Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
5-rasm
Bu erda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli davrda bahoni
shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif o’zgaruvchan emas), uzoq muddatli
davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham
eng avvalo xaridorlarning hatti harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq
muddatli davr mobaynida baho o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga
yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo’ladi (klassik maktab). Klassiklarning bu
128
nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to’g’ri amal qilishini ularning o’zlari
ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda o’z tadqiqotlarida qayd qilib o’tmaganlar.