O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/141
Sana12.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#337430
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim

 
Daromadlar nazariyasi. 
 
Ishchilarning, pul kapitali va er egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti 
aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy 
izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish 
haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi 
uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti har bir ishchi 
«yashash, mehnat qilish va ko’payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan 
xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga 
ko’rsatilgan minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa u chog’da, ishchi ikki marta 
kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini 
bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning» 
ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan 
keyin, D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, 
uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi 
bilan bog’lab tushuntirganlar. 
 
U.Petti dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab 
chiqarishga ketgan xarajatlar o’rtasidagi farqni renta deb atagan. Uning fikri bo’yicha 
renta qishloq xo’jaligida tuproq unumdorligining har xilligidan va er uchaskasining 
bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadi. Bundan biz U.Pettining 
birinchilardan bo’lib differentsial renta tushunchasini ilgari so’rganligini ko’ramiz.  
 
U.Petti er bahosi muammosini juda qiziq va nog’b tarzda hal etishga o’ringan. 
Lekin u bu muammoni to’g’ri echa olmadi. Uning fikricha erni sotib oluvchi har yili 
renta olish huquqini qo’lga kirituvchi shaxsdir. Shuning uchun erning bahosi bir 
51 


 
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy 
jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni erning bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik 
rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan sonni topa olmadi. Bu savolni echish uchun 
U.Petti rentani 21 yilga ko’paytirishni tavsiya etadi. Negaki uning tasdiqlashicha 
faqat uch avlod vakillari: buva (50 g’sh), ug’il (28 g’sh) va nevara (7 g’sh) - 
birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. Shuning uchun muayyan er uchastkasining 
qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi usha uch avlod kishilarining 
birgalikda yashash yiliga teng bo’lishi kerak. Shu sababli erning qiymati ham 
taxminan shuncha miqdordagi bir yillik renta summasiga teng.  
 
Shu bilan birga uning er bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali 
bilan erdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy 
fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o’ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib 
o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida 
ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist er uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi 
mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul summasidan yuqori 
ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta er egasi o’z uchastkasini undan 
olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u 
o’sha summadan ko’pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi 
bo’lgan kapitalistga birdaniga juda ko’p er uchastkalari taklif qilinadi.  
 
U.Petti birinchilardan bo’lib raqamlarni, hisob-kitoblarni, statistik 
ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini (iqtisodiy  statistikani  u  «Sig’siy  
arifmetika»  deb  atagan) keng  
qo’lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini 
va uning tuzilishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta 
e’tibor beriladi. Unda o’z davri uchun ancha aniq bo’lgan mamlakat milliy 
boyligining hisoblari mavjud edi. Bu erda U.Petti boylik tarkibiga ishchi kuchini ham 
kiritgan. U jamiyatning har xil ixtisoslikka bo’lgan ehtig’jini, jumladan zarur bo’lgan 
tibbig’t xodimlarining sonini hisoblab chiqdi. Ushbu hisoblar tufayli U.Petti har xil 
ixtisoslik bo’yicha ikkita Angliya universitetida nechta talaba ta’lim olishi kerakligini 
aniqlab berdi. Uning tomonidan boylikning asosiy ko’rinishi pul degan g’oya ham 
inkor etildi. U.Pettining hisobi bo’yicha Angliyada pul miqdori uning jami 
boyligining 3% dan ortmaydi. Haqiqatda milliy boylikning asosi - bu mol-mulk (er, 
uy, transport vositalari, chorva va boshqalar).  

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish