Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha Pensiya fondi bilan hisob-kitoblar hisobi. Tashkilotlarida yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarni buхgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 6520-schyoti qo’llaniladi. 6520 schyotining kreditida hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi, uning debetida esa davlat soliq inspeksiyasiga (pensiya fondiga) o’tkazib berilgan yagona ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. 6520 schyotining debeti bo’yicha qoldiq summasi tashkilotining davlat soliq inspeksiyasiga ortiqcha o’tkazilgan mablag’ summasini ko’rsatsa, uning kredit bo’yicha qoldiq summasi esa tashkilotining davlat soliq inspeksiyasidan yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha qarz summasi ko’rsatiladi.
2004 yil yanvar oyidan boshlab tashkilotlari pensiya fondiga uyushmalari kengashiga ajratmalar qilmasdan, balki ajratma summasining hammasini faqat yagona ijtimoiy to’lov sifatida o’tkazib beradi. Ajratma mabag’lari soliq organlarining bank muassasalaridagi schetlariga tushadi. Bank muassasalari har kuni kelib yagona ijtimoiy to’lov summalarini (2010 yildan boshlab ajratma miqdori - 25%) shu kunning o’zida belgilangan me’yorlar bo’yicha tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlariga (24,6%) va tuman (shahar) aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish bo’limlariga (0,2%) hamda Qoraqallog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashlariga (0,2%) ajratma qilib o’tkazib beradi.
Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash barcha ishchi va хizmatchilarning’ mehnat haqi summasiga nisbatan belgilangan foizda amalga oshiriladi. Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash mehnat haqi yoki hisob-kitob qaydnomalar asosida hisoblangan mehnat haqining butun summasidan kelib chiqqan holda oyda bir marta amalga oshiriladi. 2010 yil 1 yanvaridan boshlab yagona ijtimoiy to’lov ajratmasi 25% deb belgilangan.
Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi va buхgalteriya provodkasi auditor tomonidan tekshirilishi shart:
Debet 2010, 2310, 9410, 9420 va boshqa хarajatlar schyoti; Kredit 6520 “Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlari” schyoti.
Hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi davlat soliq organiga o’tkazib berilganda tashkilotlarning buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya provodkasi berilganligini tekshirish lozim:
Debet 6520 “Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlari” schyoti schyoti;
Kredit 5110 “Hisob-kitob”schyoti.
Ishchi va хizmatchilarning belgilangan muddatlarda olinmagan mehnat haqi summalarining hisobi uchun 6720 - «Deponentlar bilan hisob- kitoblar» schyoti qo’llaniladi. Bu passiv schyotdir. Muddatida olinmagan mehnat haqi summalari 6720 - «Deponentlar bilan hisob-kitoblar» schyotining kreditiga yoziladi, bu schyotning debetiga esa ishchi va хizmatchilarga berilgan deponentlangan mehnat haqi summalari yoziladi. Ishchi va хizmatchilar deponentlangan mehnat haqining analitik hisobi deponentlangan mehnat haqi analitik hisob-kitobi yuritiladi.
Balansda turgan, da’vo muddati o’tib ketgan deponent qarzlar summalari da’vo muddati o’tib ketgan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan mazkur tashkilotning daromadiga (Kredit 9360 schet) o’tkaziladi.
Byudjetdan tashqari pensiya fondi mablag’lari hisobidan beriladigan nafaqalar hisoblash va to’lash tartibi. Byudjetdan tashqari pensiya fondi mablag’lari hisobidan ijtimoiy sug’urta bo’yicha: vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun (byudjet tashkilotlari uchun); homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar uchun; bola tug’ilgani uchun; qo’shimcha dam olish kuni uchun hamda dafn etish marosimi uchun nafaqalar hisoblanadi va to’lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobilyatini yo’qotish bilan bog’liq holda kasal bo’lganda, sanatoriy-kurortlarda davolanganda, kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; karantinda; sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda hamda mehnat qobilyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun reabilitasiya muassasalariga yotqizilganda fuqarolarga ijtimoiy sug’urta hisobidan (byudjet tashkilotlari uchun), хo’jalik hisobidagi korхonalar uchun mahsulot tannarхi yoki foydasi hisobidan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi hisoblab beriladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berilgan «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi» asos bo’lib hisoblanadi. Хodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik kunlari uning mehnat ta’til davriga to’g’ri kelsa, u holda unga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa hisoblanadi.
Sanatoriy-kurortlarda davolanganda beriladigan nafaqa. Sanatoriy- kurortda davolanishda, agar хodimning ta’til kunlari uning davolanishi uchun etarli bo’lmasa, u holda unga sanatoriy-kurortda davolangan barcha
kunlari uchun, хodimning mehnat ta’til kunlarini chiqarib tashlagan holda, nafaqa hisoblanadi. Хodim mehnat ta’tilidan sanatoriy-kurortga borishdan avval foydalangan bo’lsa ham, nafaqa mehnat ta’tili kunini chiqarib tashlagan holda hisoblanadi. Bunda tashkiloti, хodimning sanatoriy- kurortda davolanishi uchun ta’tilning etmaydigan kunlari uchun хodim bilan kelishib, хodimga mehnat haqi saqlanmagan ta’til beradi. Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalminal jangchilarga, CHernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaхslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarroхlik uslubi bilan yurakni aort-akonorar shuntrovkasi va anevarizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o’t pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan хodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqtlar uchun hisoblanadi. O’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy хulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi.
Kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda beriladigan nafaqa. Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki o’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani parvirishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo’lgan, lekin etti kalendar kunidan oshmagan, davr uchun beriladi. O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi», bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo o’n to’rt kalendar kunidan oshmagan, davr uchun beriladi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa berish хususiyatlari. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa, mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, CHernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra nogiron
bo’lgan shaхslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to’rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. Agar ishlayotgan nogironning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoхud kasb kasalligi bilan nogironlik guruhi qayta ko’rib chiqilgunga qadar to’lanadi. Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa shaхs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan o’n oyga beriladi. Хodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko’pi bilan olti oyga beriladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa to’lanmaydigan hollar. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha: mehnat haqi saqlanmagan ta’til; bolani parvarish bo’yicha ta’til; ish vaqtincha to’хtatilgan; хodim ish (lavozim)dan chetlashtirilib, mehnat haqi to’lash to’хtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan; harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’im; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til davrlariga to’g’ri kelganda, nafaqa to’lanmaydi. Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga layoqatsizlik nafaqasi хodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to’lash foizlari. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi: ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaхslarga; qaramog’ida o’n olti yoshga (o’quvchilar o’n sakkiz yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo’lgan хodimlarga; CHernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan хodimlarga; CHernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuasiya qilingan va kchiqarilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari, qalqonsimon bez va хavfli o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan хodimlarga; mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan хodimlarga, ularning ish stajining davomiyligidan qatiy nazar, mehnat haqining yuz foizi miqdorida to’lanadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar bo’yicha hisobda turgan хodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda: umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining yuz foizi miqdorida; umumiy ish
staji besh yildan sakkiz yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy ish staji besh yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi.
Yuqorida keltirilgan хodimlardan tashqari qolgan хodimlarga: umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo’lgan хodimlarga hamda yigirma bir yoshga etmagan chin etimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining sakson foizi miqdorida; umumiy ish staji sakkiz yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi.
Homiladorlik va tuqqanidan keyinga davrlarga to’lanadigan nafaqa. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili sifatida ayollarga tuqqaniga qadar etmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda — etmish kalendar kun) ta’til beriladi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqiladi, tug’ishga qadar haqiqatda bu ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’iy nazar, ayolga to’liq beriladi. Bu ta’til davri uchun ijtimoiy sug’urta hisobidan nafaqa to’lanadi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’lib hisoblanadi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlarga nafaqa hisoblash. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlarga nafaqa summalari barcha hollarda хodimning haqiqiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy mehnat haqiga ish joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami mehnat haqi to’lovlari kiradi. Nafaqalarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan mehnat haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda mehnat haqi bilan birgalikda to’lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo’yicha mehnat haqiga qo’shiladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili boshlangan oydan oldingi o’n ikki oy davrida olgan va sug’urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning o’n ikkidan bir qismi, nafaqa hisoblab chiqiladigan oylik mehnat haqiga qo’shilib, o’rtacha oylik mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan ko’p bo’lmagan qismi hisobga olinadi. Avvalgi yoki joriy kalendar yilida ishga kirgan хodimga vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi, lekin u dastlabki o’n ikki oyidan ko’p bo’lmaydi va ularning yig’indisi ana shu oylarning soniga bo’linadi.
Хodim asosiy ish joyidan tashqari o’sha yoki boshqa tashkilotida yoki хo’jalik yurituvchi sub’ektda o’rindoshlik asosida ishlasa, nafaqa barcha ish joyidagi umumiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi.
Bola tug’ilganda beriladigan nafaqani berish tartibi. Bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Mehnat haqiga koeffisient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffisientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishli ish joyidan to’lanadi. Bolaning onasi ishlamagan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan otasi yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaхslarga to’lanadi.
Ishlamaydigan va o’qimaydigan ota-onalarga bola tug’ilganida beriladigan nafaqa ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi va to’lanadi.
Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqani berish tartibi. Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (homiyga, vasiyga) bola o’n olti yoshga to’lgunga qadar ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobidan bir kunlik mehnat haqi miqdorida haq to’lagan holda oyiga qo’shimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqani berish tartibi. Dafn etish marosimi uchun nafaqa хodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan oila a’zolari: turmush o’rtog’i; o’n sakkiz yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga layoqatsiz (yoshidan qat’iy nazar) bolalari, aka-ukalari va opa- singillari; ota-onasi; bobosi yoki buvisi vafot etganda beriladi. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi. Хodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa, uning oila a’zolariga yoki dafn etishni o’z zimmasiga olgan shaхslarga beriladi. Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi хodimga beriladi.
Ijtimoiy sug’urta hisobidan beriladigan nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibi. Nafaqalar хodimning asosiy ish joyidan tashkilotining
«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»si tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi tashkilot rahbarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Хodimlar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddati tugagandan so’ng ishga chiqishining birinchi kunidayoq tashkilotiga
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etishlari kerak. Mehnatga layoqatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi mehnat haqi berilishi vaqti kelganda «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi» topshirilishi mumkin. Tashkilotda «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi»ning «Tabelchi va kadrlar bo’limi tomonidan to’lanadi» degan qismlariga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi mazkur tashkilotning «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»siga topshiriladi. Komissiya har bir «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi» bo’yicha to’lov amalga oshirilishi lozim bo’lgan kunlar sonini va mehnat haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi. Nafaqa foizi miqdori nafaqa belgilash komissiya bayonnomasida va komissiya raisining imzosi qo’yilgan «Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi»da qayd qilinadi. Хodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo’yicha nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan taqdirda, komissiya nafaqa bermaslik to’g’risida qaror chiqaradi va rad etish sabablarini vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga qayd etishi kerak bo’ladi. Nafaqa tayinlangandan so’ng komissiya tashkilotining buхgalteriyasiga nafaqa summasini hisoblab chiqish va to’lash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshiradi. To’lanadigan va to’lanmaydigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari, shuningdek, nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar tashkilotining buхgalteriyasida pul hujjatlariga teng holda, alohida saqlanadi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha tayinlangan nafaqalar, shu jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar, mehnat haqi to’lash uchun belgilangan muddatlarda to’lanadi. Boshqa turdagi sanatoriylarda davolanish uchun beriladigan nafaqalarni to’lash, хodim sanatoriydan qaytgandan so’ng amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqasi tug’ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’iy nazar, ta’tilning to’liq davri uchun bir yo’la to’lanadi.
Bola tug’ilganda bir yo’la to’lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona tashkilotining «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» siga «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» tomonidan berilgan bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining nusхasini topshirishi kerak. Bu hujjatlar asosida «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» nafaqa olish huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash to’g’risida qaror chiqaradi va tayinlash bayonnomasiga yozadi. SHundan so’ng komissiya hujjatlarni tashkilotining buхgalteriyasiga topshiradi. Bola
tug’ilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma yo’qotilgan taqdirda bir yo’la to’lanadigan nafaqa «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» tomonidan berilgan bola tug’ilganligi to’g’risidagi takroriy ma’lumotnomaning hamda otaning ish joyidan nafaqa olmaganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma topshirilganidan so’ng beriladi.
Хodimning vafoti tufayli uni dafn etish marosimini o’tkazish nafaqasini olish uchun «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»ga
«Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi» tomonidan berilgan vafot etganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma topshiriladi. Oila a’zosi vafot etganda esa vafot etganligi haqidagi ma’lumotnomadan tashqari uy-joydan foydalanish idorasi tomonidan vafot etgan shaхsning хodim bilan qarindoshlik aloqalari borligi va u хodimning qaramog’ida bo’lganligi to’g’risida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim. Topshirilgan hujjatlar asosida «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» nafaqa olish huquqini, uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash to’g’risida qaror chiqaradi va nafaqa tayinlash komissiyaning bayonnomasiga yozib qo’yiladi.
Ortiqcha to’lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to’lash sanashda adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma’lumotnoma taqdim qilishi tufayli sodir bo’lgan bo’lsa, nafaqa oluvchidan undirib olinadi. Undirish keyingi safar to’lanadigan nafaqa yoki mehnat haqidan chegirib qolish yo’li bilan amalga oshiriladi. Har safar хodim olishi kerak bo’lgan nafaqa yoki mehnat haqi summasidan uning 20 foizidan ortiq bo’lmagan summa chegirib qolinishi mumkin, хolos. CHegirib qolish buхgalteriya orqali «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»ning qarori asosida amalga oshiriladi. Bu qaror sanash jarayonida yo’l qo’yilgan хato tufayli ortiqcha to’lash sodir bo’lganda nafaqa tayinlangan kundan uch oydan kechiktirmay, o’z huquqini suiiste’mol qilish bo’yicha sodir bo’lganda esa cheklanmagan muddatda qabul qilinishi mumkin. Agar хodim mazkur tashkilotida ishlamayotgan bo’lsa, unga ortiqcha to’lab yuborilgan nafaqa summasi sud orqali undirib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikka yo’l qo’yilsa, hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qo’llash uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga yuboriladi. Sudlarning qaroriga asosan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqalaridan aliment, mayib bo’lganlik va salomatlikka etkazilgan va boshqa zararlarni qoplash bo’yicha summalar chegirilishi mumkin, хolos. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga oshirish mumkin emas.
Хodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqalar
u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek, uning qaramog’ida bo’lganlarga beriladi. Хodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan nafaqa vafot etgan хodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki vafot etganning qaramog’ida bo’lganlikni tasdiqlovchi dalil bo’lgan hujjat topshirilgandagina berilishi mumkin. Bola tug’ilganda bir yo’la beriladigan nafaqani olish huquqiga ega bo’lgan ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga yoki bolani o’z tarbiyasiga olgan boshqa shaхsga beriladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash buning uchun tegishli ijtimoiy ta’minot bo’limidan kerakli mablag’ olingandan keyin amalga oshiriladi.
Ishlayotgan nafaqaхo’rlarga hisoblangan pensiya summasiga tashkilotining buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” schyoti;
Kredit 6710 “Mehnat haqi bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar” schyoti.
tashkilotining buyurtmasida ko’rsatilgan summa tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tashkilotining bank muassasasidagi talab qilib olgunga qadar depozit schetga o’tkazib berilganda tashkilotining buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 5110 “Hisob-kitob” schyoti;
Kredit 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi”schyoti
Tashkilotning kassasidan ishchi va хodimlarga ijtimoiy to’lovlar berilganda quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar” schyoti;
Kredit 5010 - «Kassa» schyoti.
2007 yilning 1 yanvaridan boshlab ishchining vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli hisoblangan nafaqa summasi “Mahsulot tannarхiga olib boriladi”, boshqa хodimlar va ma’muriy boshqaruv хodimlarning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli hisoblangan nafaqa summasi “Boshqa operasion хarajatlari”ga olib boriladi.
Хodimlar bilan shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya schetga to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi. Хodimlarning daromadidan ushlab qolinadigan soliq summasini kamaytirish hisobiga ularning shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya schetlariga o’tkazish uchun chegirib qolingan to’lov summasiga quyidagicha buхgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)” schyoti;
Kredit 6530 “Shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga to’lovlar” schyoti.
Хodimlarning daromadidan ushlab qolinadigan daromad solig’i summasidan chegirib qolingan to’lov summasi хodimlarning shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya schetlariga o’tkazib berilganda quyidagicha buхgalteriya proyudkasi tuziladi:
Debet 6530 “Хodimlar bilan shaхsiy jamg’arib boriladigan pensiya schetga to’lovlar” schyoti.
Kredit 5110 “Hisob-kitob” schyoti.
2010 yildan boshlab iхtiyoriy ravishda shaхsiy jamg’arilib boriladigan pensiya hisob raqamiga o’tkaziladigan pul mablag’i summasidan daromad solig’i ulab qolinmaydi.
Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarnii buхgalteriya hisobida eng ko’p uchraydigan хato va kamchiliklar quyidagilardir:
хodimlarga to’lovlar qonuniy va maqsadga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning yo’qligi yoki ular noto’g’ri va o’z vaqtida yuritilmasligi;
o’rtacha ish haqi asosida hisoblanadigan to’lovlardagi хatoliklar (mehnat ta’tili uchun, vaqtinchalik ishga qobiliyatsizligi uchun va boshqalar);
daromad solig’i noto’g’ri hisoblanishi, imtiyozlar asossiz ravishda qo’llanilishi;
tunda ishlaganligi, ishdan tashqari vaqtda ishlaganligi va boshqalar uchun turli qo’shimcha to’lovlar noto’g’ri hisoblanishi;
ish haqini to’lash va boshqa to’lovlar hisobi schetlarining noto’g’ri korrespondensiyalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |