2.Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad va shu kabilar) ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkichlar ichida asosiylaridan biri yalpi ichki mahsulot (bundan) keyin YaIM) ko‘rsatkichidir. YaIM – mamlakat ichida ma’lum davrda (ko‘pincha bir yil) pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilagan xizmatlarning qiymatlarining yig‘indisidir. YaIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy mohiyati shundaki: birinchidan barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari va shu kabilar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu jumladan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaligi va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va shu kabi xizmat turlari kiradi.
Ikkinchidan, YaIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) iste’mol uchun sarflanadigan mahsulot va xizmatlar qiymati bilan hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom ashyo, materiallar, elektroenergiya, urug‘, yem –xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymatlar YaIMga qo‘shilmaydi. Demak YaIM da qaytadan – ya’ni takroriy sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga moddiy va boshqa sarflar faqat bir marta hisobga olinadi.
YaIM tarkibi quyidagicha:
O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, %
jadval
|
1995
|
1998
|
2000
|
2010
|
2012
|
2013
|
Sanoat
|
17,1
|
14,9
|
14,2
|
|
24,0
|
24,2
|
Qishloq xo‘jaligi
|
28,0
|
26,8
|
30,1
|
|
17,6
|
17,6
|
Transport va aloqa
|
7,3
|
6,8
|
7,7
|
|
11,9
|
11,9
|
Qurilish
|
7,1
|
7,5
|
6,0
|
|
6.3
|
6,0
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
5,2
|
8,4
|
9,7
|
|
8,8
|
8,5
|
Boshqa sohalar
|
22,2
|
21,2
|
19,8
|
|
23,1
|
23,8
|
Tovarlarga va eksport import muammolariga sof soliqlar
|
13,1
|
14,4
|
12,5
|
|
8,3
|
8,0
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida katta xisani tashkil etgan (1995y-28,0%). Lekin keying yillarda iqtisodiy tarmoqlarni ayniqsa sanoat tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha ko’rilgan chora tadbirlar natijasida korxonalar soni ko’paydi, ular yangi texnika va texnalogiya bilan jihozlandi. Buning natijasida sanoat tarmoqlarida maxsulot ishlab chiqarish barqaror yuqori suratlar bilan rivojlandi va YaIM tarkibida sanoat xisasi 1995-yilgi 17,1% dan 2013-yilda 24,2 % ko’tarildi.
MHT bo‘yicha YaIM uch xil uslub bilan hisoblanishi mumkin.
YaIM – ishlab chiqarish usuli;
- daromadlarni taqsimlash usuli;
- pirovard iste’mol (foydalanish) harajatlari usullarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |