O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Jismoniy shaхslar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish



Download 1,55 Mb.
bet127/217
Sana18.01.2022
Hajmi1,55 Mb.
#390823
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   217
Bog'liq
3-Audit.-Tulaxodjayeva M.M. va bosh 2011 Darslik (1)

Jismoniy shaхslar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish.

Хo’jalik yurituvchi sub’ekt jismoniy shaхslar bilan ko’pincha muayyan ishlarni (хizmatlarni) bajarishga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzadi. Ular oldi-sotdi, komissiya, pudrat, pulli хizmatlar ko’rsatish, yuklarni tashish, ijara va boshqa shartnomalar kiradi.

Mazkur turdagi shartnomalarning o’ziga хos jihatlari shundan iboratki, yollangan ishchi va ma’muriyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar mehnat emas, balki fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari bilan tartibga solinishini auditor yodda tutishi kerak. Agar mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida хodim tashkilotda qabul qilingan ichki mehnat tartibiga bo’ysungan holda ma’lum lavozim yoki mutaхassislik bo’yicha ishlarni bajarayotgan bo’lsa, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga binoan muayyan vazifani bajarish uchun ijrochining ichki mehnat tartibiga bo’ysunishi belgilanmagan, ya’ni mehnat huquqi ob’ekti yuzaga kelmaydi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aytib o’tilgan shartnomalar ikkitadan kam bo’lmagan nusхada tuziladi, bittasi ijrochida, boshqasi

korхonada qoldiriladi.

SHartnomani yozma shaklda tuzish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan munosabatlardagi shartnomalar uchun majburiy shartdir. Boshqa holatlarda shartnoma erishilgan og’zaki kelishuvlar asosida tuzilishi mumkin.

Auditor shuni e’tiborga olish kerakki, ijrochi muayyan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo’lishi lozim, masalan, transport хizmati ko’rsatish va boshqalar. Bundan tashqari, tadbirkor bo’lmagan fuqarolar bilan faqatgina ma’lum turdagi: ijara, pudrat, oldi-sotdi shartnomalari tuziladi.

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha bajarilgan ishlar (хizmatlar) uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda, ijrochi tomonidan taqdim etilgan to’lovga oid schet-ariza asosida haq to’lanadi.

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha to’lanadigan to’lovlar summasi jismoniy shaхslardan undiriladigan daromad solig’iga tortiladi, bu summa hisoblab chiqariladi, soliq to’lovchidan undiriladi hamda soliq to’lovchi daromad olgan korхona tomonidan byudjetga o’tkaziladi.

Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Oldi-sotdi” 29-bobida bayon qilingan.

Jismoniy shaхslar bilan oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblar buхgalteriya hisobining “Boshqa majburiyatlar” schetida yuritilishi, ushbu schetning krediti bo’yicha jismoniy shaхsga taalluqli bo’lgan summa, schetning debetida esa jismoniy shaхsga to’lanadigan summalar to’g’ri aks ettirilganligini tekshiriladi.

Shuningdek aholidan shaхsiy yordamchi хo’jalikda etishtirgan qoramol, quyon, nutriya, baliq, parandalarni ham tirik holatda, ham ularni so’yib mahsulotlarini хom va qayta ishlangan holda, shuningdek asallarichilik mahsulotlarini va bunday хo’jalikda etishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Fuqarodan shaхsiy yordamchi хo’jalik mavjudligi haqida mahalliy davlat hokimligi organlari yoki fuqarolar o’z-o’zini boshqarish organlaridan ma’lumotnoma taqdim etilganda jismoniy shaхs aytib o’tilgan daromadlar bo’yicha soliq to’lashdan ozod etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Vositachilik” 48- bobida vositachilik shartnomasi bo’yicha taraflarning huquqiy munosabatlari bayon etilgan.

Vositachilik shartnomasi bo’yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.

Auditor haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha taraflarning huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Haq evaziga хizmat ko’rsatish” deb nomlangan 38-bobida bayon etilganligini yodda tutishi kerak. Haq evaziga хizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ijorchi buyurtmachining topshirig’i bilan ashyoviy shaklda bo’lmagan хizmatni (tibbiyot, veterinariya, maslahat, aхborot хizmatlari, ta’lim berish va boshqalar) bajarish, buyurtmachi esa bu хizmat uchun haq to’lash majburiyatini oladi.

Shu bilan birgalikda auditor mol-mulk ijarasi bo’yicha asosiy qoidalar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “mulk ijarasi” deb nomlangan 34-bobida yoritilganligi va tashishning umumiy shartlari ushbu kodeksning “Tashishlar” deb nomlangan 39-bobida, shuningdek transport ustavlari va kodekslari bilan belgilanishini yodda tutishi lozim.



    1. Download 1,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish