O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Qomat buzilganda davolash jismoniy tarbiyasi



Download 1,7 Mb.
bet103/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Qomat buzilganda davolash jismoniy tarbiyasi.


Qaddi-qomat bolaning yoshligidan boshlab o`sishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga qarab shakllanadi. To`g’ri shakllangan qaddi – qomat kishini xushbichim qiladi, xarakat apparati va butun organizmning normal ishlashiga yordam beradi. Odamning qomati to`g’ri shakllangan bo`lsa umurtqa pog’onasi qiyshayishi bilinmas darajada, kurak suyagida bir – biriga nisbatan simmetrik joylashgan ikkala elka bir tekisda qorin tortilgan, oyoq to`g’ri, oyoq panjalari normal muskullari yaxshi rivojlaggan bo`ladi, qomati noto`g’riligi ayniqa uning o`sish davrida noto`g’ri shakllanishi suyak skeletida turg’un o`zgarishlar xosil bo`lishiga nafas organlari qon aylanishi ovqat xazm bo`lishi siydik ajrashi nerv xarakat apparatini faoliyatini yomonlashuviga, bosh og’rishga, tez tez charchashga, ishtaxa yo`qolishiga olib keladi. elkasi turib chiqqan umurtqa pog’onasi qiyshiq kishilar qomati noto`g’ri bo`ladi. elkasi chiqqan kishilarda elka muskullari sust rivojlangan, umurtqa pog’onasi ko`krak qismi orqaga bir tekisda turtib chiqqan bosh oldiga egilgan, ko`krak qafasi yassi elka kirishgan qorin chiqqan bo`ladi. SHalvaygan qomatda bosh egilgan, ko`krak qafasi yassi, elka kirishgan oyoqlari tizza qismi bukilgan bo`ladi.

Qomat buzilishida umurtqa pog’onasining qiyshayishiga katta ahamiyat kasb etadi. Normal umurtqa pog’onasi tik yurishda moslashgan bo`lib, pastga qarab kengayib boradi. Umurtqa pog’onasining bel, ko`krak va dumg’aza qismlaridan fiziologik bukilmalar bor. Bo`yin va bel qismidagi bukilmalar lordoz ko`krak va dumg’aza qismidagi buklamalar kifoz deb ataladi.



Bo`yin va bel qismlari oldinga ko`krak va dumg’aza qismlari org’aga qarab bukilgan bo`ladi. Bu buklamalar bola boshining mustaqil ko`tarib turishi, o`tira boshlashi va tik turish, yurishidan boshlab shakllanadi. Odam umurtqa pog’onasining o`zgarishi umurtqa pog’onasining qiyshayishi deyiladi. U uch xilda bo`ladi. Lordoz (oldinga), kifoz (orqaga) va Skolioz (yonga) qiyshayishi orqali vujudga keladi. Katta yoshdagi kishining umurtqa pog’onasi old va orqa tomonga qaragan kichikroq bukilmalar bo`ladi. Bu bukilma yoshlikdan asta sekin ayniqsa bola tik turishiga va yurishga o`rgana boshlaganda vujudga keladi. Bu kasallik bo`lmay, balki fiziologik holat xisoblanadi. Umurtqa pog’onasi kasalligida esa umurtqa pog’onisaning fizioligik holatidan chiqib, old va orqa tomonga qarab, qiyshayishi kuzatiladi. Kifoz yoysimon bo`lishi mumkin. Bunda umurtqa pog’onasinig u yoki bu bo`lagi orqa tomonga qiyshaygan bo`ladi. YOysimon kifoz umurtqa pog’onasining ko`krak qismida ko`proq uchraydi. Kifozni bu formasini oldini olish skoliozga o`xshashdir. Uni davolash gimnastikasi, fizioterapiya buyuriladi. Umurtqa pog’onasining orqaga tortib turtib chiqishi ko`proq ko`krak umurtqalarida kuzatiladi va bu bukrilik deb ataladi. Bukrilikka umurtqa pog’onasining turli kasalliklari va shikastlanishi, ko`pincha umurtqani sil bilan kasallanishiga sabab bo`ladi bu kasalni davolab bukrilikni oldini olish mumkin. Lordazda umurtqa pog’onasi ichkariga qiyshayadi. Ko`pincha chanoq suyagining son suyagi bilan tutashgan bug’inining tug’ma chiqishi sabab bo`ladi. Bel lordozi qorniga eyo yig’ilishidan ham paydo bo`ladi. Lordozda umurtqalar deformatsiyalanadi va og’riydi. Umurtqa pog’onasi shikaslangan qismining xarakatlanishi qiyinlashadi. Lordozni davolashda uning sababi aniqlangach vrach tomonidan davo gimnastikasi va massaj buyuriladi.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish