Shafranovskiy sinalmasi- dinamik sinalma bo`lib, bunda oldin o`pkani tiriklik sig’imi tinch xolatda o`lchab olinadi, ungacha tekshiriluvchi uch minut davomida o`rnida minutiga 180 qadamdan iborat yugurish mashqini bajaradi. SHundan keyin yana o`pkaning tiriklik sig’imi mashqni bajarib bo`lgandan keyinoq hamda 1,2,3 minut o`tgandan keyin o`lchanadi. Tayyorgarlik ko`rgan sportchilarda o`pkani tiriklik sig’imi yugurgandan keyinoq 200 ml.gacha o`zgaradi va 3 min. o`tgandan keyin organizmni funktsional holati tiklanadi. YOmon tayyorgarlik ko`radigan sportchilar va kasallarda bu ko`rsatkich 200-500 ml. gacha pasayishi mumkin va 3 minut davomida organizm tiklana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |