20 - Mavzu. MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI.
REJA: 4 soat
1. Davlat bydjeti mohiyati va statistikaning vazifalari.
2. Davlat bydjeti daromadlari va harajatlari statistikasi
3. Davlat bydjeti defitsitini qoplash manbalari.
4.Bank statistikasining asosiy ko’rsatkichlari.
5. Kredit mohiyati, manbalari va turlari
6.Pul muomalasi ko‘rsatkichlari statistikasi .
1. Davlat bydjeti mohiyati va statistikaning vazifalari.
Davlat bydjeti – mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda, xukumatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Davlat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (korxona, tashkilot, firmalar), hamda jismoniy shaxs daromadlarining bir qismini soliqlar tarzida olib, markazlashgan moliyaviy resurslar tashkil etadi va uni aholining turli sabablar bilan (nogironlik, ko‘p bolalik, ishsizlik va shu kabi sabablar) kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish, ijtimoiy sohani hamda davlatni boshqarish uchun harajat qiladi. Budjet so‘zining ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani bildiradi. Demak, bydjet davlatning bir tomonidan daromadlar, ikkinchi tomondan ularni nimalarga sarflanishini bildiradigan moliyaviy rejadir. O‘zbekiston Respublikasining «Bydjet tizimi to‘g‘risida»gi (2000 yil 14 dekabrda tasdiqlangan) qonunida «Davlat bydjeti-davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armali mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi», deyilgan.
Davlat bydjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal siyosatining mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi bydjet ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tavsif berishdir. Buning uchun davlat bydjetida quyidagilarni aniqlash va o‘rganish lozim:
davlat bydjeti daromadlarining hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini;
davlat bydjeti harajatlarining umumiy hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini;
bydjet daromadlari tarkibi va uning o‘zgarishini;
bydjet harajatlari tarkibi va uning o‘zgarishini;
davlat bydjeti daromadlarining harajatlaridan ko‘pligini (BD >BX profitsit) yoki harajatlarning daromadlardan (BD) ko‘pligini (BD < BX = defitsit) o‘rganish;
bydjet defitsitini moliyalash (qoplash) manbalarini;
xukumat fiskal siyosatining samaradorligini hamda fiskal siyosatning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini o‘rganish.
Xalqaro valyuta fondi tavsiyasi bo‘yicha davlat bydjeti ko‘rsatkichlar tizimi quyidagicha guruhlanadi:
A) Daromadlar va rasmiy olingan transportlar tasnifi;
B) harajatlar va sof kreditlari (qaytarilganidan tashqari) tasnifi;
V) Bydjet defitsitini moliyalashga doir operatsiyalar tasnifi;
G) Davlat qarzining tasnifi.
2. Davlat bydjeti daromadlari statistikasi
Davlat bydjetiga asosan soliqlar kelib tushadi va ular bydjet daromadining 80 % ko‘prog‘ini takshil etadi. Bydjetda to‘lanadigan soliq turlari ko‘p bo‘lib, ularning asosiylari aksiz, qo‘shilgan qiymat solig‘i daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foylanganlik uchun soliq va shu kabilar.
Aksiz solig‘i aholi uchun juda zururiy ehtiyoj bo‘lmagan ayrim (spirtli ichimliklar: vino, aroq, konyak; tamaki mahsulotlari, benzin, mashinada to‘qilgan gilam kabi) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga belgilangan. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar aksiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lib, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlar qiymatiga (tannarxiga) belgilangan stavkada aksiz solig‘i qo‘shib, Haridorlarga sotadilar. Korxonalar bu soliq summasini belgilangan muddatlarda davlat bydjeti o‘tkazadilar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – korxonalar ishlab chiqargan va sotilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulotlar qiymatiga belgilangan stavkada (2004-2005 yillar uchun 20%) qo‘yiladi. Haridorlar bu summani to‘lagandan keyin, ishlab chiqarish korxonasi (tayyor mahsulotni sotgan korxona) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini bydjetga o‘tkazadi.
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat daromadlaridan (foydalaridan) belgilangan stavkalarda bydjetga daromad (foyda) solig‘i to‘laydilar. Daromad solig‘i bo‘yicha turli imtiyozlar bor, ularni bu yerda batafsil tushuntirib o‘tmoqchi emasmiz. Chunki talabalar «Soliq va soliqqa tortish» deb nomlangan maxsus fan o‘tadilar. Faqat, shuni tushunish lozimki, bu soliq to‘lovlarining daromadidan (foydasidan) to‘lanadi.
Demak, mohiyati bo‘yicha soliq solish ob’ektiga asosan to‘g‘ri (bevosita) soliq turiga kiradi. Daromad (foyda) solig‘i deyilishiga sabab, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatlaridan olgan sof tushumlaridan barcha harajatlarini chegirib (chiqarib) tashlangan summadan, ya’ni foydadan soliq to‘laydilar. Tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, auksion, kozino, videosalon va shu kabilar daromad solig‘i to‘laydilar.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yer osti va yer usti suvlaridan foylanuvchilar (yuridik shaxslar) belgilangan stavka bo‘yicha bydjetga soliq to‘laydilar.
Soliqlardan tashqari davlat bydjetiga soliqsiz to‘lovlar ham kelib tushadi. Soliqsiz to‘lovlarga qonun hujjatlariga muvofiq hadya etish, meros olish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan mablag‘lar; davlat mulkini xususiylashtirish (sotish) natijasida olingan mablag‘lar; yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan bydjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar, hamda chet el mamlakatlari, yuridik va jismoniy shaxslaridan beg‘araz yordam sifatida qaytarilmaydigan olingan mablag‘lar kiradi.Davlat bydjeti daromadlariga maxsus maqsad uchun tashkil etilgan pensiya fondiga, aholining ish bilan bandlik fondiga, yo‘l fondiga kelib to‘shadigan mablag‘lar ham tenglashtiriladi.
Chet davlatlardan, chet el yuridik va jismoniy shaxslaridan olingan beg‘araz yordamlar transfertlar deb ataladi.
Shunday qilib, davlat bydjeti daromadlarini sxemada ifodalasak.
Davlat bydjeti daromadlari
|
Soliq tushumlari
|
|
Soliqsiz tushumlar
|
Soliq tushumlarining o‘zi yuqorida ko‘rganimizdek iqtisodiy mohiyati bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi. Bular bevosita (to‘g‘ri) soliqlar, bilvosita (egri) soliqlar va resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar.
Demak davlat bydjetida soliqlarning hissasi kamayib mutloq summasi ko‘paymoqda) bormoqda. Bu davlatimizning iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq siyosatining amaldagi ifodasidir. Chunki korxonalarning rivojlanishini ta’minlash maqsadida yuridik shaxslar daromadlariga solinadigan soliq stavkalari har yili kamaytirilmoqda. Shuningdek aholi daromadlaridan olinadigan soliq ham kamaytirilmoqda.
Davlat bydjeti daromadida bilvosita (egri) soliqlarning hissasi ortib bormoqda. Davlat bydjeti daromadida egri soliqlar hissasi 1999 yilda 54,0 % ni tashkil etgan bo‘lsa 2000 yilda – 56,0 % ni, 2003 yilda 57,0 % ni tashkil etgan.
Resurs to‘lovlari davlat bydjeti daromadining 9-10 % ini tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki davlat bydjeti daromadida soliqlar muhim ahamiyatga ega ekan.
Davlat byujeti daromadlari tarkibidan eng katta xisani bilvosita soliqlar tashkil etadi. Soliq yukini kamaytirish bo’yicha Hukumat ko’rayotgan chora tadbirlar natijasida bevosita soliqlar summasi ko’paygani bilan, uning jami byujet daromadlaridagi xisasi kamayib bormoqda (Jadval va ilovaga qarang)
O‘zbekiston davlat bydjeti daromadlar tarkibi dinamikasi
Ko‘rsatkich-lar
|
2000
|
2005
|
2013
|
I.Daraomadlar jami
|
9.10.8
|
100%
|
3310.9
|
100%
|
26223.0
|
100,0%
|
a. Bevosita soliqlar
|
253.3
|
27.8%
|
865.8
|
26.1%
|
6353.7
|
24.2%
|
b. Bilvosita soliqlar
|
495.1
|
54.4%
|
1627.9
|
49.2%
|
13398.2
|
51.1%
|
v. Resurs to‘lovlar va mol-mulk solig‘i
|
91.1
|
10.0%
|
629.8
|
19.0%
|
3888.2
|
14.8%
|
z.Boshqa daromadlar
|
71.3
|
7.8%
|
187.4
|
5.7%
|
25.82
|
9.8%
|
3. Davlat bydjeti harajatlari statistikasi
Davlat bydjeti harajatlariga davlatning o‘z funksiyasini bajarish maqsadida mamlakatni boshqarish, mudofaa qilish, xalq xo‘jaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy sohani yanada yaxshilash bo‘yicha davlat bydjetidan qilgan sarflari yig‘indisiga aytiladi.
Respublika Davlat bydjetining 2013 yilgi harajatlari 25825,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu summaning katta qismi ijtimoyi soxa ( maorif, sog’liqni saqlash va shu kabilar ) va aholini ijtimoyi qo’lab quvatlashga sarflanadi.2013-yilida bu sohaga davlat byujeti harajatlarning 58,7 % sarflangan
Davlat mamlakatni boshqarish uchun xokimiyat apparatini saqlashi, tartibni saqlash va qonunni himoya qilish uchun sud, prokuratura, ichki ishlarni tuzadi, hamda barcha harajatlarini bydjetdan qoplaydi.
Davlat mamlakatni himoya qilish (tashqi va ichki qarshi kuchlardan) uchun mudafaa – qurolli kuchlarni tashkil etadi va barcha harajatlarni bydjetdan sarflaydi.
Davlat madaniy sohasidagi barcha asosiy harajatlarini bydjetdan moliyalashtiriladi.
Davlat bydjeti harajatlarini ikki xil guruhlash mumkin: a) yo‘nalishi ya’ni qaysi funksiyani bajarish uchun sarflangani bo‘yicha; b) sarflarning iqtisodiy mohiyati bo‘yicha.
Yuqorida yozilganlardan ma’lumki, davlat bydjeti ijtimoiy sohani (sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, fan, madaniyat va shu kabi) hamda mamlakatni boshqarish va mudafaa qilishga sarflanadi.
«Davlat bydjeti harajatlarining iqtisodiy klassifikatsiyasi» O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 1999 yil 9 dekabrdagi № 230 – son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Davlat bydjeti harajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:
I. Joriy sarflar – davlat bydjeti sarflarining katta qismini tashkil etadi. Bu guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy harajatlari kiradi.
II. Kapital sarflar – bu tarmoqlarni rivojlantirish uchun asosiy kapital, nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho buyumlar sotib olish va shu kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga oladi.
III. Kreditlash minus qarzning qoplanishi – bu guruhga davlatga tegishli muassasalarning boshqalarga bergan ssudalarni yoki aksiyalarni sotib olishga sarflangan (qaytarilgan ssudalar va qaytarib sotilgan aksiyalar qiymati chiqarib tashlanganidan keyin) harajatlar kiritiladi.
Davlat bydjetining asosiy parametr ko‘rsatkichlari har yili Respublika Oliy Majlisida ko‘rib chiqiladi. Yil davomida davlat bydjeti ijrosini Respublika Moliya vazirligi va uning joylardagi hududiy (viloyat, shahar, tuman) moliya organlari amalga oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi boshqa soliq to‘lovchilardan soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligini va o‘z muddatida bydjetga o‘tkazilganligini Davlat Soliq Qo‘mitasi va joylardagi uning boshqarmalari nazorat qilib boradi. Davlat bydjetiga tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlarda (Respublika bydjeti, mahalliy bydjetlar) saqlanadi va Moliya vazirligi ko‘rsatmasi bilan sarflanadi. Shuning uchun ham soliq, bojxona organlari, banklar davlat bydjetiga tushumlar (daromadlar) hamda bydjet mablag‘larini ishlatuvchilar olingan mablag‘larni maqsadli, reja (smeta) asosida foydalanganliklari bo‘yicha hisobot topshiradilar.
Umuman davlat bydjetini o‘rganishda statistik usullardan keng foydalaniladi. Amaliyotda davlat bydjeti daromadlari rejasining bajarilishi (hududlar bo‘yicha, daromad turlari bo‘yicha), daromadlarning bir necha yillarda umumiy hajmining va turlari bo‘yicha o‘zgarishini dinamika qatorlaridan foydalanib aniqlanadi.
Daromadlar tushumini tahlil qilganda indeks usulidan foydalanib, soliq solinadigan baza (B), soliq stavkasi (SS) va soliqning yig‘ilish darajasiga (d) deb olinib, ularning o‘zgarishi soliqning umumiy hajmiga ta’sirini (∆st – soliq tushimi hajmining farqi) aniqlash mumkin.
O‘tgan davrdagi soliq hajmi: ST0 =B0· SS0· d0 ;
Joriy yildagi soliq tushumi: ST1= B1· SS1· d1;
Joriy yilda soliq tushumining o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi (farqi) ∆ST = St1-ST0. Bu farqga yuqoridagi uchta omilning ta’sirini qo‘yidagicha aniqlash mumkin:
a) Soliq solish bazasining o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri: ∆STa = (B1-B0)· SS0 · d0;
b) Soliq stavkasining o‘zgarishining soliq tushumi umumiy hajmiga ta’siri. ∆STb = (SS1 – SS0) · d0B1.
v) Soliq yig‘ilishi darajasi o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri ∆STv = B1· SS1(· d1-d0)
4. Davlat bydjeti defitsitini qoplash manbalari
Davlat bydjeti defitsiti (taqchilligi) deganda bydjet daromadlaridan harajatlarning ko‘p bo‘lganligi tushuniladi. Ko‘pgina davlatlarda, hatto iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ham bydjet defitsiti kuzatiladi. XVF ning ma’lumotiga ko‘ra 2000 yilda 126 davlatdan 98 tasi bydjeti defitsit bo‘lgan.
2004 yil O‘zbekiston Davlat bydjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 0,4 % tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bydjetining defitsit bo‘lishiga bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining kuchli ijtimoiy himoya qilinishi natijasida ijtimoiy sohaga yildan-yilga ko‘proq mablag‘ ajratilishi hamda xodimlarning minimal ish haqqining miqdorini har yili oshirib kelinishi asosiy sabablardan biridir.
2004 yil ijtimoiy sohani rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Natijada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 6,5 %, aholining ish bilan bandligi – 3,4%, real pul daromadlar 16 % ko‘paygan, davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan yordam va nafaqalar ko‘paygan. Faqat «Mehr va muruvvat yili» dasturi doirasida aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga yordam va boshqa tadbirlarga 377, 5 milliard so‘m sarflangan.
Faqat keyingi yillarda Respublika Prezidenti farmoniga asosan 2002 yilda minimal ish haqqi 2 marta (2002 yil 1 apreldan, 2002 yil 1 avgustdan), 2003 yilda 1,2 barovar va 2004 yilda 1 avgustdan 1,3 baravar oshirildi. 2002 yil aprel oyida minimal ish haqqi miqdori 3945 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2004 yil avgust oyidan 6530 so‘mni tashkil etadi, ya’ni ushbu davr ichida 165,5 % o‘sgan.
Davlat bydjeti defitsiti ichki va tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mumkin. Bydjet defitsitini qoplovchi ichki manbalarga davlat boshqaruviga qarashli va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga qarashli mablag‘larning jalb qilinishi: Respublika Markaziy bankidan olinadigan qarzlar, davlatning qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish, yangidan pul chop qilib, muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi.
Tashqi manbalar ham mamlakat bydjet defitsitini qoplash uchun xorijiy davlatlardan, xalqaro tashkilotlar, banklardan olinadigan qarzlar yoki ularning mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir.
Demak davlat bydjetining eifitsitini qoplash davlatning ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi. Lekin yuqoridagi davlat bydjeti defitsitini qoplash manbalari iqtisodiyotni rivojlantirishga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, yangi pul massasini muomalaga (pul emissiyasi) chiqarish, tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan muomaladagi pulning ko‘payishiga olib keladi, natijada narxlar oshib, inflyatsiya darajasi ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasi bydjetining asosiy ko‘rsatkichlari jadval
Yillar
|
Daromad
|
Harajat
|
Sal’do
|
Mlrd. so‘m
|
YAIMga nisb.%
|
Mlrd. so‘m
|
YAIM%
nisb.%
|
Mlrd. so‘m
|
YAIM%
nisb.%
|
1996
|
192,9
|
34,5
|
203,3
|
36,4
|
-10,7
|
-1,9
|
2000
|
911,8
|
28,5
|
944,6
|
29,6
|
-32,8
|
-1,0
|
2004
|
2749,3
|
22,5
|
2743,2
|
22,9
|
-211,9
|
-0,4
|
2012
|
21295,7
|
22,0
|
20882,0
|
21,6
|
+412,7
|
+0,4
|
2013
|
26223,0
|
22,0
|
25825,9
|
21,7
|
+397,1
|
+0,3
|
Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki keyingi yillarda Davlat byujeti profitsit bilan yakunlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |