Vrach-pedagog nazoratini mashg’ulotlarda tashkil qilish
Vrach-pedagog kuzatuvi sport tibbiyoti vrachining ahamiyatli bo`lgan asosiy ishining bir bo`lagini tashkil qiladi. Bular ahamiyatli ravishda meditsina ko`rigida yosh sportchini tekshirish natijasida olingan ma`lumotlarni to`ldiradi. Vrach- pedagog nazoratini vrach bevosita trener bilan birgalikda trenirovka, yig’in va musobaqalar o`tkazilayotgan joylarda amalga oshiriladi. Buning maqsadi shundan iboratki, berilayotgan yuklamalarning yosh sportchilar organizmiga qanday ta`sir ko`rsatayotganligini aniqlash va shu asosda o`quv-trenirovka jarayonini mukammallashtirishdan iborat.
Hozirgi paytda vrach-pedagog nazoratini bevosita amalga oshirishni turli xildagi shakllari qo`llanilmoqda. Jumladan, a) trenirovka boshlanguncha va tugagandan 20-30 minut keyin; b) trenirovka boshlanguncha va u tugagandan 20- 30 minut, 4-6 soat va 24-48 soat o`tgandan keyin; v) trenirovka kuni ertalab va kechqurun; g) trenirovka mikrotsikl ivaqtida qayta tekshiruv; d) dam olish kuni o`tgandan so`ng.
Vrach-pedagog nazorati kuzatuv usullarini oddiy, asbob-anjomli va murakkab turlarga bo`linadi. tekshiruv usullarini tanlashda qo`yiladigan vazifa va sport turining xususiyatiga asoslanadi. CHuqur kuzatishni mo`ljallangan rejalarda quyidagilar tavsiya qilinadi: chidamlilikka asoslangan sport turlarida – elektromiografiya, exokardiografiya, maksimal o`pka ventilyatsiyasi va tiriklik sig’imini aniqlash, qonni tekshirish, bioximik tekshirish usullari (sut kislotasi, mochevina, qondagi qand, qonni kislota-ishqor holati) va boshqalar; sport o`yinlari turlarida - ko`rish analizatori holatini, harakat reaktsiyasi tezligini vaboshqalar; tezlik-kuch va texnik sport turlarida – muskul tonusini aniqlash, koordinatsiya
sinalmalari va boshqalar qo`llaniladi. Tekshirish usullarini qo`llanilishi dispanserizatsiya davrida aniqlangan sog’liq holatidagi mavjud bo`lgan o`zgarishlarga ham bog’liq. Masalan, eKGda o`zgarish mavjud bo`lsa, vrach- pedagog kuzatuvida elektrokardiografiyani, siydikda o`zgarishda-siydikni tekshirishni, arterial bosim oshganda esa mexanokardiografiyani qo`llaniladi. Bunday tadqiqotlarni olib borilishi sport faoliyatida bevosita hosil bo`lgan sog’liq holatidagi o`zgarishlarni aniqlashga yordam beradi.
Anamnez (yunonchasiga anamnezis - xotira), yoki so`rash, sub`ektiv tekshrishi usullariga vrach kuzatuvida kiradi. Uning tibbiy anamnezi umumiy, biografik ma`lumotlarga (yosh, mutaxassislik, oilaviy holat, ma`lumoti va boshqalar) tarbiya sharoiti, uqishi, mehnati va turmushi oldingi, hozirgi davrlarda og’rigan kasalliklari, oilasidagi uchraydigan kasalliklar, salbiy odatlari va boshqa berilgan savollarga javoblarida o`z aksini topadi. Sport anamnezida esa sport bilan shug’ullanishning boshlang’ich davri jismoniy yuklamalarni bajarish vaqtida sodir bo`lgan muammolar va shikoyatlar kiradi.
Jismoniy rivojlanish bu organizmning har tomonlama (komlpeks) funktsional va morfologik xususiyati bo`lib, uning aniqlash unda mavjud bo`lgan zahira kuch bilan ifodalanadi. Jismoniy rivojlanish kattalar va bolalarda bir xil emas kattalarda jismoniy rivojlanish mezoni sog’lomligi bilan ifodalansa bolalarda esa ularning organizmining to`g’ri o`sishi va rivojlanishi bilan iofdalanadi. Jismoniy rivojlanish mezoni bo`lib, gavda tuzilishi ham hisoblanadi. Gavda qismlarini tuzilishiga organizm bir kishini (bolani) gavda tuzilishi uning konstitutsiyasiga bog’liq bo`ladi. konstitutsiya (gavdatuzilishi) asosan uning irsiyati va tashqi muhit omillariga (yashash shart-sharoilari, ovqatlanishi, kasallanganlik holati, mehnat jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganligi) bog’liq bo`ladi. jisomniy rivojlanishni aniqlash orqali bolalar va o`smirlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlarini ular organizmiga ta`sirini ijobiy va salbiy ta`sirini, bolalarni sport turlariga tanlashni,sport formasini tashkil topishi va har bir shug’ullanuvchini shaxsiy morfofunktsional xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Jismoniy rivojlanishning asosiy usullari bo`lib, tashqi kuzatuv (somatoskopiya) va antropometriya usullari ham kiradi. Somatoskopiya usulida gavda, ko`krak qafasining, qorinning, qo`l va oyoqlarning shakli, yog’ bosish darajasi, muskullar va suyak sistemalari rivojlanishining xususiyatlari aniqlanadi. Somatoskopiya usuli sport bilan shug’ullanayotgan bolalar va o`smirlarning tana tuzilishi turini hamda konstitutsiyasini aniqlashga imkon beradi. Sog’lom bolalar ko`krak qafasi konussimon, silindrsimon yoki yassi shaklida bo`ladi. somatoskopiya usuli orqali yosh sportchi va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi bolalarning qomati to`g’risida xulosa chiqariladi.
Antropometrik tekshiruvlar somatoskopik usul bilan olingan natijalarni to`ldiradi. Qayta o`lchov yosh sportchini jismoniy rivojlanishining o`sish dinamikasini aniqlashga yordam beradi. Antropometrik tekshiruvlarda quyidagi ko`rsatkichlar o`lchanadi: bo`yni turgan va o`tirgan holatda, tana og’irligi, ko`krak qafasi aylanasi. O`pkani tiriklik sig’imi, qo`l va gavda muskullari kuchi o`lchanadi. Juda ko`p soha mutaxassislarini (antropologiya, meditsina, pedagogika, genetika,immunologiya, anatomiya, fiziologiya, biologiya va boshqalarni) o`ziga
jalb qiladigan mummolardan biri bolalar va o`smirlarni biologik va pasport ma`lumot yoshlarini bir-biriga to`g’ri kelmasligi hisoblanadi. Bu muammo sport tibbiyoti va butun pediatriyani ham asosiy muammolaridan bir bo`lib hisoblanadi. Biologik yosh ayrim to`qima, organ, sistema va butun organizmning morfofunktsional darajasini etishishini shaxsiy xususiyatlarini yig’ilgan holdagi aks etishidir. SHuning uchun biologik yosh mezoni bo`lib, tug’ilgandan keyingi bola hayotining yosh davrilaridagi morfologik, funktsional va bioximik ko`rsatkichlarini aniqlashda va taxlilda o`z aksini topadi. Morfologik mezon sifatida ko`proq skeletni etishishi (uning suyaklanishi va tishlarni chiqishi va almashishi), gavda shaklini etilishi, hamda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarni paydo bo`lishi qo`llaniladi. Funktsional mezon ko`rsatkichlariga asab va vegetativ hamda tayanch harakat sistemalarini etuklik ko`rsatkichlarini baholash kiradi. Bioximik ko`rsatkichlarga esa fermentativ, gormonal va sitoxromik ko`rsatkichlar kiradi. SHu ko`rsatkichlarni baholash orqali har bir jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi bolalar va o`smirlarga baho berishadi. Jismoniy ish qobiliyat har xil ko`rinishlarda aks etadi. Bu kishini jismoniy va sport faoliyatiga tayyorligini ifodalaydi. U ingliz tilida PWS- jismoniy ish qobiliyat ma`nosini ifodalaydi. Jismoniy ish qobiliyatni aniqlaydigan omillarga gavda tuzilishi va antropometrik ko`rsatkichlar; aerob va anaerob yo`l bilan energiya hosil qiluvchi mahsulotlarni quvvati, hajmi va sig’imi natijalari; muskul kuchi va chidamliligi, neyromuskul boshqariluvi; tayanch-harakat apparatini holati; energiya hosil qilish va uni sarflashni neyroendokrin boshqarilishi; psixik holat kiradi.
Jismoniy ish qobiliyat organizmning kardiorespirator tizimini funktsional holati orqali ifodalanadi. Buni ko`proq maksimal aerob quvvatni aniqlash bilangina chegaralanadi. Bu organizmni maksimal kislorod ehtiyoji orqali ham ifodalanadi (PWC170).Buni baholashda Garvard step-testi va Rufe indikslarini aniqlash orqali ham ifodalanadi.
Hozirgi zamon sportining tezlashib ketganligi sababli haftasiga o`rtacha 5- 12 tadan trenirovka to`g’ri kelmoqda. Buning natijasida sport gimnastikasi, suzish, figurali uchish va boshqa sport turlarida voyaga etmagan bolalarni eng yuqori o`rinlarni olishlari kuzatilmoqda. Buni asosida bolalarning o`sish va rivojlanishini tezlashib ketishi yotibdi. Natijada bolalar erta morfofunktsionla rivojlanib olishmoqda. Keyingi 120150 yil davomida kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, oldingi davrdagi kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, oldingi davrdagi yashagan tengdoshlariga nisbatana, bolalar gavdasini hajmi, massasi va jinsiy rivojlanishlari katta va erta ekanligi kuzatilmoqda. Bu organizmni tez rivojlanishini fanda
«akseleratsiya» deb nomlanadi. Bu tez rivojlanish asosida juda ko`p omillar yotadi. Jumladan har xil millatlardan tug’ilgan bolalar, vitaminlarni ko`p iste`mol qilish, aholini qishloqdan shaharga ko`chib yashashi, quyoshda ko`proq bo`lish va jismoniy tarbiya, sport bilan shug’ullangan bolalar va o`smirlar butun jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha shug’ullanmaydigan tengdoshlariga nisbatan juda yaxshi rivojlangan bo`ladi. YOsh sportchilarni o`sish va rivojlanishlarini individual xususiyatlarini akseleratsiyaga ta`sirini hozirgi zamon sportiga tanlashda albatta hisobga olish lozim.
6-10 yoshli sportchi bolalarda katta psixoemotsional va jismoniy salbiy ta`sir ko`rsatmaydigan yuklamalarni berilishi, ular 15-19 yoshga kirganlarida xalqaro klassdagi natijalar zahirasini berishligi ilmiy jihatdan aniqlangan. Bu ko`rsatkichni asosida ko`p yillik davriy trenirovka mashg’ulotlari yotibdi. Bu davrlar sport tanlovida:
Birlamchi davr;
Istiqlolli tanlov davri;
Olimpiya oldi tanlov davri;
Olimpiya tanlov davridan iborat.
Bizga ma`lumki yosh xususiyatlarni bolalarda ta`lim tizimiga asosan quyidagi davrlarga bo`lish mumkin:
Maktabgacha tarbiya yosh xususiyati. Bu 1 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha davrni o`z ichiga oladi.
Boshlang’ich ta`lim yosh xususiyatlari, u 1-4 sinflarni o`z ichiga oladi yoki 7-11 yoshli o`quvchilar kiradi.
Umumiy ta`lim yosh xususiyatlari, unga 5-9 sinflar yoki 12-16 yoshdagi o`smirlik davri kiradi.
Demak, yuqorida ko`rsatilganlar bolalik va o`smirlik davrlariga kiradi. Bolalar bilan jismoniy tarbiya darslarini amalga oshirayotganda quyidagilarni hisobga olinmog’i lozim. Bizga ma`lumki, organizmni rivojlanishi to`lqinsimon bo`lib har bir yosh davri o`z xususiyatiga egadir. Bo`yni o`sishi bir xilda amalga oshmaydi. U 7-10 yoshda sekinlashgan bo`lib, 11-12 yoshli qiz bolalarda va 13- 14 yoshda esa o`g’il bolalarda tez o`sish bilan amalga oshadi. Organizmning tez o`sishi jarayoni, ularda tana vaznini kamayishiga to`g’ri keladi va o`sishni kamayishi davrida vaznni oshishi vujudga keladi. Bu davrlar 7-10 va 17-20 yoshlarda amalga oshadi. Tez o`sish davrida energiya va plastik jarayonlar tezlashadi. Bu davrlarda bola organizmi tashqi muxit faktorlariga chidamsiz bo`ladi (kasallik tarkatuvchi mikroblarga kam ovqatga, juda katta og’irlikdagi jismoniy ishga va boshqalarga nisbatan) tana og’irligini oshishi davrida esa ushbularga nisbatan organizmlarni chidamliligi yuqori darajada bo`ladi. Bolalar jismoniy va aqliy mehnat bilan shug’ullanganlarida bu mehnatlarining og’irligini xisobga olganda bolalarni jinsiy xususiyatlarini ham xisobga olish lozim. Bu davrlarda ayrim bolalarda tez o`sish va rivojlanish hollari vujudga keladi. Sport maktablarida shug’ullanayotgan o`quvchilar akseleratlar xisoblanadi. Jismoniy rivojlanganlik ko`rsatkichlarning tezlashishi akseleratsiya deyiladi.
Bolalarda pasport va biologik yosh davrlarda farq mavjud bo`lib, bu 11-15 yoshli qizlarda va 13-16 yoshli o`g’il bolalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Ayrim o`quvchilarda o`sish va rivojlanishda orqada qolish hollari uchraydi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga xos bo`lgan hamma rejalashtirilgan ishlar pasport yoshi asosidadir. Ammo bu mashg’ulotlar bordiyu biologik yosh asosida tuzilgan bo`lsa, o`zining ijobiy natijasini beradi. Bolalardagi har bir yosh davrlarda organizmning organlari sistemasida o`ta maxsus o`zgarishlar sodir bo`ladi. Organizm qanchalik yosh bo`lsa, u shunchalik jismoniy, og’irliklarga nisbatni kam moslashgan bo`ladi. Ayniqsa bolalar va o`smirlarda yurak qon tomir sistemasi va nafas olish organlari (bolalarda) o`smir balki o`spirin va qizlarda ham
kattalardan past bo`ladi. Ularda jumladan yurak og’irligi va xajmli jihatdan kattalarga nisbatan kamdir. Shuning uchun ham yosh sportchilarda yurak urishi va minutlik xajmi kattalarga nisbatan ancha kichikdir. Yosh sportchilarda ularning yurak va nafas olish organlari funktsional holatini imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg’ulotlarga yosh sportchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy imkoniyatlari kattalarga nisbatan kamdir. Jismoniy mashg’ulotlarga yosh sprotchilar yurak urishi intensivligini oshirish orqali moslashadilar. Yosh sportchilarda organizmini funktsional holatini jismoniy ish bajargandan so`ng tiklanish kattaligi darajasidadir. Nafas va kon sistemasining funktsional holatidan aerob ishlab chikarish darajasi yosh maksimal kislorod extimoli vujudga keladi. Maksimal kislorod extiyojining 1 kg tonna og’irligiga nisbatan ko`rsatkichlarini solishtirish shuni ko`rsatmoqdaki, katta sportchilardan yosh sportchilardan ozgina farq qiladi. Lekin 1 kg og’irlikka, kislorod iste`molini 1 kg metr bajarilgan ishga nisbatan solishtirilsa o`smirlarda o`spirin va qizlarga nisbatan kam miqdorda sarfsiz xolda barilganligini kuzatish mumkin. Yosh sportchilarda nafas olish organlarini jismoniy og’irliklariga nisbatan moslanish kam katta sportchilarda mukammal bo`lganligidan dalolat bermoqda.
Bolalar va o`smirlar organlari funktsional sistemasi anaerob holatda ishlashga moslashmagan, kattalarda esa bu sistema yaxshi taraqqiy etgan, ya`ni organizm kislorodsiz sharoitda ishlashga moslashgan. Shuning uchun ham kislorod etishmaydigan sharoitda bolalar o`zini yomon xis qilishi kuzatilishi mumkin. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan o`ziga xoslik xususiyatlarini xisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanetgan bolalar va o`smirlarda vrach nazorati olib borishda xisobga olinishi talab qilinadi. Ularda sistemali ravishda tekshirishlarni olib borish hamda organizmda mavjud bo`lgan kasallik o`choqlarini topish, bu esa organizmda boshqa organlarni zararlanishini oldini olinadi. Bolalarda oz bo`lsada yurak qon-tomir kasalliklari uchrab turadi. Bu esa ko`p xollarda yurakning organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Bolalar va o`smirlarda yurak urishi va nafas olish soni sekin - astalik bilan kamayib boradi va kattalarga yakinlashadi. Ularda yurak urishi yoshga nisbatan quyidagicha o`zgarib boradi: 1 yoshda 120-130 marta/daqiqa., 6 yoshda 90 -100, 7 yoshda -90 ta, 12
yoshda 80 ta, 14-15 yoshda 75-80 ta, 15-20 yoshda 50-60 taga tengdir. Arterial qon bosimi yosh o`tgan sari ko`tarilib boradi. Jumladan 4-6 yoshda 75/80-85/60 mm. simob. ust., 11-12 yoshda -9055-95/60 mm. sim. ustuniga teng., 13-14 yoshda 95/60-10/60 mm. sim. ust., 15-16 yoshda 105/60-110/70 mm simob ustunida bo`ladi. Jinsiy rivojlanish davrida, ba`zan yosh gipertoniyasi uchrashi mumkin. Bu esa tomir tonusining o`zgarishiga va ichki sekretsiya bezlarining kayta tiklanishiga bog’liq (jinsiy, qalqonsimon buyrak usti bezlari). Jismoniy tarbiya darslarini to`g’ri tashqil etish, qon bosimi kamayishiga olib keladi. Buning uchun jismoniy tarbiya mashqlari og’irliklarini kamaytirishga to`g’ri keladi. Nafas olish organlarining funktsional holatida ham ularni yosh xususiyatlarini xisobga olinadi. Nafas olishni minutlik soni quyidagi tartibda ishga qarab o`zgarib boradi: 1-3 yoshda -35-40 marta, 3-6 yoshda 18-20 marta, 6-10 yoshda 16-20 marta bo`ladi.
Ularning sog’liq holatlarini tekshirishda xar xil funktsional probalar sinalmalarini ishlatishadi. Bularni ham ishlatilganda bolalarni yosh jinsiy xususiyatlarini xisobga olinadi. Jumladan, 7-10 yoshli bolalarga 30 sekund davomida 20 marta o`tirib turish va 60 marta sakrash, yoshi katta bolalarga esa 15 sekund davomida maksimal (sakrash) yugurish va 1-2 min, 1 minutda 180 qadamdan iborat yurishlarni ishlatish mumkin. Xuddi shuningdek Letunov sinalmasi, Garvard step - testi, RWC-170 testlarini ham qo`llash mumkin. Lekin ularni qo`llashda bolalarni jinsi va yoshi xisobga olinadi. Maktabgacha ta`lim muassasalarida, lagerlarda va o`quv yurtlarida vrach nazorati doimiy ravishda olib boriladi. Buni amalga oshirishda tibbiyot xodimlari tomonidan yil davomida 2 marta yoki xar 6 oyda bir marta to`liq tibbiy ko`rikdan, har bir kishini to`liq tekshiruvdan o`tkaziladi. Bu tekshiruvlarda sub`ektiv (surash) va ob`ektiv (bevosita tekshirish usullari) keng qo`laniladi. Bolalarning o`sishi va rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlardan uning-jismoniy rivojlanganligidir. Bolalarni va o`smirlarni jismoniy rivojlanishi to`g’risidagi ma`lumotlar ularning sog’ligini ko`rsatuvchi muxim belgilardan bo`lib, uning ko`rsatkichlari jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish va boshqa omillarga bog’liqdir (iktisodiy tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalar). Jismoniy rivojlanishni baholash uchun antropometrik ko`rsatkichlar aniqlanadi, bunga;
o`lchov ko`rsatkichlariga qarab (somotometrik) baholash (vazni, bo`y uzunligi, ko`krak qafasining kengligi va xokazo);
fiziologik ko`rsatkichlarga qarab (fiziometrik) baholash (o`pkaning tiriklik sig’imi, qo`l va bel mushaklarining kuchi, yurak, qon-tomir ko`rsatkichlari va xokazo);
tashqi ko`rinishga qarab (somotoskopik) baholash (organizmni tashqi ko`rinishini belgilovchi umurtqa pog’onasining rivojlanishi yog’ qatlamlarining miqdori, tovonning ko`rinishi, jinsiy rivojlanish belgilari va boshqalar kiradi.
Tekshirishda xar bir organlar sistemalariga xos bo`lgan tekshiruv uslublari bilan nazorat amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |