridagi oilani Farmon bibidek ayol boshqarsa ham kelinlar qo‘zg‘olon ko‘tarishgan.
Umuman olganda bu asarda oila daromadlarining bir joyda yig‘ilishi (to‘planishi) va harajat qilinishi ijobiydir. Biz ham oila a’zolarining barcha daromadlarining bir kishida (joyda) to‘planishini ma’qullaymiz. Umuman olganda bu asar (teatr yoki kino ko‘rinishida ham) oila daromadlari va harajatlarini boshqarish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmadir. Oila daromadlarining bir joyda yig‘ilgani ma’qul, oila boshlig‘i bo‘lgan otadami yoki onadami uning farqi yo‘q. Ishlaydigan, o‘qiydigan oila a’zolariga kundalik harajatlar (borish-kelish transport, ovqatlanish vash u kabi harajatlar) beriladi. Lekin to‘plangan daromadlarni boshqarish va oilaning umumiy harajatlarini kim qilishi kerak degan savolga oilaning uzi javob chiqaradi. Ayrim oilalarda to‘plangan daromad oila bekasida saqlansa ham, oila uchun bo‘ladigan umumiy harajatlarni (bozorni va boshqa to‘lovlarni) oila boshlig‘i ota qiladi. Oilalar borki oila boshlig‘i ishlab bu ishlarni oila bekasi qilishga o‘rganganbunday oilalarda bozor-o‘chorni oila bekasi qoyilmaqom qilib bajaradi. Shu joyda shuni ta’kidlamoqchimizki voyaga yetgan bolalarni, ayniqsa o‘g‘il bolalarni savdo qilishga o‘rgatish lozim. Ayniqsa hozirgi bozor munosabatlari sharoitida tovarlar narxi erkin shakllanadigan bo‘lib, bir xil tovarlarga har xil narxlar belgilangan. Dehqon bozorlaridagi mahsulotlar narxlari ham harxildir. Demak, oila a’zolarining daromadlarining bir joyga to‘planishi va uning harajat qilinishini boshqarishni oila boshlig‘ida bir kishi (ota yoki ona) olib borilishini ma’qullaymiz.
Oila daromadlarining bir joyda yig‘ilishiga hamma oila a’zolari rozi bo‘lishiga harakat qilish kerak. Oila daromadlari harajatlarini, ayniqsa katta miqdordagi harajatlarni katta yoshdagi barcha oila a’zolari bilan maslahat qilish zarur. Buning uchun oilaning kelasi oy uchun bo‘ladigan joriy harajatlar rejasini tuzish (maslahatlashib) kerak. Albatta joriy harajatlarning asosini oziq-ovqatlarni sotib olish tashkil etadi. Oila bydjeti hisobini yuritayotgan bo‘lsangiz, oziq-ovqat sotib olishga bir oyda o‘rtacha qancha sarflanishini bilib olgan bo‘lasiz. Bundan tashqari har oygi to‘lovlarni (gaz, svet, va shu kabilar) ham bilasiz, ularni hisoblashni bilasiz. Lekin shu oyda bo‘ladigan qo‘shimcha harajatlarni, misol uchun, o‘rtog‘ingiz tug‘ilgan kuni, unga yaxshi bir ko‘ylak olib bormoqchisiz (sizning tug‘ilgan kuningizda sovg‘a olib kelgan edi-da). Unda alohida bir ko‘ylakka etadigan pulni (30-45 ming so‘mni) qog‘ozga o‘rab, yozib ajratib qo‘ying. O‘g‘limga etik olish kerak deb, oktyabrda 80,0 ming so‘m ajrating. Nima ko‘p qog‘oz ko‘p, yozishni esa bilasiz. Pulni qog‘ozga o‘rab, ajratib, qog‘oz ustiga nimaga ajratganingizni yozing. Shunday qilib, ushbu oy boshida shu oyda bo‘ladigan qo‘shimcha, lekin juda zarur bo‘lgan harajatlarga mablag‘ ajratib qo‘ydingiz. Bu harajatlarni oila a’zolari bilan maslahat qilish kerak bo‘lsa, maslahat ham qildingiz. Ya’ni oila a’zolaridan kimlarga nima qanday kiyim-kechak yoki boshqa narsalarni olib berish navbatini, ana endi barcha oila a’zolari xotirjam daromadlarni boshqaruvchi oila rahbarlari ham oila a’zolari ham. Chunki oila boshqaruvchisi qo‘shimcha harajatlarga mablag‘ ajratilganligini, oila a’zolari esa kimga-nima, qachon olinishi oldindan bilishadi.
Hamma oila a’zolari ayniqsa pul mablag‘larini oilada boshqaruvchi shaxs yaxshi bilishi lozimki, pul-hisob-kitobni yaxshi ko‘radi. Oila pul daromadlarini boshqaruvchi, harajatlarni oila a’zolari bilan maslahatlashib olib borar ekan, oilaning moliyaviy ahvoliga o‘zini ma’sul sezishi lozim. Bunda daromadlarga qarab, harajatni boshqarib, oilaning qarz olib, moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolmasligini oldini olib borishi lozim.
6. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi
Aholiga har tomonlama qulay, milliy urf-odatlarimizni hisobga olgan holda uy-joy bilan ta’minlashga e’tibor berilmoqda.
Viloyat, tuman markazlari katta shaharlarning asosiy ko‘chalari rekonstruksiya qilinib, tuzilgan loyiha bo‘yicha yangi zamonaviy barcha talablarga javob beradigan asosan ko‘p etajli binolar qurilmoqda.
Qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar olib borilmoqda. Buning uchun Respublika Prizidenti I. Karimovning 2009-yil 27-yanvardagi qaroriga asosan “Qishloq qurilish loyiha MCHJ” tashkil etildi. Bu tashkilot mintaqalarning iqlimi, demografik holatni, hamda urf-odat va milliy qadriyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan 2,3,4,5 xonali uylarning namunaviy loyihalarini tayyorladilar. qurilayotgan uylarni mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada joylarda pishiq g‘isht, tomni yopish, devorbop materiallar ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Keyingi yillarda “zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalar, yog‘och pol, deraza panjaralari tom yopish va boshqa materiallar ishlab chiqaradigan 60 dan ziyod korxona tashkil qilindi.
Qurilayotgan uy-joylarni moliyalashtirish maqsadida Respublika Prezidentining 2009-yil 30-martdagi qaroriga binoan “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
Ushbu bank va boshqa banklar aholiga uzoq muddatli kam foizli imtiyozli kreditlar bermoqda. Hududlarda maxsus uy-joy quruvchi pudratchi tashkilotlar ko‘paydi. Natijada 2009-2012-yillarda namunaviy loyiha asosida mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanda 650 ta yangi qishloq uy joy massivi barpo etildi, umumiy maydoni 3.2 million kvadrat metr bo‘lgan 23.6 mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurildi.1 Bunday natijalar Prezidentning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi, hamda 2010 yil 17 iyundagi «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy – joy qurilishini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlarining amaldagi bajarilishidir.
Qurilishga investitsiyalar Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Jahon banki kabi xalqaro moliya institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 2011 yilda Osiyo taraqqiyot banki jami 500 million AQSH dollari miqdoridagi ko‘p transhli moliyaviy dasturni maqullab, 2012 yilda dastlabki 160 million dollorni ajratgan, 2013 yilda esa 200 million dollarlik ikkinchi transh beriladi.
2013 yil “Obod turmush yili” Davlat dasturida aholining turmush darajasining yanada oshirish, munosib yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish maqsadida 553 ta qishloq massivida namunaviy loyihalar asosida 10000 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillikning dastlabki yillarida kommunal xo‘jaligida amalga oshirilgan xususiylashtirish natijasida ko‘pgina oila o‘zlari yashayotgan davlat tasarrufidagi uylarni shaxsiy mulk qilib olishgan edi. Shunday qilib, aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 1990 yilda har bir kishiga 12,1 kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda bu raqam 15,2 kvadrat metrga yetdi yoki 1,26 barobar oshdi. Mamlakatimizdagi oilalarning 77,4 foizi alohida uy va kattejlarda istiqomat qilmoqda.
7. Aholining madaniy-ma’rifiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
Aholining madaniy- ma’rifiy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Maktabgacha tarbiya muassasalari soni va ulardagi bolalar soni;
Umumiy o‘rta ta’lim va litseylar soni va ulardagi o‘quvchilar soni;
o‘rta maxsus kasb – hunar kollejlari va ularda o‘qiyotganlar soni.
Oliy o‘quv yurtlari va ulardagi talabalar soni.
Kutubxonalar, kitob fondi va kitobxonlar soni;
Jurnal, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar soni;
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar, bir shifokorga to‘g‘ri keladigan aholi soni, 10000 kishiga to‘g‘ri keladigan shifoxona o‘rinlari, vrachlar va shu kabilar.
O‘zbekistonda yoshlarni tarbiyalashga, bolalarni sog‘lom qilib o‘stirishga, komil inson qilib tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi paytda yosh bolalarni maktabgacha tarbiya muassasiga jalb qilish qishloqdagiga nisbatan shaharda yuqoriroq O‘zbekistonda aholini tabiiy ko‘payishi yuqori darajada bo‘lganligi sababli, umumiy o‘rta ta’lim maktablardagi bolalar soni ham yildan – yilga ko‘payib bormoqda. Masalan: 1997 yili 5257 ming o‘quvchi bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib, o‘rta maktabdagi o‘quvchilar soni 5765 ming o‘quvchiga yetdi. Statistik malumotlar 2013/2014- yilda 9758 ta umum ta’lim muasasalari bo’lib ularda o’quvchilar soni 4489,7 ming kishini tashkil etadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirish bo‘yicha joylarda zamon talabiga javob beradigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilmoqda. Ularda o‘qiydigan talabalar soni ham yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Hozirgi paytda oliy o‘quv yurtlari va boshqa ilmiy muassalarda ta’lim olayotgan mutaxassislarning sifatiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda 68 oliy o‘quv yurti bo’lib ularda 260 ming yaqin talabalar mutaxasislika o’qitilmoqda . Respublika bydjetidan ta’lim sohasiga ajartilayotgan mablag‘lar mutloq summasida yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Maslan: 1995 yil 21,1 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 1999 yil ta’lim sohasiga 159 mlrd. so‘m ajratilgan. Ta’lim sohasidagi harajatlar YAIMning 7,8 % ni tashkil qiladi. Bydjet harajatlari esa, 1999 yili 24 % ni tashkil qilgan.2013-yilda byujetdan maorif sohasiga 8803,2 mlrd so’m sarflangan bo’lib Davlat byujetining 34% ko’prog’ini tashkil etadi. O‘zbekiston hukumati aholining sog‘ligini himoya qilishga katta ahamiyat bermoqda. Sog‘liqni saqlashga davlat bydjeti harajatlarining 14,4%ni yani 3709,9 mlrd so’m sarflanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |