4. Uning “Ko’rinmas qo’l”, unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi
ta’limotlari.
Bozor iqtisodig’ti bir markazdan turib boshqarilmaydi. Shunday bo’lsada, u
muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. Xo’jalik faoliyatining har bir ishtirokchisi o’z
maqsadini ko’zlagan holda ish yuritadi . Biroq bunday sharoitda alohida kishilarning
manfaatlari qanday uyg’unlashadi, barcha jamiyat manfaatlari qanday realizatsiya
qilinadig’ Birinchi bo’lib bu muammoni ilmiy darajaga ko’targan A.Smit bo’ladi. U
shunday g’zadi: «Har bir kishi o’z kapitalini ko’proq qiymat keltiradigan qilib
ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga ta’sir ko’rsatishni nazarda
tutmaydi va unga ancha ta’sir ko’rsatag’tganini sezmaydi. U faqat o’z manfaatini
nazarda tutadi, faqat o’z foydasini ko’zlaydi. Shunday bo’lsada, bunday sharoitda
ko’rinmas qo’l uni maqsad sari yo’naltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga
kirmagan bo’lsa ham. O’z manfaatlarini ko’zlagan holda u jamiyat manfaatlariga tez-
tez ko’proq xizmat qilib turadi, ataylab unga xizmat qilgandan ko’ra». Mazkur qoida
«ko’rinmas qo’l» kontseptsiyasi nomini olgan.
A.Smit aytib o’tgan «ko’rinmas qo’l» - bu bozor mexanizmi. U bozorning o’z
funktsiyasini bajarib turishini ta’minlaydi. Bozor mexanizmi eng avvalo baho orqali
iqtisodig’tda «tartib o’rnatadi». Iqtisodiy nazariyada baho bozor xo’jaligining asosiy
tashkiliy kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o’zgarishi to’g’risida ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’molchilarga signal berib turadi, ularni
bir-birlarining manfaatlariga moslashishga majbur etadi. Bozor mexanizmida raqobat
muhim rol o’ynaydi. U ishlab chiqaruvchilarni resurslardan samarali foydalanishga
va xaridorlar ehtig’jini hisobga olishga majbur qiladi, resurslarning tarmoqlar
bo’yicha ratsional taqsimlanishiga imkoniyat yaratib beradi.
Demak, bozor mexanizmi normal ishlab turgan sharoitda odam faqat boshqa
kishilarga xizmat qilish va o’z mehnati hamda mehnat mahsulotini ayirboshlashga
taklif qilish orqali o’zining manfaatlari yo’lida ish yuritishi mumkin. Odamlar bir
birlariga g’rdam beradilar va bir vaqtning o’zida jamiyatning rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatadilar, garchi ularning har biri egoist va faqat o’z manfaatlari yo’lida kuyib-
pishag’tgan bo’lsa ham. Odamlarning o’z moddiy ahvolini yaxshilashga bo’lgan
tabiiy intilishi - bu shunday kuchli stimulki, agar uning amal qilishga halaqit
berilmasa, unda u o’z-o’zidan jamiyatni faravonlikga olib kelish qurbiga ega, deb
hisoblaydi A.Smit. Shunday qilib, A.Smit nazariyasi bo’yicha, foyda ketidan quvish
va raqobat butun jamiyatga naf keltiradi. (Sobiq Ittifoqda uzoq yillar davomida bu
fikrga qarshi kurashib kelingan).
Do'stlaringiz bilan baham: |