Oddiy oqsillarnig hazm bo`lishi va so`rilishining buzilishi. Oqsil oziq- ovqat ratsionining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ovqat bilan me`da-ichak yo`llariga kirgan oqsil ovqat hazm qilish shiralaridagi fermentlar ta`sirida parcha- lanadi (singiydi). Oziq-ovqatdagi oqsil aminokislotagacha parchalanib, ichak orqali qonga o`tadi. SHunday qilib, oziq-ovqatdagi oqsil o`ziga xos ko`rinishini yo`qotadi, undan hosil bo`lgan aminokislotalardan organizm o`ziga mos – strukturali, fermentli va h.k. oqsilni vujudga keltiradi. Ba`zi oqsil- ning me`da- ichak yo`lida chala parchalanishi ancha og’ir kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |