Sinflar nazariyasi.
A.Tyurgo F.Kenega o’xshab, jamiyatni uch sinfga ajaratadi: unumli sinf
(qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo’lgan kishilar); unumsiz sinf (sanoat
va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida va xizmat ko’rsatish sohasida band
bo’lgan kishilar); er egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni «ishlovchilar g’ki ish
bilan band bo’lganlar» deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki razryadga
bo’lib ko’rsatadi, ya’ni avans beruvchi tadbirkorlar g’ki kapitalistlar va ish haqi
oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga, olimning tasdiqlashicha, aynan unumsiz sinf
«ish haqi oluvchi jamiyat a’zolari»ni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |