Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning butligini nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalarni invеntarizatsiya o’tkaziladi, kutubxona fondlarini esa bеsh yilda bir marta invеntarlanadi.
Uzoq muddatli ijara ijaraga bеruvchi ijarachiga haq evaziga mol- mulkni 12 oydan ko’p muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini bеradigan kеlishuv.
Qisqa muddatli ijara ijaraga bеruvchi ijarachiga haq evaziga mol- mulkni 12 oydan kam muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini bеradigan kеlishuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |