Yurak qon-tomirlar sistemasining funktsional holatini baholash
Letunov sinalmasi.
Ushbu sinalmani amalga oshirishdan oldin tekshiruvchini 60 sekund (1minut) davomidagi tomir urish soni 6 ta 10 sekund asosida bo`lingan holatda sanab olinadi. Undan so`ng arterial qon bosimi ham o`lchab olinadi. Letunov sinalmasini bajarishda 3 qismlik ish bajariladi.
1 qismda 30 sekund davomida 20 marta o`rnida o`tirib turish mashqi bajariladi. Bunda o`tirganda qo`llar oldinga cho`zilgan dastlabki holatga qaytganda esa qullar yonda bo`ladi. So`ngra 3 minut davomida, har bir minutni 10 sekundlarga bo`lingan holatda tomir urish soni va arterial qon bosimini o`lchash yo`li bilan organizimning tiklanishi aniqlanadi.
qismda 15 sekund davomida teshiriluvchi o`rnida maksimal tezlikda yugurish mashqini bajaradi. SHundan so`ng esa 4 minut davomida yuqoridagi ko`rsatilganidek, har bir minutni 10 sekundlarga bo`lib olgan xolda, tomir urishlar soni va arterial qon bosimini o`lchash orqali organizmni tiklanishi aniqlanadi.
qismda tekshiriluvchi tomonidan 3 minutlik, har bir minutiga 180 qadamdan iborat bo`lgan yugurish mashqi bajariladi va 5 minut davomida yuqoridagilardek organizmning funktsional holatini tiklanishi aniqlanadi.
Bu sinalmani bajarishda quyidagilarga e`tibor berish kerak. Jumladan har bir qismni bajarish yuqorida ko`rsatilgan tartibda amalga oshishi kerak. Bunda 20 martalik o`tirib turish, 15 sekund yugurish uchun organizmni tayyorlab olish bo`lsa, 15 sekund yugurish 3 minut davomida, har bir minutiga 180 qadamdan iborat bo`lgan yugirish mashqi uchun organizmni tayyorlab olish imkoniyati xisoblanadi. Bundan tashqari 3 qismni bajarganda tajriba bordiyu, bolalarda olib borilsa, ularni jinsini ham xisobga olishga to`g’ri keladi. Jumladan, qiz bolalarda minutiga 180 qadamli yugurish mashqi 2 minut, o`g’il bolalarda esa 3 minut davomida bajariladi. Sinalmadan olingan natijalarga asoslanib, organizm yurak qon-tomir sistemasannng funktsional holati va organizmning ish qobiliyati to`g’risida xulosaga kelinadi. Bunda tomir urishining oshishi va bosimini o`zgarishi va organizmning tiklanishi darajasiga ko`ra quyidagi jismoniy og’irliklarga nisbatan organizm reaktsiyalari aniqlanadi: 1. Normatonik reaktsiya; 2. Gipotonik reaktsiya (astenik); 3. Gipertonik reaktsiya; 4.
Distonik reaktsiya; 5. Poganasimon reaktsiya.
Normatonik reaktsiyada quyidagilar sodir bo`ladi. Tomir urishi sezilarsiz oshadi. Yuqori qon bosimi ozgina oshadi, pastki qon bosimi esa ozgina pasayadi. Organizm tiklanishi 3-5 minutda sodir bo`ladi. Bu yaxshi shug’ullanmaganlarda sodir bo`ladi.
Gipotonik (astenik) reaktsiyada tomir urishi qisman oshadi. Yuqori qon bosim kuchsiz oshadi, pastki qon bosim esa oshib ketadi. Organizmning tiklanishi normada yoki normadan yuqori bo`ladi. Bu reaktsiya kasallik holati bo`lib, organizm haddan tashqari charchaganda, kasaldan yangi turganda yoki sportchi yuragi zo`riqqan hollarda uchraydi.
Gipertonik reaktsiyada tomir urishi keskin oshib ketadi. Yuqori qon bosimi esa juda yuqori, pastki qon bosimi ham oshadi. Organizm tiklanishi 5 minutdan oshib ketadi. Gipertonik reaktsiya asosan qari odamlarda uchraydi, aterioskleroz va gipertoniya kasalligi bilan jabrlanayotganlarga xos reaktsiyadir. Bu yoshlarda esa kelajakda gipertoniya bo`lib qolishini vujudga keltiradi. Bundan tashqari xaddan tashqari ko`p shug’ullanganlik yoki trenirovkalarni sonini oshirilishi natijasidir.
Distonik reaktsiya tomir urishi sezilarli oshadi. Yuqori qon bosim juda oshib ketadi, pastki qon bosim «0» gacha tushib ketadi. Organizmni tiklanishi normadan ko`p. Distonik reaktsiya ham kasallik hisoblanadi. Bu o`ta charchash, o`ta shug’ullanish va nevrozlarda yoki yuqumli kasallik bilan og’riganlarda uchraydi.
Pog’anasimon maksimal bosimni oshish reaktsiyasidir. Bunda tiklanish davrining 2-3 minutda yuqori qon bosimi, ishni bajarib bo`lgandan so`ngi ko`rsatkichiga nisbatan yuqori bo`ladi. Bu ham kasallik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |