O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim



Download 295,95 Kb.
bet29/68
Sana14.01.2022
Hajmi295,95 Kb.
#361081
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

Habar va aloqa vaziri bu vazir zimmasiga mamlakatning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan voqealardan hukmdorni ogoh qilib turish, markazdan joylarga buyruq, farmon va ko‘rsatmalarni jo‘natish, markazga turli hujjat, hisobot

kabilarni etkazishi, tashqi siyosiy-diplomatik munosabatlarni amalga oshirish hamda davlat yuklarini o‘z manzillariga etkazish yuklatilgan. Vazirlikning o‘zi devoni rasoil, devoni insho deb atalgan.

Mamlakatda ichki va tashqi favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot mingan choparlar bo‘lgan. Butun saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida yomxonalar tashkil etilgan bo‘lib, har bir yomda ellik boshdan ikki yuz boshgacha ot-ulov saqlangan. Tadqiqotlardan ma’lumki, Amir Temur va temuriylar davlatni ulus, viloyat va tumanlarga bo‘lib boshqarganlar. Temur davrida saltanat to‘rt ulusga bo‘linib, ularga o‘g‘il va nabiralarni hukmdor etib tayinlagan. SHuningdek, viloyat va tumanlarni ham asosan temuriy shahzodalar va harbiylar boshqarganlar. Ali YAzdiy ma’lumotlariga ko‘ra, Amir Temur janglarda, davlat ishlarida toblangan sadoqatli tadbirkor, oqil va bilimdon shaxslarni o‘g‘illari va nabiralari yoniga maslahatchi qilib tayinlagan hamda ularga yirik viloyat va hududlarni ishonib topshirgan. Amir Temur mahalliy hokimliklarni o‘ziga itoat etuvchi davlat maslahatchilari orqali ham muvofiqlashtirib turgan hamda mahalliy va markaziy hokimiyat aloqadorligini shu mansab orqali ushlab turishga harakat qilgan.

Mansablarga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarda Amir Temur va temuriylar davri mansab va unvanlari haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjudki, ular quyidagilardir: amin, arzbegi, bakovul, bakovulboshi, bovarchi, baxshiylar, bitikchi, vazir, daftardor, devonbegi, dorug‘a, dodxoh, jarchi, juybon, zobit, ixtisobchi, zinbardor, inoq, ichkilar, iqto, yasag‘lik, ko‘kaldosh, kulu, kalontar, kutvol, ko‘ragon, mavkab, mahdi ulyo (mahdi oliya), majlisnavis, miroxo‘r, mirob, muxtasib, oqo (og‘o), otaliq, parvonachi, pos (posbon), sadr, sadri a’zam, sohibi devon, tavochi, tarxon, uyo‘g‘lon, farrosh, xazinador (xozin), xattot, chuhra, shayxulislom, chuhraboshi, shiqovul, shixna, shuqurchi, yurtchi, yasovul, qozilar, qo‘rboshi, qushchi (qushbegi), qorovul, qopuchi, hojiblar.

Amir Temur manbalarda o‘z zamonasining mashhur sarkardasi va yirik lashkarboshi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy iste’dodi hamda sarkardalik mahorati qo‘shinlarning tuzilishida, harbiy strategiya hamda taktikalarda namoyon bo‘lgan.

Qo‘shinning yuragini va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etgan. O‘sha davr voqealarining shohidi bo‘lganlarning guvohlik berishicha, barloslar harbiy qo‘nimsizlikka nihoyatda chidamli, kamondan o‘q o‘zishga juda usta, o‘z hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo‘lganlar.

Sohibqiron qo‘shini o‘nlik birikmalar asosida tuzilgan bo‘lib, lashkar tuman (o‘n minglik), hazora (minglik), xushun (yuzlik) va ayl (o‘nlik) qismlarga bo‘lingan. O‘n minglik lashkarni boshqarish uchun mirixazora, yuzliklar uchun xo‘shunboshi o‘nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablar joriy etilgan. Qo‘shindagi bo‘linma boshliqlari – amirlar Sohibqironga tobe bo‘lgan qirq aymoq (urug‘)dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloyir, tulkichi, duldoy, mug‘ul, suldo‘z, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan.



  1. asr muallifi Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumot berishicha, harbiy safarda har bir jangchi o‘zi bilan bir yilga etadigan oziq-ovqat, kamoni bilan o‘ttiz o‘qli sadoq (o‘qdon), sovut, nayza va qalqon olgan. Har ikki suvoriyda bitta zahira chopqir ot, o‘rdagohdagi har bir o‘nlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, o‘roq, bolta, bigiz, ikkita belkurak, yuzta igna, arqon, bitta oshlangan pishiq teri

bo‘lishi shart edi. Harbiy safarbarlik paytida har bir viloyat oldindan belgilab qo‘yilgan asosiy (asl) hamda zahira (izofa) qismlarni to‘plab bergan. Viloyatlar toshotar (sangandoz), devor buzuvchi (manjaniq), o‘t otuvchi (ra’dandoz va naftandoz) kabi moslamalarni ishlatishni biladigan jangchilarni tayyorlab bergan. Viloyatlardagi askariy qismlarni to‘plash hamda markazga yoki tayinlangan manzilga jo‘natish bilan tavochi lavozimidagi amaldor shug‘ullangan.

Qo‘shindagi har bir harbiy – hoh amir, hoh oddiy sipohiy bo‘lsin belgilangan nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi hamda adolatli bo‘lishi lozim hisoblangan.

Harbiy safarlar paytida har bir qo‘shin qismlarining eng oldida dovyurak va botir askarlardan tanlab olingan xabarchi (xabargir) deb yuritilgan ayg‘oqchi- kuzatuvchilar bo‘linmasi yurgan. Ularning orqasidan soqchilar bo‘linmasi – yasovul borgan. Undan keyin qo‘shinning avangard qismi manglay harakatda bo‘lgan. Manglaydan keyin qo‘mondonning o‘rdagohi, uning yon tomonlarida izofa (zahira) qismlar joylashgan. Qo‘shinning asosiy jangovar qismi – markaz hamda o‘ng qanot (barong‘or) va chap qanot (javong‘or)lardan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida qo‘riqchi manglay – avangard, yon tomonlarida ham qo‘riqchi askariy bo‘linmalar - kanbullar joylashtirilgan. SHu zaylda qo‘shin etti qism - qo‘llardan iborat bo‘lib, ulardan uchtasi – markaz, barang‘or va javong‘orlar mustaqil; to‘rttasi – ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar bo‘lgan.

Sohibqiron birinchi marta jang usulida qo‘shinni etti qismga bo‘lishni joriy etgan edi. SHarofiddin Ali YAzdiy bu haqda shunday ma’lumot beradi: “... hazrat cherik (qo‘shin)ni etti qo‘l tartib ettikim, hech podshoh andoq qilmaydur erdi va eshitmaydur erdi. Va bu etti adadida xosiyat ko‘b turur va ko‘b sir yanda bor erdi...”

Amir Temur davlatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab kishilar mamlakatning bosh ma’muriy binosini, o‘rduni chegaralarni, davlatni qo‘riqlaganlar. Favqulodda holatlarda, mamlakat uchun katta xavf tug‘ilganda armiyani safarbar etish, zudlik bilan qo‘shin to‘plash qoidalari ham ishlab chiqilgan. SHuningdek, temuriylar davrida ham, ayniqsa, SHohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, amirzoda Umar, Husayn Boyqaro davrlarida ham davlat himoyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ammo, hokimiyat uchun bo‘lib turgan o‘zaro kurashlar bu jarayonning zaiflashuviga olib kelgan edi.

Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning qat’iy va mustahkam harbiy tizimni shakllantirishdan asosiy maqsadi, eng avvalo, mamlakatni ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilish, tobe hududlardagi tartibsizliklarni oldini olish, adolat, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, mazlumlarni zolimlardan himoya etish, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalariga amal qilish hamda keng tarqatish, qonun ustivorligiga erishish, mamlakatlarni taraqqiyot yo‘liga solish, islom dini va baynalminal kelishuvchilikni ta’minlash, zo‘ravon davlatlar va guruhlarning g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik edi. Amir Temur harbiy yurishlaridan ko‘zlagan maqsadi haqida “Tuzuklar”da shunday bayon qilinadi: “Biron mamlakatda jabr-zulm va fisqu-fasod ko‘payib ketar ekan, asl podshohlar

adolat o‘rnatish, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim.”

SHuningdek, “Tuzuklar”da keltirilishicha, Amir Temur qo‘shiniga asli toza, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi va ketini o‘ylab ish tutadigan, jang sir-asrorlarini biladigan uch yuz o‘n uch amirlar rahbarlik qilib, ularning kichigi kattarog‘iga bo‘ysungan. Bu amirlardan yuz nafari o‘nboshi, yuz nafari yuzboshi va yuz nafari mingboshi bo‘lgan. Jang paytida amir ul-umaro amirlarga, amirlar mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar o‘nboshilarga boshchilik qilgan hamda buyruqlar so‘zsiz bajarilgan.



“Tuzuklar”ga ko‘ra, har bir harbiy mansabdorning aniq vazifasi belgilangan. Birorta oddiy navkar qilich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida qimmatbaho toshlar qadalgan o‘tog‘a, kamar, turna bellik qilich va bir ot berilgan hamda o‘nboshilik martabasiga ko‘tarilgan. Agar birorta amir biron mamlakatni fath etsa, yoki g‘anim lashkarini engsa, u uch narsa: faholi xitob (faxriy yorliq), tug‘, nog‘ora bilan taqdirlangan. O‘zining nog‘orasiga, tug‘iga ega bo‘lgan amir majlislarda hurmat-izzatga ega bo‘lib, xos kishilardan hisoblangan.




  1. Download 295,95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish