Nafas olish organlari kasallangan bemorlar uchun davolash mashqlari
Bronxial astma bilan kasallangan bemorlar uchun davolash mashqlari
D.h.: - o`tirgan holatda qo`llari tizzada. 30-40 soniya davomida engil nafas olib, erkin holatda tezligini pasaytirish.
D.h.: - o`tirgan holatda, qo`llarni elka tomonga uzatib, barmoqlarni mushtlab, nafas olinadi, dastlabki holatga qaytib nafas chiqariladi. 8- 10 marta sekin suratda bajariladi.
D.h.: - o`tirgan holatda o`ng oyoqni bukib, tizzani qorin tomonga tortib, nafas chiqariladi, dastlabki holatga qaytib nafas olinadi. So`ng chap
oyoqda bajariladi. 5-6 marta
D.h.: - o`ng qo`l kaftini yuqoriga qaratib, o`ng tomonga uzatib, o`ng tomonga burilish. So`ngra chap tomonga bajarishi, 3-4 marta bajariladi.
D.h.: - o`tirgan holatda. erkin nafas olib, uzun nafas chiqarish. Nafas chiqarishda undosh tovushlar talaffuz qilinadi. 5-6 marta bajariladi.
D.h.: - o`tirgan holatda qo`llar tizzada. O`ng qo`l pastga sirg’anib tushganda o`ngga burilib, nafas chiqarish, dastlabki holatga qaytib nafas olinadi. 3-4 marta bajariladi.
D.h.: - nafas olib sekin yurish, 2 qadamda nafas olish, 2 qadamda nafas chiqarish, keyingi mashg’ulotlar nafas chiqarishni 3-4 qadamdan so`ng amalga oshirish. 1 daqiqa davomida.
D.h.: - stul suyanchig’ini ushlagan holatda tik turib o`tirib nafas chiqariladi. Dastlabki holatga qaytib, nafas olinadi, 4-5 marotaba bajariladi.
D.h.: - oyoqlar elka kengligida, qo`llar belda. Nafas olib, uzun nafas chiqarish, nafas chiqarishda undosh tovushlar talaffuz qiladi. 5-6 marta
D.h.: - stul oldida turgan holatda qo`llar belda, oyoqlar ajralgan. Oldinga egilib, qo`llarni stul suyanchig’iga tekizib, nafas chiqariladi, dastlabki holatga qaytib, nafas olinadi. 4-5 marta bajariladi.
D.h.: - chalqancha yotgan holatda o`ng qo`lni yuqoriga ko`tarib nafas olinadi, qo`llarni bo`shashtirib, pastga tushirib, nafas chiqariladi. CHap qo`lda harakat davom ettiriladi. 3-4 marta.
D.h.: - chalqancha yotgan holatda o`ng oyoqni yuqoriga ko`tarib nafas chiqariladi, dastlabki holatga qaytib, nafas olinadi. CHap oyoqda bajariladi. 5-6 marta.
D.h.: - chalqancha yotgan holatda oyoqlarni tizzada bukib, diafragmal nafas olish va uning sonini kamaytirish, 30-40 soniya.
D.h.: - o`tirib, qo`llarni uzatilgan oyoqlar tizzasiga qo`yib, oldinga egilganda, qo`llar oyoqlardan sirg’alib tushirib nafas chiqariladi. Dastlabki holatga qaytib nafas olinadi. 6-7 marta.
D.h.: - chalqancha yotib, oyoqlarni boldir-poshna muskullarida bukish bilan bir vaqtda qo`l barmoqlarini siqib, bo`shatish. 15-16 marta
D.h.: - o`tirgan holatda. Qo`llar belga qo`yilgan. Engil nafas olib, uning suratini erkin pasaytirish. 30-40 soniya.
Nafas olib, trubka orqali suvga nafas chiqarish. 5-6 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |