O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana05.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#319436
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
issiqlik almashinuvi apparatida issiqlik tashuvchining issiqlik hisobi tahlili

v

p

h

v

p

h

u

u





                        (37) 



Ichki energiyaning  o‘zgarishi:  

         

)

(

)



(

1

1



1

2

2



2

v

p

h

v

p

h

u





 (39) 

 

 




 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



II. ATROF – MUHITNI MUHOFAZA QILISH. 

 

Atmosfera  xavosining  tarkibi  va  sifati  masalasi,  pirovard  natijada  inson  uchun 



xayot-mamot masalasidir. Chunki inson xayotini yetarli mikdordagi kislorodli, sof 

xavosiz  tasavvur  etib  bulmaydi.  Inson  kuniga  urtacha  xisobda  9  kg  xavo  bilan 

nafas  oladi,  1,24  kg  ovkat  istemol  kiladi,  2  litr  suv  ichadi.  Birok  yukorida 

ta’kidlaganimizdek,  inson  xayoti  xavoning  mikdori  bilangina  emas,  balki  sifati 

bilan  xam  chambarchas  boglikdir.  Atmosfera  xavosining  ifloslanishi  insonning 

sogligiga,  ish  kobiliyatiga  va  xayotiga  bevosita  salbiy  ta’sir  kursatadi.  Masalan, 




inson  urtacha  umr  (70  y.)  dovomida  600  ming  kub  metr  xavoni  nafas  olish 

jarayonida  upkasi  orkali  utkazadi.  Bu  xavoning  zararli  moddalar  bilan  kisman 

ifloslanishi xam inson sogligiga putur yetkazadi. 

Bundan  tashkari,  fauna  va  floraning  biologik  maxsuldorligi,  ekinlar 

xosildorligi  umuman  tabiy  lanshaftlarning  iktisodiy  imkoniyatlari  xam  bevosita 

yoki bilvosita atmosfera xavosiningtarkibi va sifatiga boglik. 

Atmosferaning  ifloslanishi-xavodagi  turli  aralashmalar-xar  xil  gazlar,  suv 

buglari, kattik  va  suyuk zarrachalar xatto radioaktiv  changlarga  boglik bulib, ular 

atmosferaning  sifatini  buzadi,  tabiiy  kupdan-kup  salbiy  okibatlarga  olib  keladi. 

Atmosferaning  ifloslanish  manbalari  ikkiga  bulinadi.  Bular-xavoning  tabiiy  va 

sun’iy  (antropogen, asosan  texnogen)  ifloslanishidan iborat.  Atmosferaning  tabiiy 

ifloslanishi vulkanlar otilganda xosil bulgan kurum va gazlar, tabiiy  yonginlardan 

ajralib  chikkan  tutun,  dengiz  suvi  mavjlanganda  xavoga  ajralib  chikuvchi  tuz 

zarrachalari,  tumanlar,  chang-kum,  usimlik  changlari,  mikroorganizmlar  xamda 

kosmik  chang  xisobiga  ruy  beradi.  Bular  atmosfera  xavosidagi  muxim  sifat 

uzgarishlariga olib kelmaydi, fakat ayrim kuchli vulkan otilishlaridan sung turli xil 

chang tuzon atmosferada ancha vakt turib kolib, xavoning jiddiy ifloslanishiga olib 

kelishi  mumkin.  Bunda  nixoyatda  katta  mikdordagi  zarrachalar  xavoda  muallak 

turib kolib, yer yuzasiga yetib keladigan kuyosh energiyasi mikdoriga jiddiy ta’sir 

kursatishi, anikrogi vulkan otilgan joydagi tugri radiatsiya mikdorini bir necha oy 

dovomida 10-20 % gacha kamaytirishi mumkin. 

Birok  xozirgi  vaktda  atmosferaning  xolatiga  tabiiy  ifloslanishga  karaganda 

sun’iy ifloslanish ancha katta salbiy ta’sir kursatmokda va buning ustiga bu ta’sir 

tobora ortib xavfli tus olmokda. 

Chunki  inson  ishlab  chikarish  faoliyatining  xozirgi  tarakkiyoti  atmosferaga 

zararli moddalarni tobora kuplab chikarib tashlash bilan birlikda dovom etmokda. 

Natijada xar yili atmosferaga milliard tonalab xar-xil moddalar kushilmokda. Fakat 

changni  mikdori xozirgi vaktda barcha (tabiiy  va  antropogen) manbalardan  yiliga 

urta  xisobda  2  mlrd.  tonnadan  ortik  xosil  buladi  (L.A.Alibekov,  S.A.Nishonov, 

1983,  60  b.).  Nixoyat  kup  mikdordagi  zaxarli  va  zararli  bu  moddalar:  aerozol, 




changlar  (chang,  tutun,  mikrob,  usimlik  changlari),  gazsimon  moddalar  va  suv 

buglari  (uglerod  oksidi  (SO),  oltingugurt  gazi  (SO

2

),  azot  oksidi  (NO),  vodorod 



sulfid  (H

2

S),  uglevodlar,  organik  moddalar,  sulfidlar,  nitratlar,  kurgoshin  (Pb), 



temir(Fe),  ftor  birikmalari,  xidli  moddalar  va  boshkalar),  radioaktiv  modalar, 

pestitsidlardan  iboratdir.  Bu  barcha  ximiyaviy  moddalar  zaxarli  bulib,  ularning 

kupchiligi  atmosferada  uzgarib  turadi.  Kuyosh  nurining  ta’siri  ostida  va  ozon 

ekranining  ishtirokida  ancha  balandda  biz  xali  yaxshi  bilmaydigan  xilma-xil 

ximiyaviy  reaksiyalar  vujudga  kelib  yana  xam  zararlirok  yangi  birikmalar  paydo 

bulmokda. 

Atmosferaga  chikarilgan  ifloslantiruvchi  moddalar  1990  yilda  umumiy 

mikdori  (turt  xil  asosiy  chikindilar)  dunyo  buyicha  401  mln.t.,  Rossiyada  26,2 

mln.t., Uzbekistonda 1,85 mln.t. ni tashkil etdi. 

Insoniyatni  kundalik  faoliyati  natijasida  atmosferada  oltingugurt  gazlari  va 

azot  oksidlarining  mikdori  kundan  kunga  kupayib  bormokda. Bu  gazlarni  boshka 

gazlardan  farki  shundaki,  bularning  kupayishi  natijasida  yerning  kislotaligi  ortib 

bormokda.  Masalan,  SO

2

  ning  uzidan  atmosferaga  xar  yili  150  mln.  tonna 



tashlanmokda.  Bu  gazning  atmosferaga  chikishida  issiklik  elektr  stansiyalari 

muxim axamiyat kasb etadi. 

Atmosferaga butun ajralayotgan SO

2

 ning 50% ni shu stansiyalar bermokda. 



Rangli  metallurgiya  15%,  kora  metallurgiya  9%,  isitish  tizimlari  9%, 

mashinasozlik  sanoati  6%  ni  bermokda.  Sanoat  xududlari  xavosida  SO

2

  ning 


mikdori  shaxar  chekkalaridagi  va  ayniksa  dengiz,  okean  xavosidagidan  bir  necha 

bor  ortik.  Bu  gazlarni  yana  boshka  xususiyati  xam  borki,  ular  atmosferada  10-15 

kunlab turishi va shamol natijasida bir xududdan ikkinchi xududga bemalol utishi 

mumkin. Shu  sababli  xam  sanoati  kuchli  rivojlangan  Angliya, Germaniya, Italiya 

va  boshka  kator  mamalakatlardan  sanoati  uncha  tarakkiy  etmagan  mamlakatlarga 

xavo  orkali  utib,  xavosini  va  yerini  shu  gazlar  bilan  va  ularni  birikmalari  bilan 

ifloslantirmokda.  Maklakatimizda  umumiy  ifloslantiruvchi  moddalarning  51,9  % 

ni uglerod oksidi, 16,0 % ni oltingugurt oksidi, 17,9 % ni uglevodorodlar, 8,9 % ni 




azot  oksidlari,  6,1  %  ni  kattik  moddalar  va  0,2  %  ni  boshka  zararli  moddalar 

tashkil etgan. 

Bu  gazlar  atmosferada  suv  va  bug  bilan  birikib,  shu  oksidlarning  kislotalarini 

xosil  kiladi  (H

2

SO

4



,  H

2

SO



3

).  Bu  kislotalar  uz  navbatida  Yevropadagi  kimmatli 

yodgorliklarning  yemirilishiga  sabab  bulmokda.  Keyingi  yillarda  insoniyatning 

tabiatga  salbiy  ta’siri  va  biosferada  ilgari  uning  tarkibiga  kirmagan  kuplab 

chikindilarni chikarishi tufayli bir necha million yillab saklanib kelgan muvozanat 

buzilmokda. Natijada kuyoshdan ultrabinafsha nurlar yergacha yetib kelmokda va 

uning ta’sirida yer atmosferasida ozon mikdori ortib bormokda. Ozonning uzi esa 

fotoximiyaviy  smogning  xosil  bulishida  asosiy  faktorlardan  biri  bulib  kelmokda. 

Ozonning  yer  atmosferasida  xosil  bulishiga  keyingi  yillarda  atmosferaga  kuplab 

tashlanayotgan  azot  oksidlari  xam  «yordam  bermokda»  Ammo  sanoatning 

rivojlanishi  xar  xil  organik  moddalarning  energiya  olish  maksadida  yokilishi  va 

ayniksa  avtotransportlar  uchun  uglevodorodlarni  kuplab  yokilishi  va  ularning 

yonish kamerasida kislorod bilan kushilib yonishi orkali kuplab azot oksidlari xosil 

buladi.  Bu  oksidlar  atmosfera  kislorodi  bilan  yanada  oksidlanib,  uz  navbatida 

ozonning  kuplab  xosil  bulishiga  olib  keladi.  Olimlarning  kuzatishlari  shuni 

kursatdiki, ozonning xosil bulishi azot oksidlari yordamida kuyoshdan kelayotgan 

nurlarning tulkin uzunligi uncha kiska bulmagan takdirda xam bulishi mumkinligi 

aniklanadi.  Yana  shu  narsa  ma’lum  buldiki,  ozonning  xosil  bulishida  azot 

oksidlaridan  tashkari  uglevodorodlar,  ayniksa  tuyinmagan  uglevodorodlar 

jumladan pentan (С

5

Н

12



) va geksanlar (С

6

Н



14

) xam katta rol uynashi ma’lum buldi. 

Bu  gazlarning  asosiy  manbai  sanoat  chikindilari  va  avtomobillardan  ajralayotgan 

gazlar bulishi mumkin. 

Ajralayotgan  uglevodorodlar  konsentratsiyasi  azot  oksidlariga  nisbatan  kancha 

katta  bulsa,  ozonning  xosil  bulishi  shuncha  tezlashadi.  Bu  yerda  shuni  ta’kidlash 

kerakki,  azot  oksidlari  issiklik  elektr  stansiyalarining  va  avtomobilning  yonish 

kamerasidan tezda chikib ketganligi sababli azot (IV)-oksidigacha (NO

2

) oksidlana 



olmaydi.  Ammo  azot  oksidi  kuzgalgan  xolatda  koladi.  Kuzgalgan  xolatdagi  azot 


(II)  oksid  (NO)  kuyosh  nuri  ta’sirida  ma’lum  energiyani  yutib,  azot  (IV) 

oksidigacha (NO

2

) oksidlanishi ma’lum.  



Azot(IV)  oksid  esa  uz  navbatida  kuyosh  nuri  ta’sirida  kuzgalgan  xolatga 

kelishi  va  atmosferadagi  birorta  modda  molekulasi  bilan  ximiyaviy  reaksiyaga 

kirishi  va  uz  energiyasini  berib,  NO  oksidini  va  atomar  kislorodni  yoki  ozonni 

xosil kilish mumkin. 

Bu  yerda  yana  shuni  ta’kidlash  mumkinki,  azot  (II)oksid  ozon  molekulasi 

ta’sirida juda osongina azot (IV) oksidgacha oksidlanadi. 

Agar bordiyu shu jarayon bulmaganida juda tez vakt ichida ozon mikdori yer 

atmosferasida  ortib  ketgan  bular  edi.  Atmosfera xavosining  zaxarlanishida  SO  va 

NO

2

  asosiy  rol  uynaydi.  Shu  sababli, atmosfera xavosi tekshirilganda, asosan shu 



gazlar konsentratsiyasi xisobga olinadi.  

AKShda atmosferaning fotoximiyaviy zaxarlanishini 3 ta kategoriyaga bulib 

urganiladi  va  shu  asosda  trevoga  beriladi.  Agar  SO  ning  konsentratsiyasi  100 

mg/m


3

, NO, NO


2

 6 mg/m


3

, fotooksidantlar 1mg/m

3

 bulsa, 


1-darajali zaxarlanish; 

agar  SOning  konsentratsiyasi  200  mg/m

3

,  NO,  NO



2

  10mg/m


3

  fotooksidantlar  2 

mg/m

3

  bulsa, 



2-darajali  zaxarlanish; 

agar  bordiyu  SOning  konsentratsiyasi  300 

mg/m

3

, NO, NO



2

 20 mg/m


3

 fotooksidantlar 3 mg/m

3

 bulsa, 


3-darajali zaxarlanish 

buladi. 


Azot oksid atmosferada ozon kavatining yemirilishida katalizator rolini uynaydi, 

deb  yukorida  aytildi.  Azot  oksidning  xosil  bulishining  yerdagi  bakteriyalar 

faoliyati  tufayli  xosil  buladigan  N

2

O  asosiy  manba  rolini  uynaydi.  N



2

molekulasini ancha mustaxkam tuzilgan bulib, troposferani xamma kismiga deyarli 



bir  xil  tarkalgan.  Uning  molekulasi  mustaxkamligi  tufayli  sekin-asta  diffuziya 

tufayli strotosferaga kirib borishi  va u  yerda kuzgalgan kislorod  atomi  bilan, azot 

oksidi xosil kiladi yoki uzi erkin azotgacha tiklanishi mumkin. 

Atmosfera xavosini ifloslanishidan muxofaza kilish tadbirlari. 

Atmosfera  uz-uzini  tabiiy  tozalash  jarayoniga  ega.  Ulardagi  yoginlar  iflos 

moddalarni,  xavoni  yuvadi,  shamollar  xavodagi  ifloslanuvchi  moddalarni  uchirib, 




bir  joyda  tuplashiga  yul  kuymaydi,  tuprokka  yoki  suv  yuzasiga  tushgan  iflos 

moddalar esa reaksiyaga kiradi va okibatda neytrallashib koladi. 

Lekin  sanoat  ayniksa  yokilgi  sanoati  tarakkiy  etgan,  transport  rivojlangan, 

kishlok  xujaligi  mashinalashgan 

va 

ximiyalashgan,  axolining  kupayib 



urbanizatsiya  jarayoni  kuchayotgan  bizning  asrimizda  atmosferaning  sun’iy 

ifloslanishi tabiiy tozalanishiga nisbatan ustunlik kilmokda. Shu sababli atmosfera 

uz  uzini  tabiiy  tozalaydi,  deb  xotirjam  utirish  katta  salbiy  okibatlarni  chikarishi 

mumkin.  Shuning  uchun  atmosferaning  sun’iy  ifloslanishidan  tozalash  yullarini 

joriy  etish,  uning  oldini  olish  bugungi  kunning  asosiy  vazifasidir.  Bularga  bir 

necha chora tadbirlar mavjud, ularning eng muximlari kuyidagilardir: 

1. Tutun chikaruvchi dudburonlarni balandrok kurish, atmosfera ifloslanishining 

oldini olishning eng kadimiy yullaridan biridir; 

-buning  natijasida  iflos  chang  va  gazlar  keng  maydonga  yoyilib,  uning 

konsentratsiyasi  kamayadi.  Misol  balandligi  100  m  bulgan  dudburondan 

chikayotgan  chang  va  gazlar  radiusi  20  km  bulgan  mintakaga  tarkalsa, balandligi 

250  m  bulgan  dudburondan  chikkan  chang,  gazlar  radiusi  75  km  mintakaga 

tarkaladi. 

2.  Pechlarga  kumir,  torf,  koramoy  yokishning  urniga  elektr  energiyadan, 

gazlardan  foydalanilsa-atmosferaga  chang,  kurum,  tutun  va  zaxarli  gazlar  kam 

chikariladi.  Respublikamiz  olimlarining  ma’lumotiga  kura,  kumir  bilan  ishlovchi 

korxonalar gazga utkazilsa, xavoga chikariladigan oltingugurt gazi mikdori 10000 

marta,  uglerod  oksid  mikdori  2000  marta,  azot  oksidlari  mikdori  5  marta 

kamayadi. 

3. Sanoat  korxonalarida  zararli  moddalarni  tozalovchi uskunalar kurish.  Bunda 

atmosferani  kuplab  ifloslovchi  chang,  kurum,  tutun  va  zaxarli  moddalarni 

atmosferaga  chikarishdan  oldin  zararli  ta’sirini  yukotadigan  tozalash  uskunalari 

yasab, ushlab kolishga va ulardan kayta foydalanishga erishish zarur. 

Respublikamizda atmosferani ifloslovchi 1000 dan ortik yirik va urta korxonalar 

bor. Ularda xavoning tozaligini saklashga karatilgan chora tadbirlar zamon talabiga 

javob  bermaydi.  Natijada  usha  korxonalarda  yiliga  4,5  mln.t.  kattik  va  gazsimon 




zararli  moddalarni  35%  atmosferaga  chikib  uni  ifloslantirmokda.  Kimyo 

korxonalari  yiliga  atmosferaga  120  ming.t.  uglevodorod,  40-50  ming.t.  uglerod 

oksidi,  chang  20-25  ming.t.  oltingugurt  gazi,  azot  gazlarni  chikarib  Chirchik, 

Fargona, 

Kukon, 

Samarkand, 

Navoiy, 

Toshkent 

shaxarlari 

xavosini 

ifloslantirmokda.  

O’zbekiston  Respublikasidagi  kora  va  rangli  metallurgiya  korxonalarida 

(Olmalik,  Bekobod)  tozalovchi  uskunalarining  samarali  ishlamasligi  natijasida 

yiliga  atmosferaga  220  ming.t.  iflos  moddalar  chikarilmokda.  Uning  90% 

oltingugurt gazidir. Vazifa-shu korxonalarning ishlash jarayonida yangi zamonaviy 

texnika bilan jixozlangan tozalovchi uskunalar kurishdir. Natijada, jumxuriyatimiz 

xavosi  musaffo  buladi  va  ushlab  kolingan  moddalardan  xalk  xujaligida  kayta 

foydalanish tufayli juda katta foyda olish mumkin. 

4. Atmosfera xavosini toza saklashning muxim bir yuli bu sanoat korxonalarida, 

kommunal-xujalikda  ishlab  chikarish  texnologiyasini  uzgartirish,  chikindisiz 

texnologiya  joriy  etishdir.  Misol:  kabelni  sintetik  koplama  bilan  uraydigan  yangi 

texnologiyaga  utish  orkali  odam  organizmiga  zararli  bulgan  kurgoshinning 

atmosferaga chikishi yukotildi.  

Olmalik  kimyo  zavodida  mis  ishlab  chikarishda  yangi  texnologiyani  kullash 

atmosferaning ifloslanishini keskin kamaytirdi va yiliga 30 ming.t. oltingugurt gazi 

ushlab kolinyapti.  

5.  Shaxarlar  xavosining  ifloslanishini  kamaytirishda  yer  osti  termal  suvlaridan 

foydalanish  yaxshi  natijalar  beryapti  (Kamchatkada,  Kuril  orollarida,  Kavkazda, 

Markaziy  Osiyoda,  Kizlyar  va  Izberbosh  shaxarlarida  issik  suv  xarorati  900dan 

ortikrokdir).  Bunday  suvlar  shaxardagi  maishiy  kommunal  xujalik  va  sanoat 

korxonalarini isitish mumkin.  

6.  Atmosfera  xavosini  toza  saklashda  avtotransport  gazlarini,  dudlarini 

kamaytirish  juda  muximdir.  Avtotransport  atmosferaga  uta  zaxarli  gaz  chikaradi. 

Gazlarni  kamaytirish  uchun  benzin  urniga  gaz  va  elektromobillarga  utsak 

atmosfera ancha toza saqlanadi. Misol: Toshkent shaxrida 1978 yildan beri benzin 

urniga yoppasiga quyuqlashtirilgan propan-butan yoqilg’isi ishlatiladi.  




7. Shaxar va kishloklar xavosini sog’lomlashtirishda atmosferani ifloslanishdan 

saklashda ishonchli usul- yashil usimliklar iflos xavoni filtrlaydi, barglari changni 

ushlab  koladi,  xavo  xaroratini  pasaytiradi,  karbonat  angidridni  yutib,  kislorodni 

ishlab (fotosintez orkali) beradi. Ma’lumki, daraxtlar, butalar, utlar shaxar ichidagi 

changning 80% ni, sulfat angidridning 60% ni ushlab koladi. Buyi 25 metrli bitta 

80-100 yoshli buk daraxti bir soatda 2 kg karbonat angidridni yutib, 2 kg kislorod 

ishlab  beradi.  1  gektar  karagayzor  32  t.  changni  ushlab  koladi.  Yashil  usimliklar 

atmosfera  xavosini  toza  saklashdan  tashkari,  insonlarga  psixologik  ta’sir  etib 

ularga  estetik  zavk  beradi.  Xozirgi  vaktda  Markaziy  Osiyo  va  Kozogiston 

shaxarlari  ichida  yashil  usimliklar  maydonining  kattaligi  jixatidan  Bishkek, 

Olmaota  shaxarlari  oldingi  urindadir.  Olmaotada  xar  bir  kishiga  100  m

2

  yashil 



usimlik (kukalamzor) tugri kelsa, Moskvada 25 m

2

, Omskda 8,9 m



2

, Kiyevda 18,7 

m

2

,  Bakuda  9,5  m



2

,  Nyu-Yorkda  8,6  m

2

,  Londonda  7,5  m



2

  va  Parijda  6m

2

  tugri 


keladi. 

 

 



 

III. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI 

 

Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash. 



To‘qimachilik  sanoatida  texnologik  jarayonlarning  jadallashishi,  mashina 

qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish unumdorligining oshishi, 

ularning xavfsizligini oshishini ham taqozo qiladi. 

Mashina  va  dastgohlarning  xavfsizligini  ta’minlash  ularni  loyihalash 

jarayonidan  boshlab  amalga  oshiriladi.  Birorta  yangi  mashina  yoki  dastgoh 

xavfsizligi ta’minlanmagan bo‘lsa, foydalanishga ruxsat berilmaydi. 

Amaldagi  Davlat  standarti  uskunalarning  xavfsizlik  ish  prinsipi, 

konstruksiyasining 

xavfsiz 

sxemasini 

tanlash, 

ularning 

konstruksiyasida 

mexanizatsiya,  avtomatlashtirish,  masofadan  (distansion)  boshqarish  vositalarini 

qo‘llash,  ergonomik  talablarni  bajarish,  xavfsizlik  texnikasi  va  yong‘inga  qarshi 



tadbirlar,  ularni  o‘rnatish,  foydalanish,  sozlash,  saqlash  va  transportirovkalash 

texnik hujjatlarga kiritilishini talab qiladi. 

Mashina va dastgohlar kerakli himoyalovchi va saqlovchi moslamalar bilan 

ta’minlanishi kerak. Bular quyidagilarga bo‘linadi: 

-  to‘suvchi  moslamalar.  Bular  mashina  va  uskunalarning  xarakatidagi  yoki 

xavfli  mexanizm  qismlarini  kishining  behosdan  tegib  ketishidan  to‘sadi.  Bunga 

qayishli uzatish, shesternyalar, elektr toki ostidagi qismlar kiradi; 

-  blokirovka  qiluvchi  moslamalar.  Bularda  to‘sqich  elektrodvigatel  bilan  zanjir 

orqali birlashtirilgan bo‘lib, to‘sqich ochilgan vaqtda mashina to‘xtaydi; 

- tormozlovchi moslamalar. Mashina o‘chirilgandan so‘ng uning tezda to‘xtashi 

xavfsizlik jihatidan katta ahamiyatga ega; 

- signal beruvchi moslamalar. Mashina va dastgohlarda ishlash jarayonida xavf 

tug‘ilganda tovushli yoki yorug‘lik signallari beriladi; 

-  ishchilarga  xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  omillari  ta’sirini  kamaytiruvchi 

yoki oldini oluvchi himoya vositalari. 

 

 



Jarohatlovchi omillar va xavfli zonalar. 

Ishlab  chiqarishda  jarohatlanish  xodisalari  quyidagi  omillar  mavjud 

bo‘lganda bo‘lishi mumkin: elektr toki, mashina va dastgohlarning xarakatlanuvchi 

qismlari, qayishlar, barabanlar, shkivlar, tishli ish shesternyalari va boshqalar, issiq 

yuzalar,  mato  tukini  kuydirish  mashinasi,  zararli  kimyoviy  moddalar,  matolarni 

pardozlashda  ishlatiladigan  kislota,  ishqor  va  boshqa  o‘yuvchi  moddalarning 

behosdan tushib ketishi, yuqoridagi ish joylarida to‘siqsiz ishlash. 

Kishi hayotiga, sog‘lig‘iga doimiy yoki vaqti – vaqti bilan xavf tug‘diruvchi 

joy xavfli zona deb ataladi. Bunday zonalar korxonalarda talayginadir. Mashina va 

dastgohlarning har qanday aylanuvchi qismi xavflidir.  

Sanoatda shovqin va titrashdan saqlanish. 

Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo‘shilib 

eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa 



tarang  muhitdan  kelib  chiqadigan  to‘lqinsimon  harakatlardan  iboratdir.  U  tovush 

chiqaradigan  jismlarning  tebranishi  natijasida  hosil  bo‘ladi    va    bizning  eshitish 

organimiz tomonidan qabul qilinadi. 

Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada 

og‘riq  turg‘izadi  va  quloq  shang‘ib,  asab  sistemasiga  ham  yomon  ta’sir  qiladi. 

Ayniqsa  fikrni  to‘plab,  aqliy  ish  bilan  shug‘ullanishga  imkon  bermaydi,  butun 

diqqat  –  e’tiborni  berib  ishlash  lozim  bo‘lsa,  ish  qobiliyatini  (10-60%  ga) 

pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas 

darajada  ta’sir  qilishi  asab  sistemasini  ishdan  chiqishiga  olib  kelishi  mumkin. 

Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek to‘xtovsiz ravishda bir xilda chiqib 

turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi. 

Shovqin  ta’sirida  turli  a’zolar  va  sistemalarning,  masalan  hazm  qilish 

(oshqozon  shirasi  sekretsiyasining  o‘zgarishi)  qon  aylanishi  (qon  bosimining 

ko‘tarilishi) va shunga o‘xshashlarning  normal faoliyati buziladi. 

Shovqinlar kelib chiqishi bo‘yicha asosan uch xil bo‘ladi:  

1. Sanoat shovqini; 

2. Transport shovqini; 

3. Maishiy shovqinlar. 

Shu  bilan  birga  gaz  va  suyuqliklarning  harakati  natijada  ham  shovqin 

chiqishi  mumkin. Bunday  shovqinlar aerodinamik  shovqinlar  deb  ataladi. Sanoati 

korxonalari  ham  shovqindan  mustasno  emasdir.  Shovqin  darajasi  yuqori  bo‘lgan 

sexlarda  ishlovchi  ishchilarda  kasbiy  kasallik  “  shovqin  kasalligi”  uchrab  turadi. 

Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashi natijasida “titrash kasalligi” 

ham uchrab turadi. 

Signal ranglari va xavfsizlik belgilari. 

Keyingi yillarda ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida signal 

ranglari  va  xavfsizlik  belgilari  keng  tarqalmoqda.  Xavfsizlikni  ta’minlash 

maqsadida asosan to‘rt xil rang qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi: 

- Qizil – “To‘xtang”, “Ta’qiqlangan”, “Xavfli”; 

- Sariq – “Diqqat”, “Xavf-xatar ehtimoli bor”; 




- Yashil – “Xavfsiz”, “Ruxsat etilgan”, “Yo‘l ochiq”; 

- Ko‘k – boshqa xabarlar. 

Bulardan tashqari oq rang – chegaralovchi chiziqlarni belgilashda va sexning 

qorong‘iroq  burchaklarini  bo‘yashda  ishlatiladi.  Qizil  rang  bilan  mashina 

uskunalarining  xavfli  qismlari,  to‘siqlarning  ichki  yuzalari,  to‘xtatish  tugmalari 

hamda o‘chirish vositalarini bo‘yash maqsadga muvofiqdir. Sariq rangga transport 

vositalari 

(elektrokarlar, 

yuk 

ko‘tarish 



kranlari 

va 


h.k.), 

qurilish 

konstruksiyalarining  xavfli  qismlari  bo‘yaladi.  Yashil  rang  bilan  xavfsizlikni 

ta’minlash  vositalari  yordamchi  eshiklar,  aptechkalar  va  hokazolarni  bo‘yashda 

foydalaniladi. 

Qabul qilingan xavfsizlik belgilari quyidagilardir: 

-  Ta’qiqlovchi  –  doira  shaklida  qizil  rangga  bo‘yalgan.  Doiraning  o‘rtasida 

qora rang bilan ta’qiqlovchi obyektning ramziy rasmi tasvirlangan; 

-  Ogohlantiruvchi  –  teng  tomonli  sariq  rangga  bo‘yalgan  uchburchak 

shaklida  bo‘lib,  o‘rtasida  ogohlantiruvchi  obyekt  ramzi  qora  rangda  tasvirlangan 

(elektr toki va radiatsion xavf bo‘lganda ramz qizil rangda tasvirlanadi); 

- Ko‘rsatuvchi – ko‘k rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, 

o‘rtasida qora rangda ko‘rsatuvchi obyekt ramzi tasvirlanadi. Tibbiyot xonalari va 

yong‘in xavfi belgilari qizil rangda tasvirlanadi.  

- Buyuruvchi – yashil rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, 

o‘rtasida qora rangda buyuriluvchi obyekt ramzi tasvirlanadi. 

Ish joyini tashkil qilish. 

Hozirgi paytda yangi texnologik jarayon, yangi mashina va uskunalar albatta 

“Mahsulot  sifati  va  ergonomik  ko‘rsatkichlar”da  belgilangan  talablarga  javob 

berishi  kerak.  Ish  joyida  narsalarning  joylashtirilishi,  ularning  shakli,  rangi  va 

boshqa  qator  omillar  noto‘g‘ri  joylashtirilsa  ishchini  charchatadi,  to‘g‘ri 

joylashtirilganda esa aksincha, ish unumdorligini oshiradi. 

Bunda  ish  joylarini  tashkil  qilish  ham  katta  axamiyat  kasb  etadi:  asboblar 

tugmalarining  joylashtirilishi,  rangi  mashinaning  balandligi  va  boshqa  ishlab 

chiqarish  sharoitlari  shular  jumlasidandir.  Bular  shunday  joylashtirilishi  lozimki, 



ishchi  ortiqcha  xarakatsiz,  o‘zini  zo‘riq-tirmasdan  ulardan  osonlik  bilan 

foydalansin. 

Ish  joyining  balandligi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Odatda  u  1000–

1600  mm  oraliqda  olingani  maqsadga  muvofiqdir.  Bundan  tashqari  ko‘zning 

imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak. 



Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizlik shartlari. 

Sanoat  korxonalarida  bosim  ostida  ishlaydigan,  apparat,  idish  va  quvurlar 

ko‘p  ishlatiladi.  Bular  ko‘pincha  portlash  xavfini  tug‘dirishi  mumkin.  Bunday 

portlashlarga  zanglash  natijasida  uskuna  devorlarining  yemirilishi  va  mexanik 

pishiqligining  yo‘qolishi,  ayrim  qismlarining  qizib  ketishi,  biror  qattiq  jismning 

urilishi  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Bundan  tashqari  portlovchi  va  yonuvchi 

moddalarga  uchqun  ta’sir  qilishi  natijasida  ham  portlash  sodir  bo‘lishi  mumkin. 

Bunda yonish tezligi sekundiga yuzlab metrni tashkil qiladi. 

Bosim ostida ishlaydigan idishlar qayta ta’mirlanib kavsharlangan bo‘lsa, bir 

joydan  ikkinchi  joyga  ko‘chirilganda  yoki  uning  xavfsiz  ishlashiga  javobgar 

shaxsning talabi bilan muddatidan ilgari texnik ko‘rik o‘tkaziladi. Gidravlik sinov 

esa  har  sakkiz  yilda  bir  marta  o‘tkaziladi.  Ish  harorati  2000  S  gacha  bo‘lgan 

idishlarning  gidravlik  sinovi,  ularga  suv  yoki  zaharsiz  va  portlamaydigan  boshqa 

suyuqlik  bilan  qo‘shimcha  bosim  berish  orqali  o‘tkaziladi.  Qo‘shimcha  bosim 

idishning  ish  bosimiga  bog‘liq  bo‘lib,  quyma  idishlardan  tashqari  barcha  idishlar 

uchun ish bosimidan 25-50 foiz katta bo‘ladi. Shunday bosim ostida (devorlarining 

qalinligi  50  mm  gacha  bo‘lgan  idishlarda)  10  minut  ushlab  turiladi  va  biror 

sezilarli  o‘zgarish  bo‘lmasa,  ya’ni  choklardan  ajralish,  suyuqlik  tomishi,  tashqi 

devorlarining  terlashi,  qoldiq  deformatsiyalar  ko‘rinmasa  idishlar  gidravlik 

sinovdan o‘tgan hisoblanadi. 

Bosim  ostida  ishlaydigan  uskunalar  normal  texnologik  rejimda  va  xavfsiz 

ishlashini  ta’minlash  uchun  quyidagi  nazorat-o‘lchov  asboblari  va  ehtiyot 

uskunalari  bilan  ta’minlangan  bo‘lishi  kerak:  ulardagi  suyuqlik  yoki  gazning 

bosimini o‘lchash uchun va doimo nazorat qilib turish uchun manometr, haroratni 

nazorat  qilib  turish  uchun  termometr,  bosim  oshib  ketgan    taqdirda  portlashni 

oldini  olish  uchun  saqlagich,  idishda bir  vaqtning  o‘zida  gaz  va  suyuqlik  bo‘lgan 

taqdirda  suyuqlikning  ko‘p  yoki  ozligini  ko‘rsatuvchi  asbob,  idish  ichidagi 

moddani butunlay chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama, agar idish ichida 

kondensat to‘plansa, uni chiqarib tashlash imkonini beruvchi moslama. 



Quvurlarning  ishonchliligini  ta’minlash  uchun  ularning  issiqdan  uzayishini 

hisobga  olish  kerak.  Buning  uchun  ularning  burilgan  joylari  ravon  va  silliq  qilib 

yasaladi  hamda  kondensator  halqalari  va  shunga  o‘xshash  elementlar  kiritiladi. 

Issiqlik  deformatsiyalarini  bir  tekis  taqsimlash  maqsadida,  ularni  ayrim 

uchastkalarga  bo‘lib  chiqib,  issiqdan  uzayishga  imkon  qoldirib,  oxirgi  nuqtalarini 

tayanchlarga mustaxkamlanadi. 

Yong‘inga qarshi ishlarni tashkil qilish. 

Yong‘inlar  xalq  xo‘jaligiga  katta  moddiy  zarar  keltiradilar.  Yong‘in  bir 

necha  minut  yoki  soat  ichida  juda  katta  miqdordaga  xalq  boyliklarini  yondirib, 

kulga  aylantiradi.  Yong‘in  vaqtida  ajralib  chiqadigan  tutun,  karbanat  angidrid  va 

boshqa  zararli  hid  va  gazlar  ko‘p  miqdorda  atmasferaga  ko‘tarilib,  nafas  olish 

uchun  zarur  bo‘lgan  havoning  tarkibini  buzadi.  Bundan  tashqari,  yong‘indan 

ko‘riladigan zararlarning eng yomoni shuki, unda ko‘plab kishilar jarohatlanadi va 

hatto  o‘lishi  ham  mumkin.  Bularning  hammasi,  yong‘inga  qarshi  kurash 

tadbirlarini,  bu  vaqtda  paydo  bo‘ladigan  ishlarni  xavfsiz  bajarish  usullari  va 

mehnat muhofazasi bilan birgalikda o‘rganishga majbur qiladi. 

Yong‘in  chiqishining  oldini  olishda,  o‘t  o‘chirishda  asosiy  mas’uliyat 

kishilar zimmasiga tushishini va ularning yong‘inni o‘chirish texnikasining barcha 

talablarini  to‘liq  bajarishlariga  bog‘liq  ekanligini  unutmasligimiz  kerak.  Sanoat 

korxonalarida  bu  tartibli  ravishda  yong‘in  texnikasi  haqidagi  nizom,  yong‘in 

xavfsizligi qoidalari, yo‘riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi kerak. 

 

 



 

 

 



 

 

 



IV. IQTISODIY QISM 


 

Issiqlik  almashinuvi  qurilmasini  texnikaviy  –  iqtisodiy  hisobidan  asosiy 

maqsad  issiqlik  almashinish  qurilmasini  texnikaviy  –  iqtisodiy  tomondan 

asoslashdan iborat. 

Odatda  bunday  hisoblashlar  bir  necha  variantlar  bo‘yicha  bajariladi. 

Tanlangan  variantlarni  baholash  quyidagi  eng  maqbul  belgilarning  birortasi 

bo‘yicha  olib  boriladi:  foydali  ish  koeffitsiyenti,  1  m2  yuzaga  sarflanadigan 

energiya miqdori, eng maqbullikning texnik – iqtisodiy mezoni va boshqalar. 

Quyida  issiqlik  almashinuvi  qurilmasining  iqtisodiy  hisobi  keltirilgan. 

Hisoblash  yuqorida  keltirilgan  issiqlik  konstruktiv  hisobini  davomida  sifatida 

amalga oshiriladi. 

Issiqlik almashinuvi qurilmasining umumiy massasi 

М

ИАҚ


=1430 кг [д] 

Issiqlik almashinuvi qurilmasi quvurlarining massasi 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish