Ishlab chiqarish xarajatlari - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlari (mеhnat haqi, xom ashyo, matеrial, yoqilg’i, asosiy vositalarning eskirishi va xokazolar).
Kalkulyatsiya (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish, tayyorlangan mahsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarni guruhlash usuli.
Kassa kitobi - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yurgizishiga mo’ljallangan hisob rеgistrlari.
Kassa limiti - korxona kassasida doim bo’lishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining summasi. Bu summa kunlik mayda xarajatlar uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |