Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilar tomonidan bajariladigan topshiriqlar yuzasidan metodik ko‘rsatma
Test topshirig‘ining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo‘yiladigan talablarni o‘rganing.
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasiga ko‘ra o‘zingiz o‘qiydigan kurs bo‘yicha reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy darajadagi test topshiriqlarini tuzing.
Test topshiriqlarining mazmuni va sifatiga DTM tomonidan qo‘yiladigan talablarni o‘rganib chiqing.
O‘zingiz o‘qiydigan kurs bo‘yicha tuzgan reproduktiv, produktiv, qisman- izlanishli va ijodiy darajadagi test topshiriqlarini DTM tomonidan qo‘yiladigan talablarga moslashtiring.
Quyida berilayotgan standart testlarning turlarini o‘rganing.
Do'stlaringiz bilan baham: |