Bunda asosan quyidagi holatlarga katta etibor beriladi
Bolani unumli mehnat qilishi, charchab qolmasligi, dars jadvallarini gigienik talab darajasida tuzish;
Bolani faol dam olishini tashkil qilish yani qiyin darslardan keyin engil ( jismoniy tarbiya, ashula darslarini) qo`yish, bolalarni ochiq havoda ko`proq bo`lishi;
3 Bolani to`g’ri ( ratsional ) ovqatlanishi;
Badantarbiya va sport bilan shug’ullanishi;
Organizmni doimo chiniqtirib borish;
SHahsiy va psixogigiena qoidalariga rioya qilish;
YOmon odatlardan o`zini tiyish (so`kish, urishish, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish);
Har yili bir marta tibbiy dispenser ko`rigidan o`tish;
Partada to`g’ri-g’oz holatida o`tirish (bukilib o`tirish-bukrilikni keltirib chiqarishini tushuntirish);
Kitob o`qiganda yorug’likni chap tomondan tushishi, kitob bilan o`quvchi ko`z oralig’i 20 sm bo`lishligini o`rgatish; Bunga amal qilinmasa ko`rish qobiliyatini buzilishini tushuntirib boriladi.
Televizorni bolalarga juda uzoq vaqt ko`rish zararliligini tushuntirish;
Kichik maktab yoshidagi (7-11 yashar) bolalarda ko`pgina sistema va organlar mukammallashib boradi, bekami-ko`st rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar patalogiyasida o`tkir energiyalar hamon katta ahamiyatga ega bo`ladi, lekin ular endi bir muncha kamroq kuzatiladi. Bu yoshdagi bolalarda revmatizm ancha ko`proq uchraydi. Sil barvaqt boshlangan yoki surunkali davom etadigan intoksikatsiya ko`rinishida o`tishi mumkin.
Katta maktab yoshi ( 12-18 yashar bolalar) endokrin aparatining hiyla qayta tuzilishi, jismoniy bezlar, qalqonsimon bez, gipofiz bezlarning funktsiyasi kuchayishi bilan xarakterlanadi. Bunda jinsiy balog’atga etish kuzatiladi. Bu davrda bola bo`yini o`sishi tezlashadi va uning intelektual qiyofasi o`zini namoyon qila boshlaydi. Bu davrda uchraydigan kasalliklar kattalarnikiga o`xshab qoladi.
Sil kasali qo`zib turishi va zo`rayishi mumkin. Zotiljam kasali lobar va segmentar zotiljam ko`rinishda o`tadi. Balog’atga etish davrida bolalarda yurak- qon tomir sistemasida funktsional o`zgarishlar yuz berib, fel atvori o`zgarib qoladi, hatti xarakatlari dag’allashib, har xil nevrozlar paydo bo`lib turadi.
SHuning uchun sog’lom rivojlanish uchun eng qulay sharoitlar yaratish va shu bilan bir vaqtda meyorini bilib o`tkaziladigan sport mashg’ulotlari yordamida organizmni mustahkamlab borish yo`li bilan patalogik holatlar ro`y berishni oldini olish va o`smirlarning har tomonlama uyg’un rivojlanib borishining to`la-tokis ta’minlab berish mumkin 15 yoshgacha bo`lgan bolalarga bolalar poliklinikalari xizmat qiladi, 15 yoshdan oshgach bolalarga esa kattalarga mo`ljallangan poliklinikalarning o`smirlar kabinetlari xizmat qiladi, shu bilan bir vaqtda maktab tibbiyot hamshirasi va vrachi 7 yoshdan to 17-18 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |