Oliy majlis va uning faoliyati. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov to‘g‘risidagi” Qonun loyihasi 1993 yil 4 sentyabrda matbuotda e’lon qilindi. Respublikadagi ko‘plab etakchi olimlar, huquqshunoslar, mutaxassislar uning muhokamasida ishtirok etdilar. Natijada mazkur Qonun loyihasiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi. 1993 yil 28 dekabrdagi Oliy kengashning o‘n to‘rtinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Oliy majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda bo‘lib o‘tdi. Birinchi turda 205 ta deputat, qolgan ikki turda (1995 yil 8 va 22 yanvar) 45 ta deputat (jami 250 ta) saylandi.
Oliy majlis - O‘zbekiston Respublikasining oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. U ikki palatadan iborat bo‘lib, quyi palata – Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanadi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan 120 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasini ishi palata barcha deputatlarning professional doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining vakolat muddati – besh yil. Vakolat muddati tugagach, u yangi Qonunchilik
palatasi ishi boshlaguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. O‘zbekiston Respublikasining saylov kuniga qadar 25 yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan Respublika fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo‘lishi mumkin.
Senat – hududiy vakillik palatasi hisoblanib, senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 kishidan saylanadi. YUqori palataning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Oliy majlis tarkibida 12 ta qo‘mita va 4 ta doimiy komissiya mavjud.
Qo‘mitalar:
Byudjet, bank va moliya masalalari.
Qonunchilik va sud – huquq masalalari.
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar.
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat.
Sanoat, qurilish, transport va aloqa.
Iqtisodiyotni isloh qilish va tadbirkorlik masalalari.
Ijtimoiy masalalar va bandlik.
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari.
Atrof – muhit va tabiatni muhofaza qilish. 10.Matbuot va axborot.
Mudofaa va xavfsizlik.
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |