27
soprocessor, xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi, kiritish-chiqarish
soprocessori, uzilishlar nazoratchisi va b.
Matematik soprocessor qayd qilingan va ko`chib yuradigan nuqtali ikkilik
sonlar ustida, ikkilik kodlangan o`nlik sonlar ustida amallar bajarishni tezlashtirish
uchun, ba’zi bir transcendent, shu jumladan trigonometrik funkciyalarni hisoblash
uchun keng ishlatiladi. Matematik soprocessor o`zining buyruqlar tizimiga ega va
asosiy MP bilan parallel (vaqt bo`yicha kelishilgan holda), lekin MP boshqaruvi
ostida ishlaydi. Amallarni bir necha o`n martalab tezlashtiradi. MP ning oxirgi
modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprocessorni o`z strukturasi ichiga olgan.
Xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi MP ni magnit disklardagi
yig’uvchilarni bevosita boshqarishdan halos etadi, bu esa SHK ning samarali
tezkorligini jiddiy oshiradi. Bu nazoratchisiz TXQva TEQQ orasidagi qiymatlarni
almashish MP registri orqali ikki qadamda, nazoratchi bor bo`lganda esa bir
qadamda amalga oshiriladi qiymatlar bevosita, MP ni chetlab o`tib, TXQva
TEQQo`rtasida uzatiladi.
Kiritish-chiqarish soprocessori — MP bilan parallel ishlashi hisobiga, bir
nechta tashqi qurilmalarga (displey, printer, QMDY, EMDY va b. ) xizmat
ko`rsatganda kiritish-chiqarish jarayonlarini bajarishni juda tezlashtiradi; MP ni
kiritish-chiqarish jarayonlarini qayta ishlashdan ozod etadi, shu jumladan xotiraga
bevosita murojaat qilish rejimini amalga oshiradi.
Uzilishlarning nazoratchisi SHK da muhim rol o`ynaydi.
Uzilish — bir dasturni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muhimroq boshqa
dasturni tezkor bajarish maqsadida vaqtincha to`xtatilishidir.
Uzilishlar kompyuterni ishlashida doimo paydo bo`ladi, shuni aytish etarliki,
ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning hamma jarayonlari uzulishlar bilan bajariladi,
masalan, taymerdan uzulishlar uzulish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta
hosil qilinadi va xizmat ko`rsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi ularni sezmaydi).
Uzilishlar quyidagilarga bo`linadi:
• kiritish-chiqarish bazaviy tizimidan uzulishlar
yoki quyi daraja uzulishlar;
28
• operatsion tizimdan uzulishlar yoki yuqori daraja uzulishlari. Izox, . Uzilishlar
to`g’risida to`liqroq ma’lumotni [3] ishdan bilib olish mumkin.
Uzilishlar
nazoratchisi
uzulish
jarayonlariga
xizmat
ko`rsatadi,
tashqi
qurilmalardan uzulishga so`rovni qabul qiladi, bu so`rovni muhimlilik darajasini
aniqlaydi va MP ga uzulish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasturning
bajarilishini to`xtatadi va tashqi qurilma so`ragan uzulishning maxsus xizmat
ko`rsatish dasturini bajarishga o`tadi. Xizmat ko`rsatish dasturi bajarilgandan so`ng
uzilgan dasturni bajarilishi qayta tiklanadi.Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan
hisoblanadi.
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan
ulash va aloqa qilish uchun mo`ljallangan, u o`z ichiga MP ning ichki interfeysi,
buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish
sxemalari va tizimli shinani oladi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy
tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko`p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi,
negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Mikroprotsessorlar xaqida Suz olib borar ekanmiz asosiy muxim
tushinchalarga tuxtalib utishimiz lozim bo`ladi. Mirkoprotsessorga nisbatan amal
bajaruvchi xar kanday tashki
qurilma
Do'stlaringiz bilan baham: