O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Sport o`yinlari bilan shug’ullanish gigienasi



Download 1,7 Mb.
bet236/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Sport o`yinlari bilan shug’ullanish gigienasi


Sport o`yinlari sportchilardan yuksak darajadagi tezlik-kuch sifatlariga ega bo`lishi, jadal harakat qila olishni, sakrash mahoratiga va sakrash chidamligiga ega bo`lishni, a’lo darajadagi psixo fiziologik fazilatlarni bir-biriga mushtarak holda koordinatsiya qilib, sermazmun o`yinlar o`tkaza olishni, tezda bir qarorga kelish va bu qaror ratsional amaliy harakatlarga aylantirish qobiliyatiga ega bo`lishni talab qiladi.

Sport musobaqalari ko`pincha tig’iz tuzilgan grafik asosida va ko`p hollarda turli vaqtlarda yangi, kishi hali o`rganmagan iqlim zonalarida o`tkaziladi. SHuning uchun sportchilarning jismoniy va psixik jihatdan o`zini tezda tiklab olish qobiliyatiga ega bo`lishi, soniyalik rejimining yangi ritmlariga toza moslasha olishi, berilgan vaqt ichida maksimal darajada psixik va harakat faolligini namoyon qila olishi muhim ahamiyatga egadir.

Sportchi shafqatsiz yakkama-yakka olishuv sharoitida vaziyatni bir zumda baholay olish hamda ratsional amaliy harakatni bajarish qobiliyatini egallagan bo`lmog’i kerak. Bunday qobiliyat ko`p hollarda tug’ma qobiliyat hiosblanadi, lekin shunday bo`lsa ham u effektiv va aniq maqsadga qaratilgan mashg’ulotlar o`tkazishni taqozo etadi. Sportning uyin turlarida sportchi odamlarga tez aralashib ketadigan, ular bilan tezda aloka urnatadigan, urtoklik, do`stlik xis tuyg’ulariga ega bo`lgan vatanparvar bo`lmog’i kerak. CHunki o`yinlar uchun kollektiv xatti- xarakatlar xarakterli bo`lib, bunda yorqin ko`rinib turgan individual qobiliyat fakat komanda tomonidan qo`llab-quvvatlab turilgan takdirdagina o`zini ko`rsatishi mumkin. Bu masalalar fakat pedagoglar uchun emas, balki gigienachilar uchun xam muximdir, chunki komandadagi kulay, ijobiy psixologik vaziyat sportchilar salomatligini saqlashda muxim rol o`ynaydi.

Sport o`yinlari etarli darajada yuksak chidamlilik (aerobik funktsiya) ni talab qiladi, chunki musobakalar va mashg’ulotlar uzoq muddat mobaynida o`tkaziladi. Sportchilarning aerobik yuksalish darajasi 60 ml /kg/ daqiqadan kam bo`lmasligi kerak. Mashg’ulotlar muntazam ravishda keng miqdordagi umumiy, jismoniy tayyorgarlik mashqlarini, spirinter yugurishni, sakrash mahoratini rivojlantirish uchun yakka tartibdagi eng yukori sakrash ko`rsatkichlari bajariladigan mashq- larini, sakrash chidamliligini rivojlantirish uchun kup marta sakrala-digan mashqlarni, umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun uzoq masofaga yugurishni va boshqa shunga o`hshash mashqlarin o`z ichiga olishi kerak.

Hozirgi vaqtda mahsus tayyorgarlik mashqlari va musobaqalar xonalar ichida /zallarda, manejlarda, sport saroylarida/ o`tkazilmokda. SHuning uchun sportchilarning chidamliligini mustahkamlash va rivojlantirish uchun bajariladigan umumiy-jismoniy mashqlarning va uyin tipidagi mashg’ulotlarning bir qismini ochiq havoda o`tkazish kerak.

Kuch-quvvatni tiklash tadbirlarida psixo-emotsional jihatdan tiklanish mashqlariga muhim urin ajratilishi lozim. Buning uchun psixologik razgruzka va stimulyatsiyaning mahsus metodlaridan /autogen mashg’ulot va boshqalardan/ foydalanish zarur.

Sportning uyin turlarida sharoit haddan tashqari og’irlashib ketgan hollarda mushaklarning cho`zilishi, pay va paychalarning uzilishi singari holatlarga tez-tez duch kelib turiladi; bunday jaroxat va shikastlanishlar sportchilar yiqilib tushganida, o`yinchilar bir-biriga qattiq urilib ketganida, tup kattik kelib tekkanida sodir buladi. SHveytsariya straxovaniya agentligi tomonidan sport uyinlari

/futboldan tashkari/ chogida ikki yil ichida yuz bergan jaroxatlarning analizi shuni kursatadiki, 401 ta sport jaroxatining 12% i soat 12 dan 30 minut utgunga kadar,

12.30 dan boshlab to 18.30 ga qadar 29,5%, 18.30 dan keyin-58.5% sodir bo`lgan; 12,5% shikastlanish dushanbadan jumagacha yuz bergan; 15,5% sportchi shanba kuni, 22% sportchi yakshanba kuni jaroxatlangan; shikastlanish 32,9%-yozda, 33,4%-kishda, 3,6% baxor va kuz fasllarida sodir bo`lgan. Travmatizm, ya’ni shikastlanish sabablari kuyidagicha: notugri xarakat natijasida yikilganlar-51%, bir-biriga urilib mayib bulganlar-21%, koptok-to`p zarbida shikastlanganlar-17%, sport inventariga urilib mayib bulganlar-5% noma’lum sabab bilan shikastlanganlar 6% ni tashkil etgan. jAroxatlar topografiyasi kuyidagicha: boshning shikastlanishi-9,5 %,shu jumladan, jag’-yuz qismining jaroxatlanishi-8

%; qo`llarning mayib bo`lishi-34 %, shu jumladan, barmoqlarning shikastlanishi

18 %, gavdaning jaroxatlanishi 6,5 % oyoqlarning shikastlanishi- 50 %, shu jumladan, tovon-to`piqlarning mayib bo`lishi-15% ni tashkil etadi. Jaroxat turlari kuyidagicha: kontuziyalar va et uzilishi xollari-59.5%, suyak sinishi va qo`l oyoqlarning chiqishi-17%, menisk jaroxati -5%, muskul-mushaklar uzilishi 2,5%, ochik jaroxatlar-3 %, miyaning chayqalib lat eyishi- 1 %, boshqa jarohatlar- 4,5 % ni tashkil etgan. Sport turi bo`yicha jarohatlar; gandbolda-35 %, basketbolda- 26

%, tennis va badmintonda-9 %, voleybolda- 7 % ni tashkil etgan. Jarohatlanganlarning 5 % i, shu jumldan, qo`li mayib bo`lgan kishilarning 4 % i invalid bo`lib qolgan.

Bunday holning oldini olish uchun razminkani etarli darajada o`tkazish, ya’ni mushaklarning qizishini va ularning elastikligini oshirishni ta’minlash, sportchilarning mashq bajarish texnikasini va umumiy mashq bajarish texnikasini va umumiy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, mashg’ulot o`tkaziladigan joyga nisbatan quyiladigan gigienik talablarni bajarish zarur. Sport o`yinlari bilan shug’ullanuvchi sportchilar, ayniqsa, ular yopiq xonalarda mashg’ulotlar o`tkazgan vaqtlarida bir-birlari bilan juda yaqin aloqada bo`ladilar va shuning uchun ham bu erda havo-suv orqali o`tadigan infektsiyalar tarqalish havfi boshqa joylarga qaraganda ko`proq bo`ladi; buning profilak-tikasi umumiy gigienik talablarni bajarishdan hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar o`tkazishdan iboratdir. YUqumli kasallik manbai bo`lgan kasalni boshqalardan ajratib alohida yotqizish, xonani yaxshilab ventilyatsiya qilish va supurib-sidirish, sportchilarni chiniqtirish, ayniqsa muhim ahamiyatga egadir.

Kundalik ovqat tarkibida 63-68 kkal/kg, miqdorida bo`lishi kerak. Kundalik ovqat ratsioni sport gigienasi va ovqatlanishning umumiy qoidalarga muvofiq

ravishda tuzib chiqiladi. Musobaqalarning jadvali o`zgarib turadigan sharoitlarda ham iloji boricha ovqatlanish rejimiga rioya qilish lozim. CHunki organizmning yangi sharoitga moslashishi va yangicha ovqatlanish rejimiga o`tish uchun nisbatan uzoq muddat talab qilinadi.

Turli jarohatlarning oldini olish uchun futbolchilar va xokkeychilar kiyimiga qo`shimcha yana maxsus himoya moslamalari (shchit qalqoncha-lar, prokladkalar,kaskalar, darvozabonlar niqobi va boshqalar) ni kiyish ham nazarda tutiladi. Voleybol, basketbol, gandbolda tizza bo`g’imlarini jarohatlanishdan saqlaydigan mahsus moslamalar- nakolenniklar qo`llaniladi.

Sport zalidagi havoning harorati +15-16* bo`lishi kerak; nisbiy namligi esa- 30-60 % bo`lmog’i zarur; havo so`rish-havo chiqarish ventilyatsiyasi xonadagi havoni har soatda 2-3 martadan almashtirib turishi zarur; yoritish vertikal va gorizontal shaklda-200 lk. Ga teng bo`lishi kerak.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish